1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
-jadval qonunlari va uning ahamiyati
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Rimdagi siyosiy tuzum
3. 12-jadval qonunlari va uning ahamiyati. Mil.avv. 450 yilga kelganda plebeylar amaldagi huquqlarning yozib qo'yilishiga erishganlar. Mil.avv. 449 yilda 12 ta mis lavhaga o'yib yozilgan qonunlar Forumga qo'yilgan. Bu qonunlarning asl nusxasi saqlanib qolmagan. Boshqa asarlarda bu qonunlar haqida ma'lumotlar bor. Qonunlarga ko’ra, yer va mol-mulk xususiy mulk hisoblanib, merosho’rga vasiyat qilishi mumkin bo'lgan. Qarzdorlik asosida qullikka tushish saqlangan. Qonun grajdanlarning huquqlarini qattiq himoya qilgan. Sud qilmasdan jazolash ta'qiqlangan. O'lim jazoga hukm qilishni faqat senturiat komissiyalar chiqargan50.
12 jadval qonunlaridan so'ng plebeylarning kurashi kuchaya borib, V-IV asr davomida juda ko'p marta o'zgartirilgan, natijada patritsiylar va plebeylar orasidagi tengsizlik barham topib borgan. Masalan, mil.avv 445 yilda ular orasida nikohga kirish huquqi, mil. av. 444 yilda plebeyning konsullik lavozimini egallash huquqi, keyinroq ikki konsul saylash tartibi joriy etilgan. Mil.avv. 326 yilda qarzdorlarni qul qilib sotish ta'qiqlangan. Mil.avv. IV asr oxiriga kelganda plebeylar har qanday lavozim egallash, shu jumladan kohinlik lavozimini ham egallab oladigan bo'lishgan. Mil.avv. 287- yilda plebeylar va patritsiylar orasidagi siyosiy- iqtisodiy kurash tugagan. 4. Rimdagi siyosiy tuzum. Mil.avv. V-III asrlarda Rim davlat tuzumi shakllanish jarayoni davom etgan. Xalq majlisi-komissiyalar magistraturalar va senat davlat hokimiyat organlari bo'lgan. Rim grajdanlarigina xalq majlisida ishtirok etishi, davlat lavozimlariga saylanishga, mulkka egalik qilishga, Rim qo'shinida xizmat qilishga haqli bo'lganlar. Rimda uch xil komissiya bo'lgan. Eng qadimgisi komissiya qur'a majlisi bo'lib, u faqat rasmiy jihatdan ijro qiluvchi oliy hokimiyatni, shuningdek, ba'zi masalalarnigina hal qilgan (masalan: oila munosabatlariga fikr). Ilk Respublika davrida Xalq majlisining bir turi bo'lgan senturiya komissiylari katta o'rin tutgan. Senturiya komissiyalari Rim xalqining irodasini ifoda qilgan: ular oliy mansab egalari bo'lmish konsullar, pretor, senzorlarni saylagan, jinoiy ishlarni tekshirgan, urush va sulh masalalarini hal qilgan. Rim xalq majlislari sistemasi demokratik negizga qurilmagan. Ijro qiluvchi hokimiyat bir yil muddatga xalq saylab qo'yilgan mansabdorlar- magistrlar qo'liga bo'lgan. Ular haq olmay ishlagan. Rim magistratlari faqat kollegial tarzda ish ko'rgan.Qarorlar faqat bir ovozdan qabul qilingan. Magistrant o'z sheriklari qarorlaridan norozi bo'lsa Veto bayon qilgan. Magistrant daxlsiz shaxs bo'lgan, vakolati tugamaguncha javobgarlikka tortilmagan. Favqulodda magistratlar – diktator, triumvorlar va desemvirlar davlatda xavf-xatar yuz berganda senat qarori bilan saylangan yoki tayinlangan. Diktator birdan bir nokollegial magistratlik bo'lgan. Harbiy va grajdan hokimiyati olti oy mobaynida diktator qo'lida bo'lgan, uni sudga tortish mumkin bo'lmagan. Diktatorning o'z oliy nishoni bo'lgan: uni doimo 24 ta faxriy soqchi kuzatib turgan. Rim respublikasining oliy mansabdorlari bo'lishi konsullar har yil senturiya kolitsiyalarida saylangan. Harbiy va grajdanlik hokimiyati konsullar qo'lida bo'lgan. Konsullar qo'shin to'plagan , ularga qo'mondonlik qilgan. Bir qism harbiy tribunlarni tayinlagan. Odatda konsullar ikkita bo'lib, ikkinchi grajdanlik ishiga boshchilik qilgan. Senat xalq majlislarini chaqirgan. Ularning qarorlarini bajargan, mansabdorlarni saylash ishiga rahbarlik qilgan. Pretorlar sud ishlari bilan shug'ullangan, viloyatlarni boshqargan, konsullar yo'qligida ularning o'rnini bosgan, senat topshirig'i bilan legionlarga qo'mondonlik qilgan. Ikkita senzor besh yilda bir marta senz belgilagan: barcha grajdanlarni ro'yxatga olgan, har bir grajdan bilan shaxsan suhbatlashgan va ularni tegishli mulkdorlik darajasi ro'xatiga kiritgan hamda tribalarga bo'lgan. Senzorlar kim oshdi savdosi bilan besh yil muddatga davlat mulklari daromadini to'plash va boj to'plash huquqini sotgan. Rim grajdan larining axloqi tozaligini ham senzorlar nazorat qilgan. Xalq tribunlari har yili triba yig'ilishlarida saylangan. Har bir tribun senat yoki mansabdorlarning qarorlariga norozilik bildira olgan. Kichik magistratlardan bo'lgan edillar shaharda tartib saqlagan shahar soqchilariga boshchilik qilgan. Obodonlikni kuzatgan, oziq-ovqat bilan ta'minlash, bayramlar va xalq tomoshalarini o'tkazgan. Kvestorlar kichik magistratlardan bo'lib, xazinachilik vazifasini bajargan, davlat arxivini qo'riqlagan, provinsiya hokimlariga yordamchilik qilgan. Senat Rim respublikasining oliy davlat organi bo'lgan. Mil.avv. I asr boshlarigacha 300 kishidan iborat bo'lib, uning ko'pini nobillar tashkil etgan. Senat magistrantlaridan diktatorlar, konsullar, pretorlar tayinlangan. Senatni faqat oliy magistrat chaqira olgan. Senat g'oyat katta huquqlarga ega bo'lgan. Senat turli komissiyalarga saylangan yoki tayinlangan shaxslar to'g'risidagi qarorlarni tasdiqlagan, tashqi siyosatga, moliyaviy ishlarga boshchilik qilgan. Diniy ishlarni kuzatgan, u Respublika harbiy hayotiga bosh bo'lgan51. Rim respublikasi o'ziga xos aristokratlar respublikasi bo'lgan. Xalq majlislarining oddiyligi, magistratlarning bepul ishlashi, senatning nihoyatda katta ta'siri Rim Respublikasining muhim xislatidir. Buning sababi, avvalo Rim grajdanlaridan ko'pchiligi doim tarqoq va yaxshi uyushmaganligi, ikkinchidan Rim respublikasining yerlari doimiy urushlar tufayli kengayib borganligidir. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling