Navbaxor navi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.
Kelib chiqishi: Polovchanka x KNIICX-L53 F5 duragay populyatsiyalar ko‘chatzoridan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan.
Nav mualliflari: R.I.Siddiqov, I.Egamov, A.Mansurov, N.Yusupov,D.Alimova
Umumiy tavsifi: O‘rta bo‘yli poyasi tikka o‘sadi, bo‘yi
90-95 sm, poyasi yotib qolishga chidamli.Lutescens tur xiliga mansub, o‘rta kechpishar,to‘planishi yaxshi.
Don maxsuldorligi yuqori. Boshog‘I silindirsimon, boshoq uzunligi va zichligi o‘rtacha, har bir boshoqda
19-22 tagacha boshoqcha hosil qiladi.
Hosildorligi: Navning don hosildorlik potensiali yuqori, raqobatli nav sinov ko‘chatzorida o‘rtacha hosildorligi gektaridan 80,0 sentnerni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida gektaridan 80,0 sentnerni tashkil etgan.
Nonboplik xususiyatlari: nav “ Qimmatbaxo” don berib,nonbopligi yaxshi.
Ekish muddati: Navning mintaqa uchun maqbul va kechki muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
Ekish me’yori: 4.5-5.0 mln. Dona unuvchan urug‘ hisobida tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |