Xulosa qilsak, xristianlik o`ziga xos diniy tashkilot edi. Xristianlarning o`z ichki tartiblari bo`lgan. Joylardagi xristian jamoalariga yepiskop-nozir rahbarlik qilgan. Yepiskop saylab qo`yilgan va u diniy ishlarga rahbarlik qilgan. Har bir viloyat va shaharning o`z yepiskopi bo`lgan. Yepiskoplar bir-birlari bilan aloqa qilib turganlar. Xristianlarning minglab jamoalarini birlashtirib turgan o`z tashkiloti ham bo`lgan. U xristianlar cherkovi deb atalgan. U butun saltanat aholisi o`rtasida g`oyat katta nufuzga ega bo`lgan. Barcha yepiskoplar unga itoat etganlar. Hozir ham Yevropa, Amerika aholisining katta qismi, osiyoliklarning bir qismi xristian diniga e'tiqod qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |