1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Download 173.9 Kb.
bet1/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full


1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi. Italiya, Apennin yarim orolida joylashgan, bu yarim orol O'rta yer dengizi markazigacha yorib kirgan. Bu yarim orolni Alp tog'lari Yevropa qit'asidan ajratib turadi. Yarim orolni ko'plab tog'lar bir necha qismlarga bo'lib turadi. Yarim orol tabiiy jihatdan uch qismga bo'linadi. 1. Shimoliy qismi – Alp bilan Anennin tog'lar oralig'idagi past tekistlikdir. Shu pasttekstlikda Padus daryosi oqib o'tib, Adriatika dengiziga qo'yadi. 2. Markaziy qismi - uni shimol, sharq va janubi- sharqdan Apennin tog'lari qurshab olgan. Bu tog'lar markaziy qismni o'z navbatida bir necha vodiylarga: Arno daryosi vodiysi, Tibr daryosi vodiysi, Kampaniya pastteksliki Volturno daryosi vodiysiga bo'lib turadi. 3. Apuliya pasttekisligi uchunchi qismidir. U yarim orolning janubiy- sharqiy qismidan iborat. Apennin yarim orolining sharqiy qirg'og'i dengizchilikka noqulay, biron bir orol yo'q. Sohil bo'yidagi barcha orollar yarim orolning g'arb tomonidir. Sitsiliya, Korsika, Sardina, Kipr, Elba kabi orollari bor. Apennin yarim oroli daryolari sersuv, lekin yozda qurib qoladi. Iqlimi har xil, qishda yomg'ir, hatto qor ham yog'adi. Dengiz bo'yi rayonlarida qishda havo iliq, ammo yomg'ir ko'p yog'adi. Yarim orolning ko'p qisimi qalin o'rmon bilan qoplangan.Dub, qarag'och, qayin o'sgan. Olma, anor azaldan o'sgan, sarv, zaytun, palma, sitrus mevalari keyin olib kelingan. Bug'u, tog' echkisi, cho'chqa, bo'ri, tulki va ko'plab parrandalar yashagan. Qazilma boyliklari kam45.
Apennin yarim oroli qadim zamonlardan odamlar yashaydigan makon bo'lgan. Paleolit va mezolit manzilgohlari ko'p joylardan topilgan, ular asosan mil.avv. IV ming yillikka mansubdir.
Shimoliy Italiyada daryo bo'ylaridan qishloq qoldiqlari topilgan. Toshdan imorat solish, sopoldan idishlar yasashni temirdan qurollar yasashni ular finikiyaliklar va yunonlardan o'rgangan bo'lsa kerak.
2. Italiyaning qadimgi aholisi. Hozirgi zamon olimlarining fikricha Italiyada ligurlar, Sitsiliyada sikanlar va elimlar, Korsikada koreslar, Sardiniyada sardlar yashagan. Mil.avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida xalqlarning ulug' ko'chishi natijasida Illiriya, Dunay havzasi, hatto Kichki Osiyoda yashagan qabilalar ko'chib kelib joylashganlar. Eng qadimgi Italiya qabilalari Alp tog'lariga g'arbiy rayonlarga siqib chiqarilgan yoki assimilyatsiya bo'lib ketgan. Liguriyadagina ular saqlanib qolgan. Italiyaning shimoliy- sharqda illeriyaliklarga qarindosh venet qabilasi yashagan. Italiyaning janubiy- sharqida illeriyaliklarga yaqin yapich va tessaplar yashagan.
Italiy qabilalari tili, ijtimoiy tuzumi va madaniyati jihatidan bir- biriga yaqin ikki guruhga umbro-sabel va latin-sikul guruhiga bo'lingan.
Qadimgi Italiya xalqlari orasida eng rivoj topgani etrusklar bo'lgan, ularni rimliklar «tusklar», «tirren»lar deb, o'zlarini «rasenlar» deb atagan.
Etrusklar mil.avv. VIII-VII asrdan Italiyaning ko'p qismini egallaganlar. Ular yashagan shaharlar, sug'orish inshootlari qoldiqlari, maqbaralar saqlanib qolgan. Toshdan imorat solganlar. Ulardan kemasozlik rivoj topgan, hatto qaroqchilik ham qilishgan.
Mil. avv. II ming yillikdan boshlab Sitsiliya va Janubiy Italiyani yunonlar kolonizatsiya qilganlar.
Mil.avv. IV asrda etrusk qabilalari, shaharlari ittifoqi tushkunlikka yuz tutgan Padus daryosi vodiysida joylashib olgan gallar Apennin yarim oroli markaziy oblatlariga hujum qila boshlagan. Italiya qabilalari gallarcha qarshi hujum qilish uchun birlashganlar va ularning bosqinining qaytarganlar. Shundan keyin Rim jamoasi o'z ta'siri butun Etruriyaga, Kampaniyaga va Markaziy Italiyaning boshqa oblastlariga yoyganlar46.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling