1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi


Download 173.9 Kb.
bet18/34
Sana02.06.2024
Hajmi173.9 Kb.
#1834401
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
Christian Dior. not full

1. Rimda fuqarolar urushi. Miloddan avvalgi 44 yilning 17 martida Senat majlisi yig'ilgan. Fitnachilardan ba'zilari Sezarni davlat dushmani deb e'lon qilish, u chiqargan qarorlarni bekor qilish, jasadini qatl qilingan jinoyatchi sifatida Tibr daryosiga tashlashni takilif etgan. Ammo ko'pchilik senatorlar bu taklifga qo'shilishmagan. Natijada Sezerionning murosali taklifi qabul qilingan: Sezarni o'lgan deb hisoblash, fitnachilar to'la avf etish, Sezarning farmonlarini o'z kuchida qoldirish.
Senatning bu qarori Sezarning yaqin do'stlari Mark Antoniy va Emiliy Lepidni ruhlantirgan. Antoniy konsul lavozimini saqlab qolgan. Dafn marosimida Antoniy nutq so'zlab, Sezarning vasiyatini o'qib bergan, unga ko'ra Rimdagi barcha kambag'al grajdanlar va veteranlarning har biri 3000 dinariydan pul olgan. Sezarning jasadi Forumda kuydirilgan, keyin mehrobga qo'yilgan, u ilohiy zot deb e'lon qilingan, qurbonlik berilgan.
Fitnachilar Rim aholisining kayfiyatidan qo'rqib ko'chib ketishgan. Senatda Sitseron respublikachilarga bosh bo'lib qolgan. Mark Antoniy esa sezarchilarga bosh bo'lib qolgan. Ikki kuchli guruh o'rtasida tez orada nizo chiqqan. Shu paytda Ispaniyada Pompeyning o'g'li Sekst Pompey qo'zg'olon qilib, g'alaba qilib, katta xavfga aylangan72.
Sitseron Sezarning uzoq qarindoshi (jiyan navarasi) Gay Oktaviyning Sezarning asrandi o'g'li va vorisi bo'lishi to'g'risidagi da'vosini qo'llab-quvvatlab sezarchilarni bo'lib yuborgan. Antoniy Gay Sezarga vasiyat qilingan mablag'ni unga bermagan edi. Oktavian haqiqatan ham Sezarning asrandi o'g'li va Sezar mulkining qonuniy vorisi degan Senat qarorini chiqartirgan. Oktavian meros mablag'ini xalqqa tarqatgan va o'z obro'sini oshirgan. Antoniy o'z mavqeyini oshirish uchun Sizalp Galliyasiga ketgan. Sitseron undan xavfsiragan. Sitseron Oktavianga armiya tuzishga yordam berish uchun yosh senzini buzib 19 yoshli yigitni pretor deb e'lon qildirgan. Oktavian tuzgan armiya Antoniyga qarshi yuborilgan. Jangda Gay Oktavian g'olib chiqqan. Oktavian Rimni ishg'ol qilgan.

Download 173.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling