Jahon axborot tarmog‘idagi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoyalanishda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarning roli


Download 58.7 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi58.7 Kb.
#1055539
  1   2   3
Bog'liq
10 mavzu Jahon axborot tarmog‘idagi g‘oyaviy mafkuraviy tahdidlardan


Jahon axborot tarmog‘idagi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoyalanishda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarning roli
Reja:



  1. “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdid” tushunchasining mohiyati.

  2. Global tarmoqning zamonaviy iskanjalari. Vayronkor g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar.

  3. Yuksak ma’naviyat va imon butunligi uchun kurash davr talabi.

  4. Barkamol avlodning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda, ma’naviyatini tahdidlardan himoyalanishda milliy g‘oya va milliy qadriyatlarni o‘rni.

Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M. asarlari, xususan “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” asarlari, Birinchi Prezident I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, I.I.Daminovning “Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar”, Sh.G‘oybnazarovning “Ommaviy madaniyat”, A.Tashanovning “Vayronkor g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar”, Muhammad Amin Yahyoning “Internet tahdidlardan himoya”, J.Ya. Yaxshilikov., N.E. Muxammadievning “Milliy g‘oya va mafkura”, D.Bozorov, U.Tilavov, S.Xudaynazarov, U.Musaev, M.Xujaevlarning “Radikal mafkuralarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning oldini olish usullari”, Sh.To‘raev, X.Ochilov, M.Xujaev, F.Jo‘raqulov, N.Alimov, S.Xudaynazarovlarning “Milliy g‘oyaning innovatsion targ‘ibot texnologiyalari va yoshlarni axborot-psixologik xurujlaridan himoya qilishning zamonaviy usullari” 1 va boshqalar shular jumlasidandir.


Mavzu haqida fikr yuritar ekanmiz ayniqsa, muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev asarlarida shu jumladan, “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir”2 asarlarida bildirilgan fikrlar mavzu yoritishimizda bizga dasturilamaldir.
Prezidentimiz keltirganlaridek: “Bugungi kunda ziyolilar davrasida yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi gazeta-jurnallar, tele-radio stansiyalar kupayib borayotgani to‘g‘risida haqli e’tirozlarni eshitish mumkin. Hozirgi paytda yurtimizda turli mulk shakliga ega bo‘lgan 1513 ta ommaviy axborot vositasi, shuningdek, 122 ta nashriyot faoliyat olib bormoqda. Ammo ularning barchasi xam bizning milliy g‘oyamizni rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilyaptimi, degan savol kundalang turibdi. Xususiy nashriyotlarning ko‘pchiligi bir vaqtlar viloyatlarda ham nashriyotlar bo‘lsin, degan notug‘ri yondashuv bilan tashkil etilgani, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati nihoyatda nochor ekani kitob degan mo‘tabar tushunchaning qadrini tushirishga olib kelayotgani hech kimga sir emas. Lekin bu muammoni qonuniy asosda qanday hal qilish mumkinligi haqida amaliy takliflar deyarli uchramaydi. Boshqalarga qanday, bilmadim-u, ammo mening nazarimda, bunday salbiy holatning bosh sababi mamlakatimiz axborot bozorining tartibga solinmagani bilan bog‘liq. Bu borada son emas, sifat va samara muhim. Mayli, nashriyotlar soni 122 ta bo‘lmasin, ozroq bo‘lsin, lekin talabga javob beradigan bo‘lsin”3.
Bugungi kunda dunyo miqyosida aholining tinchligi va xavfsizligiga tahdid sifatida turli xil shakl va ko‘rinishlaridagi mafkuraviy tajovvuzlar sodir etilmoqda. Mutaxass olimlar ularni qo‘yidagi yo‘nalishlarga bo‘lib tadqiq etishmoqda:
1. Erkinlik va demokratiya niqobi ostidagi siyosat. (Vesternizatsiya, demokratiyani olg‘a surish, kosmopolitizm, gegemonizm)
2. Din niqobidagi xurujlar. (aqidaparastlik, ekstremizm, vahobiylik, xezbut tahrir, Akromiylar, Tablig‘chilar, xalqaro terrorizm, Vandalizm).
3. Ong va qalbga qaratilgan ruhiy ta’sirlar. (rekruetor, iks zurriyod, ongni qayta dasturlash, seduksiya, manqurtlik, Stokgolm sindromi, Miyani yuvish, 21 asr liderlari).
4. Internet (Uzatish jarayonini boshqarish protokollari, ekstremistik sekta va uyushmalar, virtual firibgarlik, grifing, Ludomaniya, )
5. Axborot vositalari orqali amalga oshirilayoigan mafkuraiy tazyiqlar (Axborot texnologiyalari, axborot urushi, mediaviruslar, muayyan maqsadlar bilan yaratilgan mediaviruslar, “yetaklovchi” viruslar, o‘z o‘zidan paydo bo‘ladigan viruslar, manipulyatsiya, kommunikatsion ta’sir, buzg‘unchilik targ‘iboti yo‘nalishlari, psixologik urush, odamlar ma’lum motivatsion holatlar, hissiyotlar, e’tiqodlar, steriotiplarning faollashuvi)
6. Ommaviy madaniyat. (Art kitch pop madaniyati, iste’molchilik psixologiyasi, pop psixologiyasi, gedogizm)
7. Missionerlik va prozeletizm (zamonaviy missionerlik, diniy missiya, geosiyosiy maqsadlar)
8. Egotsentrizm (xudbinlik, hasad, loqaydlik, mahalliychilik, axloqsizlik falsafasi)
Vesternizatsiya - (ing. Vestern. G‘arb) yevropasentrizmning yangicha ko‘rinishi. Insoniyat erishgan barcha yutuqlarni g‘arblashtirish.
Rangli inqilob – qator Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, mahalliy aholining uyushtirilgan, harbiylar ishtirok etmagan, ammo odatda siyosiy almashanishi bilan tugallanadigan ko‘cha tartibsizliklari va ommaviy namoyishlarga aytiladi.
2003 y. Gruziyada atirullar inqilobi, 2004 y. Ukrainada Zarg‘aldoq inqilobi, 2005 y. Qirg‘izistonla Lolalar inqilobi, 2006 y. Belorussiyada rangli inqilob qilishga urinish, 2008 y. Armanistondagi urinish, 2009 y. Moldaviyadagi urunish.
Vandalizm - zamonaviy talqinda ma’naviy buzg‘unchilik va vayrongarchilikni anglatuvchi tushuncha. Tarixiy jihatdan milodning 455 y. Rimni zabt etib, ko‘plab antik va nasroniy madaniyat yodgorliklarini vayron qilgan qadimiy german qabilasining nomidan kelib chiqqan.
Hozirgi zamonda vandalizm tushunchasi jamoat tartibini buzishning ayrim turlari, xususan jamoat va xususiy, kommunal mulkka shikast yetkazish, ta’lim tarbiya maskanlari, transport vositalari jihojlarini ishdan chiqarish. AQSh da bunday harakatlar oqibatida har yili 200 ming kishi, ulardan 15 ming kishi ataylab yong‘in sodir etganlik uchun hibsga olingan.
1990 yilgi ma’lumotga qaraganda AQSh da umumta’lim maktablarida vandallar yetkazayotgan zararni qoplash uchun 600 mln. AQSh dollari sarflangan. Gollandiyada vandalizmdan kelayotgan kundalik zarar 4 mln.dollarni tashkil etmoqda. Dunyo bo‘yicha 1 mln.dollar.
Rekruetor – ing. Jamiyatning yangi a’zosi. Jamiyatni ko‘ngilli a’zosi hisoblanib, ular kishilarning xarakterini biron bir mafkuraga qaratish, o‘zgartirish kabi vazifalarni bajaradi.
Ongni qayta dasturlash (ing) kishini diniy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy guruhga sodiqlikdan qatarishga qaratilgan harakat.
Seduksiya - (ing) undash, ko‘ndirish. Bu tushuncha zamirida yomon ishga undaydigan, noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan g‘oya yotadi.
Manqurtlik – o‘zligini anglashdan mahrum bo‘lgan xususiyat.
Mustaqil fikrlashdan mahrum, itoatkor, jismoniy ehtiyojning quliga aynlangan odamga manqurt deyiladi.
Turli xil diniy e’tiqodlarni aholi ongiga singdirish orqaliy siyosiy, mafkuraviy maqsadlarga erishish xarakteri XX-XX! Asr boshlaridagi davrning o‘ziga xos xususiyatiga aylanib bormoqda.
Ommaga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish xususiyati dunyodagi eng yirik islom, xristian, buddaviylik va iudaizmdan iborat 4 dindagi an’anaviy e’tiqod omillaridan ajralibchiqqan mazhablar, sektalar, oqimlar faoliyatida ayniqsa bo‘ltib namoyon bo‘lmoqda. Diniy e’tiqod orqali ta’sir o‘tkazish jarayonlari odamlar ongi, dunyoqarashini o‘zgartirish va pirovard natijada ularni ma’naviy manqurtolarga, zombiga aylantirish bilan yakun topmoqda.
Stokgolm sindromi - ing. miya yoki tananing yomon holatdaligini ko‘rsatuvchi bir neyaa belgilar yig‘indisi. Garovga olingan shaxsning xohishi teroristning g‘oyasiga bo‘ysunib, ko‘nikib qlish holati.
Miyani yuvish - ing. Insonning avvalgi fikrlari, qarashlarini rad etib, unga o‘zgacha yoki butunlay teskari fikrlarni qabul qildirishga qaratilgan jarayon.
Internet orqali ta’qib etish (grifing holati)
Aibrterrorizm lot. Zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar, kompyuter va boshqa imkoniyatlardan foydalangan yovuz kishilarning o‘zining g‘araz niyatlariga erishishidan iborat.
Kibrterrorizm (kompyuter terrorizmi) ostida g‘arazli niyatda, siyosiy maqsadda malga oshiriladigan kompyuter tizim va tarmog‘idagi axborotga qilingan hujum tushunaladi. U odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf paydo qilib, jamoatchilik tinchligini buzadi, aholini qo‘rqitib,harbiy nizo keltirib chiqarishga intiladi.
Ludomaniya - ing. Ludo stool ustida shar yumalatib o‘ynaydigan o‘yin turi. Maniya ashaddiy jinnilik. O‘yinga bog‘lanib qolish, gembling qimor, pulli o‘yinlarga potologik (qalban) bog‘lanib qolish.
Ludomaniya psixik kasallik. Rossiyadagi Bexterev nomidagi psixotriya institutida 7 yil davomida 16-57 yoshlar orasidagi 200 kishi davolanib chiqqan. Ulardan 190 tasi erkaklar, 10 nafari ayollar.
Mediavirus -ing. OAVlari, virus zararli element. Mediavirus – axborotlar bilan bog‘liq sohalarda tarqatiladigan ma’lumotlar majmui bo‘lib, odamlarning yirik va mahalliy miqyosdagi voqea hodisalarga nisbatan fikri, uni anglashini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Mediavirus 3 turga bo‘lanadi:
1. Atayin, muayyan maqsadbilan yaratilgan mediaviruslar. Ular biron tovar yoki mafkurani taraqatishga ko‘maklashishini maqsad qilib qo‘yadilar.
2. Olg‘a yetaklaydigan mediaviruslar. Ular to‘satdan paydo bo‘lishiga qaramay, zudlik bilan manfaatdor guruhlar tomonidan o‘z qarashlarini tarqatish uchun qurol qilib olinadi.
3. O‘z- o‘zidan paydo bo‘ladigan viruslar. Bu o‘z holicha paydo bo‘lib, qiziqish tug‘diradi vao‘z holicha tarqaladi.
Dezinformatsiya - (frans. Des.salbiy.) syyan guruh va odamlarning g‘arazli maqsadlariga erishish yo‘lida soxta ma’lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg‘itish maqsadida matbuot, radio va TV da qo‘llaniladigan usul, vosita.

Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling