Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmalarini loyihalash
Download 0.54 Mb.
|
SHAXTANING BOSH SUV CHIQARISH QURILMALARINI LOYIHALASH Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmasini hisoblashdan maqsad talabalarga shaxtaning geologik va texnologik sharoitlari asosida uning zarur uskunalarini tanlash va shaxtada suv chiqarish ishini tashkil etishni o’rgatishdan iborat. Talaba, hisoblash jarayonida, nasos, suv quvur, quvur anjomlari, elektr yuritgich va suv chiqarish qurilmasining yordamchi uskunalarini xavfsizlik (PB) va texnik ekspluatatsiya qilish (PTE) qoidalari asosida tanlashni hamda konlarda kam sarf xarajat bilan shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishini tashkil etishni o’rganadi. Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmalarini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar berilishi shart: - shaxtadagi normal suv oqimi miqdori– Qn, m3 /soat; - shaxtadagi maksimal suv oqimi miqdori–Qm, m3/soat; - shaxtaning chuqurligi –Нш, m; -kon suvining fizik-kimyoviy xossalari (hajmiy og’irligi, qattiqlik darajasi, kislota ko’rsatgichi vа h.k); - shaxtaning yillik unumdorligi-A, t/yil; Shaxtaning bosh suv chiqarish qurilmasini hisoblashda quyidagi masalalar yechilishi kerak: - bosh suv chiqarish qurilmasining texnologik sxemasini tanlash; - nasosxona va suv to’plagich joyini aniqlash; - nasos turini tanlash; - suv so’ruvchi va suv haydovchi quvurlarning diametrini hisoblash va ularni tanlash; - suv chiqarish qurilmasi ish rejimini chizma (grafik) usulda ifodalash va uni iqtisodiy samaradorlik hamda barqarorlik shartlari bo’yicha tekshirish; - nasos agregatlarining sonini asoslangan tarzda qabul qilingan nasos o’qidagi quvvatni hisoblash va tegishli elektr yuritgich tanlash; - yillik elektr energiya sarfini hisoblash; - texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash; - nasosxona o’lchamlarini hisoblash va nasos agregatlarini nasosxonada joylashtirish; - suv to’plagich hajmini hisoblash va uni tanlash; - suv chiqarish qurilmasining sutkalik ish grafigini belgilash; - texnik qarov va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling