1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
4. Adrian boshqaruvi davri. Trayanga yaqin bo'lgan, xotinining qarindoshi Publiy Emiliy Adrian unga o'g'il qilingan, vorisi deb e'lon qilingan. Yangi imperator parfiyaliklarga qarshi urushni davom ettirish mumkin emasligini tushungan. Misr, Kirenaika, Yahudiya, Kipr, Britaniya va Mavritaniyadagi g'alayonlar bostirilmagan edi. Dunay chegaralarida xavf to’xtatilmagan edi. Dunay chegaralarida sarmatlar va saksonlar xavf solib turgan edi. Adrian o'z ahvolini to'g'ri baholab, chegarani Frot daryosi bo'ylab o'tkazgan. Adrianga qarshi fitna uyushtirilgan, fosh etilib, fitnachilar shafqatsiz jazolangan. Adrian imperiyani idora qilgan 117-138 yillarda urushlar olib borish taktikasidan qat'iyan bosh tortgan, strategik mudofaa yo'lini tutgan. Adrian osoyishtalik saqlash, janjallarni muzokaralar bilan hal qilishga uringan. U harbiy qismlarni mustahkamlagan, mustahkam qo'rg'onlar qurdirgan. Imperiyaning uzoq chekkalariga safarga chiqqan. Davlat apparatini mustahkamlagan, Rim davlat muassasasi sifatida prinseps kengashini rasmiy yo'lga qo'ygan. Kengash imperator farmonlari va boshqa hujjatlarni tayyorlagan. Senatorlar bilan bir qatorda kuchli qonunshunoslar ham shu kengashga kiritilgan.
Sud ishlarini yaxshilash uchun «Abadiy edikt» tuzilgan. Unga butun imperiya amal qilgan edi. Qullar sud hukmi bilan jazolanadigan bo'ldi. Markaz bilan provinsiyalar o'rtasidagi aloqani mustahkamlash uchun davlat pochtasi tashkil etilgan. Soliq to'lovchilar, sudyalar, va boshqa ma'muriyat vakillari ustidan nazorat ishlari olib borish uchun Adrian provinsiyalarga kuratorlar («murabbiylar») tayinlangan. 132-135 yillarda Yahudiyada yana kuchli qo'zg'alon bo'lgan, unga Bar-Koxba (yulduz bolasi) laqabli Simon degan kishi boshchilik qilgan. Katta armiya kuchi bilan qo'zg'olon bostirilgan, juda ko'p aholi qul qilib sotib yuborilgan. Quddus o'rnida rimliklar harbiy koloniya tuzib, unga Eliya Kapitali deb nom berishgan. Adrian Afinada bir necha marta bo'lgan. Akropol binolarini tiklattirgan, yangi katta Zevs idodatxonasini qurdirgan, bu ibodatxonaning xarobalari hozir ham saqlanib kelmoqda. Adrian Misrdagi Alesandriyada ancha vaqt turgan. Frakiyada Adrianopol shahrini bunyod qildirgan. Adrion 138 yilda vafot etgan, jasadi katta mavzaleyga qo’yilgan. Bu bino o'rta asrlarda papa qo'rg'oni va qamoqqa aylantirilgan81. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling