1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Download 173.9 Kb.
bet14/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

3. Yugurta urushlari. Gay Mariy faoliyati. Uchinchi Puni urushidan so'ng Karfagenning ko'p yerlari Rimning Afrikadagi ittifoqchisi Numidiya (hozirgi Jazoir) ixtiyoriga o'tgan. Shundan so'ng Numidiya g'oyat boyib ketgan. Miloddan avvalgi 111 yilda Numidiyaning podshosi o'lgach, rim otliqlarining talabi bilan Numidiya uning uch nevarasiga bo'lib berilgan. Lekin aholi va shaharliklardan biri Yugurta mamlakatning bo'linib ketishini istashmagan. Yugurta Rim harbiy san'atini yaxshi bilgan, rimliklarga qarshi kurashish mumkin deb hisoblagan. U xalqqa tayanib, qarindoshlari yeriga hujum qilgan. Biri o'ldirilgan, ikkinchisi Rimga qochib ketgan. Rim senati Yugurtani Rim sudiga chaqirgan, u dadillik bilan borgan va e'tiborli shaxslarni sotib olib o'zini oqlatishga erishgan. Senat Numidiyani yana bo'lgan, lekin bu gal ikki qismga bo'lgan. Yugurtaning qarindoshi bilan Rim savdogarlari kelgan. Yugurta yana urush ochgan. U Numidiya poytaxti Sitrani ishg'ol qilgan, rimliklarni ham qirib tashlagan. Ikkinchi marta Yugurta Rimda sud qilingan va Rim xalqining dushmani deb e'lon qilingan. Yugurta ketayotib: «Sotqin shahar! Sotuvchi topilsa seni tag-tuging bilan bemalol sotib olardi» degan63.
Rimliklar Afrikada urush harakatlarini sustlik bilan olib borganlar. Obro'li va qattiqqo'l konsul Metell yuborilgach, ahvol yaxshilana boshlagan. Qobiliyatli jangchi Gay Mariy uning yordamchisi bo'lgan. U patritsiylarning yuliylar xonadoni qiziga uylanib, siyosiy arboblar doirasiga kirgan edi. Mutal daryosi yonida Yugurta armiyasini tor-mor qilishga yordamlashagan. Gay Mariy Rimga qaytib, konsullikka saylangan. Gay Mariy Rim armiyasini sog'lomlashtirish haqida qonunlar chiqartirgan. U ko'ngillardan legionlar to'plagan. Qo’shinga lyumpen-proletarlar ham olingan. Jangchilarga xazinadan qurol-yaroq va oylik berilgan.Ularga urushdan so'ng chek yer va'da qilingan. Har bir legionda o'zining umumiy belgisi - kumushdan yasalgan burguti bo'lgan. Mariy o'z qo'shinini irg'itma qisqa nayzalar bilan qurollantirgan. Qattiq intizom o'rnatilgan. Jangovorlik ortgan. Yugurta qaynatasi Mavritan podshosi huzuriga borgan. Rimdan kelgan boy Korneliy Sulla talabi bilan Yugurta Rimga olib ketilgan. Buning evaziga Numidiyaning bir qismi Mavritan podshosiga berilgan. Gay Mariy Yugurta ustidan qilgan g'alabasi uchun yana konsul qilib saylangan.
Miloddan avvalgi 113 yilda noma'lum sabablarga ko'ra O'rta Yevropada yashovchi kimvr va tevton qabilalari Apennin yarim orolining shimoliy – sharqiga kela boshlagan. Rim konsuli Karbon ulardan Rim chegaralaridan nari ketishni talab qilgan, ular orqaga qaytgach, Karbon hujum uyushtirgan va qattiq mag'lubiyatga uchragan. Keyin bir necha Rim armiyalari tor-mor qilingan. Rim dahshatga tushgan. Lekin g'oliblar sira kutilmaganda ortiga qaytib Piriney yarim oroli tomon ketishgan.
Gay Mariy qo'mondon qilib saylangan. U Lutsiy Korneliy Sulla, Kvint Sertoriylar bilan birga armiyani mustahkamlashga uringan paytda Sitsiliyada ikkinchi katta qullar qo'zg'oloni boshglangan. Urushlar tufayli Rim armiyasi kamayib qolgan edi. Mariy ittifoqchilardan askar olishga senat orqali ruxsat oladi. Vifin podshosi Nikomed rimliklarning bu talabini bajara olmasligini aytdi. Sabab yosh erkaklarni Rim sudxo’rlarini qul qilib sotayapti deb aytadi. Senat tekshirishga komissiya yuboradi. Lekin tekshirish sudxo’rlar ta'siri bilan to'xtab qolgach, miloddan avvalgi 104 yilda qullar qo'zg'oloni boshlanib ketadi. Qo'zg'olonga Salviy va Afenion degan kishilar rahbarlik qilgan. Salviy podsho deb e'lon qilinadi. Armiya tuzadilar. Podsho huzurida kengash tuzilgan. Ular Sitsiliyaning ancha qismini ishg'ol qilgan. Miloddan avvalgi 101- yilda Rimdan konsul Maniy Akviliy kuchli qo'shin bilan keladi va qo'zg'olonni tor- mor qiladi. Asirlar Rim sirklari va amfiteatrlarining gladiatorlariga aylantirilgan. Attikadagi Lavrion kumush konlaridagi qullar qo'zg'olon qilganlar64.
Bosfor podsholigida Savmak boshchiligida qullar qo'zg'oloni g'alaba qilgan. Evksin Pontiy podshosi Mitridat IV Bosfordagi qullar qo'zg'olonini bostirib (mil.avv. 107-106 yillar), uning yerlarini bosib olgan. Mitridat IV hatto Rimga qarshi kurashishga jur'at etgan. Sitsiliyadagi qullar qo'zg'oloni bo'layotganda tevtonlar va kimvrlar Alpni oshib o'tib, Italiyaga hujum qilgan. To'rtinchi marta konsullikka saylangan Gay Mariy dushmanni qaytargan. Shundan so'ng Rim boshiga tushgan og'ir ahvol bartaraf etilgan. Gay Mariyning shuhrati oshib ketgan. Gay Mariyning raqiblari bo'lgan optimatlar ham unga tan berishgan. Senat unga Vatan otasi va Rimning Ikkinchi asoschisi degan unvon bergan (Pattr Patriae). Lekin uning armiya veteranlariga yer berish haqidagi iltimosini senat rad qilgan. U Apullat Saturnil va Glavsiy degan arboblar yordamida armiya veteranlariga yengilliklar berishi va Afrikadan yer ajratilishiga erishgan. Rimda shu masala yuzasidan optimatlar va populyarlar (plebsning yo'lboshchilari) qattiq kurash boshlagan. Bu kurashlarda Gay Mariy avval optimatlar qarshiligini sindirgan. Keyin qo'shin yordamida populyarlarni tarqatib yuborgan. Optimatlar ham, populyarlar ham Gay Mariyning Rimdan chiqib ketishiga erishganlar. Senatda optimatlar ustinlikka erishganlar. Populyarlarning pozitsiyasi bo'shashgan. Rimdagi siyosiy- iqtisodiy kurashi juda jiddiylashgan. Italiyadagi ittifoqchilar Rim grajdanlik huquqi berilishini talab qilganlar. Italiyada tashqaridagi Rim yerlaridan grajdanlarga yer berilishini talab qilgan. Xalq tribuni Liviy Druz reformalar o'tkazgan. Keyin Druz o'ldirilgan.
Druz vafotidan so'ng ittifoqchilar Rimga qarshi urush boshlagan. Qo'zg'olon avval Avskul shahrida boshlangan, keyin O'rta va janubiy Italiyaga yoyilgan. Yirik quldorlik xo'jaligi rivojlangan Umbriy va Etruriya Rimga sodiq bo'lib qolgan. Samniylar, kukanlar, marslar qo'zg'olonning ilg’or ishtirokchilari bo'lganlar. Marslardan Silon va samniylardan Gay Mutiya qo'zg'olonning harbiy kuchlarini uyushtirishga boshchilik qilganlar. Qo'zg'olonchilar armiyasini tuzishgan. Qo'zg'olonchilar Korfniy shahrini poytaxti qilib, uni Italiya deb o'zgartirganlar. Poytaxtda turli shahar va qabilalardan 500 a'zodan iborat senat to'plagan. Senat 2 ta konsul va 12 pretor saylangan. Rim bilan uning ilgarigi ittifoqchilari orasida boshlangan bu urush og'ir va keskin tus olgan. Dastlab qo'zg'olonchilar g'alabalar qilgan. Rim senati Gay Mariy va Korneliy Sullani qo'shinga rahbarlik qilishga chaqirganlar. Rim plebsi ham davlatdan norozi bo'la boshlagan edi. Rim qo'shini g'alabalarga erisha olmagach, rimliklar o'z ittifoqchilariga munosabatlarini o'zgartirganlar. Miloddan avvalgi 90 yillar oxirida Yuliy Sezar Rimga sodiq ittifoqchilarga Rim grajdanlik huquqlarini berishni va'da qilgan qonun chiqartirgan. Bu qonun qo'zg'olonni bo'shashtirgan. Harbiy ustunlik asta-sekin rimliklar tomoniga o'tgan. Qo'zg'olon bostirilgan. Qo'zg'olonchilar yengilgan bo'lsada grajdanlik huquqini olgan.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling