1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
Qadimgi Rim tarixshunosligi
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
3. Qadimgi Rim tarixshunosligi. Rim tarixini o'rganish manbalari xilma-xil va nihoyatda boydir. Bu manbalarni asosan yozma, arxeologik, qadimgi yozuvlarni o'rganish va numizmatik manbalarga bo'lish mumkin. Qadimgi Rim tarixini yoritib beruvchi asarlar ham juda behisobdir: Qadimgi Rim davrida yaratilgan tarixiy asarlar, o'rta asarlar, yangi va eng yangi davrda Qadimgi Rim tarixiga doir yaratilgan deb gruppalashtirish mumkin. O'rta dengiz sohilidagi mamlakatlarida Rim imoratlarining juda ko'p qoldiqlari saqlangan. Qadimgi Italiyaning respublika zamoniga mansub arxeologiya yodgorliklari juda xilma- xil : qadimgi shaharlar, manzillar, maqbaralar, ibodatxonalar, sug'orish inshoatlari , dehqonlarning mehnat qurollari, istehkomlar ana shunday yodgorliklardir. Imperiya davrining Pompey va Timgad shaharlari deyarli butunicha, Imperiya Anolloniysi, Kiprdagi Malamin, Akvin shaharlari qoldiqlari bu kungacha saqlangan.
Qadimgi yozuvlar asosan keyingi respublika va imperiya tarixini o'rganish uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi. Ammo undan oldingi davrlarga oid yozuvlar, Tit Liviy bergan ma'lumotga ko'ra, mil.avv. 390- yili Galliya yong'inida yo'q bo'lib ketgan. Eng qadimgi yozuvlar mil.avv. VIII -VII asrlardagi etrusklarga mansubdir. Mil. avv. VII-VI asrlardagi etrusklarga aloqasi bo'lmagan yozuvlar Pitsendan topilgan. Mil.avv. VI asrga mansub ilk lotin qadimiy yozuvlari - odatda Prenstin tuqasi deb ataladigan oltin tuqadagi yozuv, Rim maydonidan afsonaviy Romul qabri joylangan yerdan topilgan «Qora tosh» dagi yozuv lotin tilining kelib chiqishi masalasini o'rganish uchun muhimdir. Mil.avv. III-I asr yozuvlari muhimdir. Bag'ishlangan yozuvlar xujjatlar yozuvlar qabr toshlaridagi yozuvlar saqlanib qolgan. Masalan, mil. avv. 260 yili konsul Duiliyning rostr ustunidagi yozuvda flotning Karfagen floti ustidan qilgan g'alabasi bayon etilgan. Qadimgi Rim tanga pullari xo'jalik va siyosiy tarixni , diniy tasavvurlar, san'at, arxitektura kabi rivojlanishini yoritishga imkon beradi. Qadimgi Rim tarixini yoritib bergan dastlabki yozma manbalar Rim yilnomalaridir. Ular Rim tarixini yoritib berish maqsadini ko'zlamagan. Yilnomachilar o'tmishdan zamondoshlariga o'rnak bo'ladigan namunalarni topish, boy tabaqalarning qahramonliklarini maqtab, shu bilan respublikani mustahkamlashga yordam berish maqsadini ko'zlaganlar. Yilnomalar yaratgan asarlardan parchalar bizgacha keyingi mualiflarning asarlarigina saqlanib qolgan. Ko'pchiligi yo'qolib ketgan. Mil.avv. III-II asrlarda tarixchilarni odatda katta yilnomalari deb atash rasm bo'lgan. Katta yilnomalarning eng mashhuri Kvint Fabiy Piktordir. U mil.avv. III asr oxirlarida yashagan. Piktor «Yilnoma»sini yunon tilda yozgan , unda ikkinchi Puni urushigacha bo'lgan Italiya tarixi yoritilgan. Lotin tilidagi birinchi tarixiy asarlarni mil.avv.234-149 yillarda yashagan Mark Portsiy Katon yozgan. U mashhur davlat arbobi, tarixchi va notiq bo'lgan Katonning «Boshlang’ichlar» nomi bilan yozgan yetti kitobdan iborat tarixiy asarlaridan parchalar saqlanib qolgan. Katon har bir Italiya davlatining qayerdan kelib chiqqanligini ta'riflab bergan, u voqea va hodisalarni yilma- yil tasvirlamagan. Shuningdek lashkarboshilar, davlat arboblari nomini tilga olmagan. Siseron: Gretsiya va Rim tarixida Katon bilmagan biron- bir «voqeani topish qiyin» deb yozgan. Kichik yilnomachilar deb nom olgan. Lutsiy Seliy, Antipatr, Semproniy Azellionlarning asarlar tarixiy qimmatga ega, lekin ular xatolarga ham yo'l qo'yganlar. Mil.avv. II asrda Polibiy «Umumiy tarix»ni yozgan, unda mil.avv. 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. Miloddan avvalgi I asr respublikaning qulashi va imperiyaning barpo bo'lish davridir. Bu davrning manbalari Mark Tulliy Siseron, Gay Yuliy Sezar, Gay Krisp Sallyustiylarning asarlaridir47. Siyosiy arbob, ajoyib notiq, yurist, adib bo'lishi Sitseron asarlari mil.avv. I asr tarixini o'rganishda g'oyat zo'r qimmatga ega.U nutqlar, xatlar, falsafa va tarixdan traktatlar qoldirgan. Gay Krisp Sallyustiy Sezar tarafdori bo'lib, uning konsulligida bir qancha muhim lavozimlarda ishlagan. Uning «Sezarcha xat», «Katilina fitnasi», «Yug'urta urushi» , «Tarix» asarlari bor. Mil. avv. I asrda (100-44 yy) yashagan va shu davrning eng yorqin siyosiy arboblaridan biri bo'lgan Gay Yuliy Sezarning Gall urushlari haqidagi yozmalar» «Grajdanlar urushi haqidagi yozmalar», shuningdek mualliflari noma'lum bo'lgan «Aleksandriya urushi» , «Afrika urushi» , «Ispaniya urushi» kabi asarlar Sezar asarlarining davomidir. Yuqorida nomlari aytilgan kitoblarda mil. avv. I asrdagi Rim tarixiga tegishli siyosiy voqealar yoritib berilgan. Tit Liviy «Shahar bino bo'lishidan boshlab Rim tarixi» asari 142 kitobdan iborat bo'lib, 38 tasi saqlanib qolgan Yunon yozuvchilari Diodor Sitsiliyskiyning 40 kitobdan iborat «Tarixiy kutubxona» asarining XI-XX jildlari, Dionisiy Galikarnasskiyning «Qadimgi Rim yodgorliklari» nomli asari 20 ta kitobdan 10 tasi saqlanib qolgan Rim adibi Mark Terentsiy Varron (mil.avv. 116-27 yy.)ning «Qadimgi yodgorliklari» ensiklopedik xarakterga ega. Iosif Flaviy yunon tilida «Yahudiylar urushi tarixi», «Tarjimai hol», «Yahudiylar arxeologiyasi» asarlarini yaratgan, ularda o'z vatani yahudiyaning ellinistik va Rim davri tarixini yoritgan. Korneliy Tatsit (milodiy 54-120 yy.) mashhur tarixchidir. Uning «Tarixlar», «Yilnomalar», «Germaniya» kabi asarlari nihoyatda qimmatli asarlardir. Svetoniy Tankvilla asarlari Tatsit asarlariga qo'shimchadir (asari «O'n ikki Sezarning hayot qissasi»). 155-235 yillarda yashagan Dion Kassiyning «Rim tarixi» asarida qimmatli ma'lumotlar saqlagan. Geograflar Strabon, Pompiy Mela, Klavdiy Ptolomeylar asarlarida Rim tarixiga oid muhim ma'lumotlar bor. I asrning ensiklopedisti- Katta Pliniyning «Tabiiy tarix», yepiskop Yevseviyning «Cherkov tarixi», yepiskop Avgustning «Xudo shahri to'g'risi» da nomli kitoblari ham katta qimmatga egadir. Xulosa qiladigan bo’lsak, Rim davlati yunonlar Italiya deb atagan Apennin yarim orolida vujudga kelgan. Rim respublikasi Apennin orolida yashovchi xalqlar va qabilalarni o'z hukmiga bo'ysundirib, mil.avv. II asr o'rtalariga kelganda O'rta yer dengizi davlatlari orasida eng kuchlisi bo'lib qolgan. Keyinchalik mil.avv. I asr va milodning II asrida Rim quldorlari butun Shimoliy Afrikani, Yevropaning ko’p qismini va Old Osiyo mamlakatlarini bo’ysundirib olgan va qariyib 500 yil umr surgan g'oyat katta davlatga aylangan. Rim davlatida quldorlik to'la taraqqiy topgan. Biroq davrlar o'tishi bilan quldorlik iqtisodiyoti va u bilan birga qulchilik tizimiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham yoshini yashab bo'lgan, natijada qudratli Rim davlati kuchsizlashgan va nihoyat qulab ketgan. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling