1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Rimda plebeylar va patritsiylar o'rtasidagi kurash


Download 173.9 Kb.
bet4/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

2. Rimda plebeylar va patritsiylar o'rtasidagi kurash. Mil.avv. V-IV asrlarda aristokrat patritsiylar respublikasi konstitutsiyasining tashkil topishi va rivojlanish jarayoni davom etgan.
Faqat patritsiylardan saylangan barcha magistratlar (mansab egalari) senatga tobe bo'lgan. Senat ilgari oqsoqollar kengashi bo'lgan bo'lsa, asta- sekin doimiy davlat organiga aylangan. Barcha siyosiy hokimiyat patritsiylar qo'liga o'tdi. Plebeylar podsho davridagidek huquqsiz bo'lib qolaverdi. Bu respublika tuzumi ilk Rim respublikasi deb ataladi. Bu davrda polis, ya'ni erkin quldorlardan iborat grajdanlar jamoasi bo'lgan. Oila (familia) Rim jamoasida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Oila bir-biriga qon-qarindoshlik aloqasidagi shaxslar va shu oilaga xizmat qiluvchi quldorlardan iborat bo'lgan. Oila boshlig'i mulk egasi, sudya, kohin vazifasini ham ado etgan. Davlat oilaning iski ishlariga aralasha olmagan.
Rim aholisi dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug'ullangan. Hunarmandchilik kasb-korlari ko'paygan, savdoning rivojlanishi tezlashgan Rim maydoni forumda haftada bir marta bozor bo'lgan. Tibr dunyosi buyidagi Rim suv yo'li bilan tashqi dunyo bilan savdo qila olgan. Pul sistemasi vujudga kelgan. Avval chorva mollari keyin mis, bronza pullar chiqarilgan. Kumush pullar mil.avv. III asr o'rtalarida paydo bo'lgan. Rimda binokorlik sohasida ko'p ishlar qilingan. Yupiter Kapitoliyskiy ibodatxonasi, Saturn ibodatxonalari solingan, shaharda suv quvurlari ham bo'lgan.
Rimda plebeylar asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug'allanishi uning tabaqalanishiga olib keldi. Ular orasidan boy savdo- hunarmandlari yetishib chiqqan. Ikkinchi qismi yo'qsil plebeylar ko'p sonli ommaga aylana borgan.
Mil. avv. V-IV asrlarda plebeylar ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan patritsiylar bilan teng huquqqa ega bo'lishi uchun teng huquqqa ega bo'lishi uchun uzoqqa cho'zilgan kurash olib borgan. Patritsiylar qanday huquqqa ega bo'lsalar plebeylar shunday huquqqa ega bo'lish, ya'ni magistrlikka ega bo'lish, senatda o'rin egallashdan iborat bo'lgan. Ular orasidagi kurash mil. avv. 494 yilda boshlangan. Shu yili ular Ekvlar bilan bo’lgan urush vaqtida Rim qo'shinida xizmat qilishdan bosh tortib, Rimdan chiqib ketganlar va Muqaddas tog'da lager qurib o'tirishgan. Patritsiylar yon bosib, ularga o'z mustaqil tashkilotini tuzish huquqini berishgan. Mil.avv. 493 yildan boshlab plebeylardan 2 ta xalq tribuni saylangan. Senat va magistrantning plebeylar manfaatiga zid qiluvchi qarorlarini tribun “veto” qo'yib to'xtatib qo'yishi mumkin bo'lgan49.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling