1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Rim respublikasining tashkil topishi


Download 173.9 Kb.
bet3/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

1. Rim respublikasining tashkil topishi. Rim shahri qachon va qanday vujudga kelishi haqida turli xil rivoyatlar bor. Shular asosida tarixi yozilgan Rim tarixining eng qadimiy davrini yunon avtori yozganlar. Mashhur Rim tarixchisi Tit Liviy esa Rimning o'sha davr tarixini hiyla to'la yozgan.
Rim olimlarning fikricha, Tibr daryosining chap qirg'og'idagi tepaliklarda mil.avv. X asrdayoq qishloqlar paydo bo'lgan. Mil.avv. VIII asrda Rim shahriga aylangan yerdan Tibr daryosiga boradigan katta yo'l tuz koniga boradigan yo'l o'tgan. Savdogarlar, hunarmandlar bu yerdagi daryo kechigi yonida paydo bo'lgan. Mil.avv. VII asrda shu yerdagi qishloqlar bir shahar jamoasiga birlashgan. Tibr daryosi qirg'og'ida baland ko'tarilib turgan Kapitoliy tepaligida qurilgan qo'rg'on yangi shahar markazi bo'lgan. Kapitoliy va Palatin tepaligi o'rtasidagi tekislikda yangi shahar «forum»ga aylangan.
Bu shahar aholisi uchta qabila: titsillar, raminlar, lutserlardan iborat bo'lgan. Qabilalar - «tribalar» - urug’lar, ya'ni «kuriya» lar birlashmasidan tashkil topgan. Har bir kuriyada o'ntadan urug', tribada o'ntadan kuriya bo'lgan. Urug' jamoasi yuztadan urug'i bo'lgan uchta tribdan, jami uch yuzta urug'dan iborat bo'lgan. Urug' jamoalariga kirgan grajdanlar o'z otalarini bilgan aholining asosiy qismi hisoblanib, ular «patritsiylar» deb atalgan. Har bir urug'ning «o'z nomi, har bir urug' birlashmasi o'z nomi bo'lgan. Rimliklarning nomlari uch qismdan iborat bo'lgan.Har bir urug'ning boshlig'i oqsoqollar kengashiga – senatga a'zo bo'lib kirgan. Senat sud vazifasini bajargan. Rimda uch yuz urug' bo'lgani uchun dastlab uch senator bo'lgan48.
Senat o'ziga umrbod yo'lboshchi («rex»- podsho) saylab qo'ygan. Podsho senatga raislik qilgan,u butun jamoa nomidan xudolarga qurbonlik bergan va fuqorlar lashkari – «legion»ga boshchilik iqilgan.
Urush va sulh tuzish, senatning qarorlarini tasdiqlash kabi masalalar kuriyalarning vakillar majlisiga qo'yilgan.
Zamonlar o'tishi bilan patritsiylar bilan birga erkin aholining boshqa tabaqasi «plebey»lar paydo bo'lgan. («pleo» - mesh to'ldiraman» degan fe'ldan olingan). Plebeylarning shahar yeriga egalik qilishi huquqi bo'lmagan. Ular savdo va hunarmandchilik bilan shug'ullangan. Plebeylar tabaqasi qisman Rimga ko'chib kelgan erkin kishilar, qisman ozod qilgan qullar, ko'chib keltirilgan qo'shni shaharlar aholisidan tashkil topgan.
Qullar Rim aholiisning quyi tabaqasini tashkil etgan. Qarzdorlarni qulga aylantirilishi eng dahshatli bo'lgan.
Mil.avv. VI asr o'rtalarida muhim islohot yuz bergan, uni podsho Serviy Tulliy amalga oshirgan. Serviy Tulliy plebeylarning Xalq majlisida ishtirok etishiga yo'l ochib bergan. U faqat ma'muriy okrug bo'lgan to'rtta hududiy triba tashkil etdi. I asrga kelib tribalar 35 taga yetgan. S.Tulliy harbiylar majlisi «Senturiya komissiyalari»ni barpo qildi. Harbiylar mulkiy beglilariga qarab besh sinfga bo'lgan.(100000, 75000, 50000, 25000, 12500 ass mis puli borlar.) Eng kambag'al grajdanlar eng keyingi sinfga birlashgan. Ular proleslar, ya'ni «bola- chaqasidan boshqa hech nimasi yo'q» kishilar, (proletarlar)deb atalgan.
Serviy Tulliy islohotlari Rim patritsiylari orasidan norozilik tug'dirgan. Tarkviniy Superb bundan foydalanib o'zidan oldingi podshoni ag'darib tashlagan va o'ldirgan. Superb jabr- zulmni avj oldirgan, qahr-g'azabga uchragan. Afsonaga ko'ra, uning o'g'li qilgan jinoyatdan g'azablangan Rim xalqi uni Rimdan mil.avv. 510 yilda haydab yuborgan. Senat qarori bilan podsholik tugatilgan. Patritsiylar shaharni idora qilishni o'z qo'llariga olganlar. Bu saylab qo'yiladigan boshqarma «umum ishi» (respublica ) deb atalgan.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling