1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
Rimda islohotlar uchun kurash
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
2. Rimda islohotlar uchun kurash. Miloddan avvalgi II asrda Italiyada yuz bergan ijtimoiy tabaqalanish (qullarning ko'payishi, mayda erkin dehqonlarning kamayishi) rimliklarning ilg’or qatlamlarini tashvishga solgan, ular Rim respublikasining harbiy qudrati zaiflashishidan va eski Rim urf-odatlarinig inqirozidan xavfsiragan. Bu ilg'or fikrli noiblar qullar va shahar lyumpen proletarlari ko'payishi, senz ro'yxatiga kiritilgan grajdanlar soni kamayib ketishi, o'z puliga qurol-yaroq olishga qurbi yetadigan, harbiy xizmatga layoqatli erkin grajdanlarning kamayib ketishi Rim legionlarini to'ldira olmay qoladi, bu davlat kuchsizlanishiga olib keladi deb qo'rqqanlar.
Aka- uka Grakxlar, tarixchi Polibiy, Leliy kabi guruh jamoat dalasi yerlarini ijaraga berilishini chegaralash kerak, qishloq grajdanlariga yer berish kerak degan fikrni olg'a surdilar. Yirik quldorlarga, ijaradorlar, sudxo'rlarga bu yoqmadi. Ikki guruh o'rtasida uzoq kurash hukumat darajasiga ko’tarildi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlar agrar reforma o'tkazish uchun tinimsiz kurash olib bordilar. Bu kurash mil.avv. 130-120 yillarda olib borildi. Ular bu kurashda muvaffaqiyatlarga ham erishdilar, mag'lub ham bo'ldilar. Shaxslarning ikkalasi ham dushmanlar tomonidan o'ldirilgan. Miloddan avvalgi 130-120 yillardagi agrar reformalar natijasida yer va qullarning bir qo'lga to'planish jarayoni bir oz sekinlashgan bo'lsada, miloddan avvalgi II asr oxirlariga kelib yangitdan kuchayib ketgan. Miloddan avvalgi III yilda yirik yer egalari optimatlarning tashabbusi bilan xalq tribuni Spuriy Toriy yangi agrar qonunini o'tkazgan. Bu qonunga ko'ra, shu paytda Rim grajdanlari egallab turgan barcha yerlar ularnig xususiy mulki bo'lib qolgan. Mayda yer egalari o'z yerlarining to'liq xo'jayini bo'lib qolgan. Jamoat dalalaridan bemuddat katta yer uchastkalarini ijaraga olganlar. Bu yerlarning xo'jayini bo'lib qolavergan. Toriy qonuni e'lon qilingandan so'ng mayda yer egalari o'z mulklarini sota boshlagan. Natijada «senzlilar» ya'ni harbiy xizmatni o'tashi lozim bo'lgan grajdanlan soni kamaya borgan. Bu hol Yugurta urushlari vaqtida sezilgan62. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling