1. Italiyaning geografik o’rni, tabiati va aholisi
Klavdiy Neron va Domitsian boshqaruvi davrida Rim
Download 173.9 Kb.
|
Christian Dior. not full
2. Klavdiy Neron va Domitsian boshqaruvi davrida Rim. Neron o'z obro'sini oshirish uchun Senatning funksiyalarini kengaytirgan. Qullarga nisbatan shafqatsiz siyosat olib borgan. Neron davlat ishlariga avallari kam aralashgan. O'yin- kulgi, ashula aytish, artistlik qilish, she'r yozish bilan shug'ullangan. Shu orada hokimiyat uchun kurash boshlanib ketgan. Natijada Britanik, Agrippina, hatto xotini ham o'ldirilgan. Milodiy 64- yili Rimda qattiq yong'in bo'lgan. Shaharning katta qismi yonib ketgan. Neron uni tiklashga uringan. Mablag' to'plash uchun ko'plab mulkdorlarga qarshi tadbirlar ko'rgan, natijada Senat bilan Neron o'rtasida nizolar kelib chiqqan. Parfiya bilan bo'layotgan urush cho'zilib ktegan. Parfiya Armaniston podsholigiga o'z nomzodi Vologezni chiqarishga erishgan, lekin Neron toj kiydirishi kerak bo'lgan.
Senat bilan aloqasining bo'zilishi, Armanistning qo'ldan ketishi, Britaniyada qo'zg'olon bo'lishi, Rimdagi yong'in va hokazolar Neronning ahvolini og'irlashtirgan. 65-yilda fitna boshlagan. Neron fitnachilarni jazolagan. 66 yilda Yahudiyada qo'zg'olon boshlangan. 67 yilda Rimda yuqumli kasallik tarqalgan. Neron Yunonistonga ketib qolgan. Rim imperiyasining ahvoli og'irlashgan. Imperiyaning ko'p joylarida qo'zg'olonlar boshlanib ketgan. Neron qo'zg'olonlarning bostirishga uringan. Legionlarda ham qo'zg'olon boshlangan. 68 yilning yozida shahardan qochgan va o'zining ozod qilingan quli villasida o'zini- o'ldirgan78. Neronning o'limi bilan Yuliy – Klavdiylar sulolasi deb atalgan imperatorlar hukmronligi tugagan. Neronning halokati Rim imperiyasining qadam qo'ygan chuqur siyosiy inqirozining birinchi bosqichi bo'lgan. Imperiyaning turli joylarida imperatorlikka da'vogarlar ko'payib ketgan. Ispaniyada Sulpitsiy Galba imperator deb e'lon qilingan. Boshqa joyda Oton degan kishi, Quyi Germaniyada Viteliy imperator deb e'lon qililgan. Senat avval Otonni tan olgan. Ikkovi orasidagi kurashda Vitaliy yengib chiqqan. Keyin Vitaliyni Senat tan olgan. Neron sharqdagi Rim qo'shiniga qo'mondonlik qilib tayinlangan lashkarboshi Vespasian imperatorlikka intilib, kurash boshlagan. Vitaliyni mag'lub qilgan. U imperiyada tartib o'rnatgan. 70-yilda imperiyaga grajdanlar urushi tugagan. Vespasian 70-79 yillarda imperatorlik qilgan, qo'zg'olonlarni bostirgan, davlatda tartib o'rnatgan. Uning o'g'li Domitsian imperatorligi davrida imperiya territoriyasi kengaytirilgan. Kavkaz yerlari ham bosib olinib, Kaspiy dengizi qirg'oqlarigacha yetib kelgan, lekin Apsheron yarim orolidan ular haydab chiqarilgan. Domitsianga qarshi qo'zg'olonlar bo'lib turgan. U 96 – yilgacha imperatorlik qilgan79. Download 173.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling