1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Download 173.9 Kb.
bet16/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

5. Spartak qo’zg’oloni. Mil.avv.74 yilda Italiyada ekin bitmay ketadi va qullar qo'zg'oloni boshlanadi. Qadimgi dunyodagi eng katta qullar qo'zg'olonlaridan biri Italiyadagi Kapuya shahridagi gladiatorlar maktabidagi qullar isyonidan boshlanadi. (gladiator qilichboz degani).
Lentul Batnat degan kishiga qarashli gladiatorlar maktabi Kapuya shahrida bo'lgan. Bu maktabda boshlangan isyonga frakiyalik Spartak degan kishi boshchilik qilgan. Spartak aslida tutqunlikdan qochmoqchi edi. Qo'zg'olonchilar Vezuviy tog'iga chiqib yashirinadilar. Miloddan avvalgi 74 yilda boshlangan qo'zg'olonga ko'plab odamlar kelib qo'shiladi va tezda ular soni 10 ming kishiga yetadi. Qo'zg'olonni bostirish uchun 3 ming kishilik yaxshi qurollangan rimlik qo'shin yuboriladi. Bu qo'shin toqqa chiqadigan yagona yo'lni egallab, qo'zg'olonchilar ochlikdan taslim bo'ladi deb kutib turadi. Ammo Spartak qo'shini tok novdalaridan narvon yasab, tog'ning tushib bo'lmas yeridan pastga tushib, Rim qo'shinlarini tor-mor keltirib, juda ko'p o'lja va qurol-aslahalarni qo'lga kiritadi. Birinchi g'alaba keyingi janglar uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Bu g’alabani eshitgan qullar, erkin kishilar, yersiz dehqonlar uning qo'shniga kelib qo'shilavergan. Spartak qo'shinini qayta tuzib, qattiq intizom o'rnatgan. U qo'shinni piyoda, otliq va ayg'oqchi qismlarga bo'lib mustahkamlaydi. Tajribali gladiatorlardan boshliqlar tayinlaydi. Qo'zg'olonchilar qarorgohida qurol-yarog’lar yasalgan. Spartak o'z qo'shinini shimolga boshlaydi. Rim senati qo'zg'olonchilar dahshatli kuchga aylanganligini anglab, ularga qarshi Vreniy boshchiligida ikki legion yuboradi. Qo'zg'olonchilar ularni ham tor-mor keltiradi. Spartak qo'zg'olonchilarni Po daryosiga olib chiqadi. Spartak aslida o'z yurti Frakiyaga chiqib olmoqchi bo'lgan bo'lsa kerak67.
Afsuski, Po daryosi toshib qo'zg'olonchilar yo'li to'silgan edi. Ayni vaqtda italiyalik qo'zg'olonchilar o'z yurtiga ketishni ham istashmagan. Bu ikki sabab Spartakni orqaga, janubga qaytishga majbur etgan. Rim quldorlari dahshatga tushib, yana 2 ta legionni Spartakka qarshi yubordi, ular ham tor-mor etiladi. Spartak Sitsiliyaga o'tib olib u yerdan o'ziga qo'shimcha kuch olmoqchi bo'ladi. Rim Senati shafqatsizligi bilan nom chiqargan Krassni qo'mondon qilib tayinlaydi. Dengiz qaroqchilari katta pul evaziga qo'zg'olonchilarni Sitsiliyaga o'tkazib qo'ymoqchi bo'lishadi. Lekin aldab ketishadi. Spartak yana orqaga qaytishga majbur bo'ladi.
Krass o'z qo'shinida qattiq intizom o'rnatadi. Qochoq jangchilardan 10 tadan 1 tasini qatl etgan. Krass tog'ning tor joyida istehkom qurib, Spartakning yo'lini to'sadi. Qorli va bo'ronli kunlari spartakchilar rimliklar qo'shini to'sig'ini yorib o'tib, Lukaniyada paydo bo'ladi. Rim hukumati yana yangi qo'shinlar yuboradi. Xuddi shu vaqtda spartakchilar ajralib ketadi. Krass bundan foydalanib ajralib ketgan qo'zg'olonchilarni qirib tashlaydi. Spartak ham hukumat yuborgan qo'shinlarning Krassga qo'shilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida Brunduziy shahri yaqinida jang boshlaydi. Rim lashkarboshlaridan ikkitasi o'ldiriladi. Spartak ham sonidan yaralanadi. Rimliklar uni tiriklayin qo'lga olmoqchi bo'ladi. Spartak bir oyog'i bilan so'nggi nafasigacha mardlarcha jang qiladi. Rimliklar uni qiyma- qiyma qilib tashlaganlar. Hatto uning jasadini ham topa olmaganlar. Yo'lboshchilardan ajralgan qo'zg'olonchilar mardlik bilan kurashadilar, lekin kuchlar teng emas edi. Pompey qo'shinlari yetib kelgach, rimliklar g'alaba qiladi, Kapuyadan Rimgacha yo'l bo'ylab qoqilgan 6 ming ustunga qo'zg'olonchilar mixlab tashlangan. Qullar jon talvasasida jon berganlar.
Miloddan avvalgi 74-71 yillardagi Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni stixiyali bo'lib, aniq maqsadi va dasturi bo'lmagan. Shunga qaramay, bu qo'zg'olon Rim quldorlarini qattiq dahshatga solgan68.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling