1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Sanitariya-epidemiologiya stanciyalari
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Sanitariya-epidemiologiya stanciyalari. Sanitariya-epidemologaya
stanciyalari Sog’liqni saqlash vazirligi, avtonom respublikalar, shaharlar va nohiyalarning, ya’ni barcha sog’liqni saqlash idoralarining eng asosiy bo’limlaridan hisoblanadi. Bu bo’limlar alohida muassasa bo’lib o’z hududlarida sanitariya nazorati ishlarini olib boruvchi idoradir. Sanitariya-epidemiologiya stanciyalari xodimlarining vazifasi tarqalishi mumkin bo’lgan kasalliklardan aholini ogohlantirish, laboratoriya va dezinfekciya ishlarini tashkil va nazorat qilish ya’ni sog’lomlashtirish, epidemik holatni oldini olishdir. Sanepidstrnciya xodimlarining asosiy vazifasi kasallik epidemiyasidan aholini ogohlantirish va o’z hududida sanitariya nazoratini o’rnatish, bundan maqsad, muassasalar, idoralar, vazirliklar, ishlab chiqarish korxonalarida aholi tomonidan sanitariya normalari va qoidalarini buzmasliklarini nazorat qilish. SHuningdek zavod va fabrikalarda, jamoat ovqatlanish oshxonalarida, kolxoz va sovxozlarda, sanoat markazlarida sanitariya holatini saqlash, kasallik tarqalishga yo’l qo’ymaslik, aholi sog’lig’ini saqlash. Sanitariya stanciyalari birinchi marotaba 1873-1887 yillarda Rossiyaning ba’zi bir shaharlarida tashkil etildi, jumladan, hozirgi Moskva viloyati sanepidstanciyasi - 1873 yilda, Pyerm shahridagi mahalliy tajriba stancisi 1887 yili tashkil etildi. 1891 yilda Moskva shahar sanepidstaciyasi ishga tushdi. 1901 yildan boshlab temir yo’l uchastkalarida ham sanepidstanciyalarga o’xshash idoralar tashkil qilindi. Bular bilan bir 356 qatorda aholi turar joylarini sanitariya holatini saqlash maqsadida sanitariya policiya uchastkalari tashkil etildi. 1886 yili Odessa shahrida N.F. Gamaleya tomonidan baktyeriologiya stanciyasi tashkil qilindi va uning taklifi bilan I.I. Mechnikov shu stanciyaning direktori qilib tayinlandi. Quturishga qarshi emlashni birinchi bo’lib Gamaleya qo’llagan edi. Tashkil qilingan sanepidstanciya birinchi bo’lib vaboning tarqalishini o’rgana boshladi. Keyinchalik bu stanciya Odessa baktyeriologaya institutiga aylantirildi. Turkistonda 1869 yilda birinchi bo’lib baktyeriologiya labora-toriyasi ishga tushdi, laboratoriya xodimlari avvaliga suv, tuproq va oziq-ovqat namunalarini tekshirish ustida ish olib borishdi. 1876 yilda vrach Kushelevskiy tomonidan Farg’ona vodiysining sanitariya va gidrogeologik holati haqidagi uch kitobi chop etildi. Kushelevskiy bu kitoblarda Farg’ona vodiysining suv manbalariga, tuprog’iga, oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya nuqtai nazardan baho berishga harakat qilgan. 1909 yili Toshkentda sanitariya byurosi tashkil qilinib, bu idora sanitariya-statistik ishlar sohasidagi sanitariya dalillarini tahlil qilish bilan shug’ullangan. 1918 yilda sanitariya byurosi alohida muassasaga - Toshkent kasalxonalar sovetiga aylantirildi. Bu idora obodonlashtirish va sog’lomlashtirish ishlari bilan shug’ullanib quyidagi vazifalarni o’z zimmasiga oladi: 1) zavod va fabrikalarda ishchilarning mehnat sharoitlarini o’rganish va yaxshilash, Toshkent hududidagi inshootlarning sanitariya holatini o’rganish va uni nazorat qilish, muttasil ravishda tozalikni saqlash ishlarini olib borish; 2) sanitariya chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qarorlar chiqarash; 3) kundalik sanitariya nazoratini olib borish; 4) aholi o’rtasida gigiena ilmini targ’ib qilish va sanitariya nazoratini kuchaytirish; 357 5) iloji boricha bemorlarni medicina qarovidan o’tkazish; Keyinchalik Toshkent kasalxonalar soveti qoshida qo’shimcha yordamchi muassasalar tashkil etila boshladi. Jumladan, sanitariya nazorat instituti, kimyoviy va baktyeriologik tekshirish laboratoriyalari, aholini emlash muassasalari, dezinsekciya va dezinfekciya qiluvchi muassasalar. Turkiston Markaziy ijroiya Qo’mitasining 1918 yildagi dekretiga binoan sanitariya baktyeriologaya laboratoriyasi 1920 yilda o’lka sanitariya-baktyeriologiya institutiga aylantirildi. 1922 yili Turkistonda mehnatni muhofaza qilish maqsadida sa-nitariya vrachlari inspekciyasi (nazorati) tashkil qilindi, 1934 yili Buxoroda rishta kasalining tarqalishi sababli «Tropik medicina ilmiy tekshirish instituti» ochilib, 1931 yili bu institut Samar-qand shahriga ko’chirildi va uning nomi «Bezgak va medicina parazi-tologiya instituti» deb ataldi. 1927 yili o’lka sanitariya-bakte-riologiya instituti tarkibida sanitariya-gigiena bo’limi tashkil qilindi. 1930 yili Toshkent Davlat tibbiyot oliy bilimgohi qoshida sanitariya-gigiena qulliyoti ochilib sanitariya, epidemiologiya, mikrobiologiya sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. 1933 yildan boshlab Davlat sanitariya inspekciyasi va joylarda sanitariya epidemiologiya stanciyasi tarmoqlari tashkil qilina boshlandi. O’zbekistonda 1934 yilda sanitariya gigiena ilmiy-tekshirish instituti ochildi. Ilm-fan, texnika taraqqiyoti natijasida zavodlarni, katta-katta sanoat korxonalarini avtomatlashtirish, mexanizaciyalash va boshqalar ishchilarning ish sharoitini tubdan o’zgartirmoqda. Qishloq xo’jaligida juda ko’p miqdorda zaharli ximikatlarni, minyeral’ o’g’itlarni ishlatilishi va boshqalar tashqi muhitni zaharlovchi, kishi organizmiga zarar byeradigan miqdorda turli kim-yoviy moddalarning toshshishi sanitariya epidemiologiya stanciyasi xodimlari vazifalarini yanada qiyinlashtirib yuboradi. Xo’jalik va sanoat chiqindi suvlari, kollektor drenaj suvlarini ko’p miqdorda hosil bo’lishi, molxonalarda go’ng va go’ng sharbatlarining 358 paydo bo’lishi sanitariya epidemiologiya stanciya xodimlariga katta mas’uliyat yuklamoqda. Demak, sanepidstanciya tarkibida ishlaydigan bo’limlar sonini oshirish, yangi bo’limlar tashkil qilish, ularni asbob-uskunalar, xodimlar bilan ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalalardan biri bo’lib qoldi. Hozirda katta sanepidstanciyalar qoshida radiologaya, virusologiya laboratoriyalari, shovqin-suron va tebranishni, elektromaganit may- donlarini o’lchaydigan bo’limlar, qoldiq zaharli kimyoviy moddalarni, azot nitratlarni aniqlaydigan, tashqi muhitning ifloslanishini kuzatadigan va nazorat qiladigan bo’limlar tashkil qilinmoqda. Laboratoriyalar maxsus laboratoriya komplektlari bilan ta’min- lanmoqda. Sanepidstanciyalarning shtati (odamlarning soni), texnik xodimlar soni uning kategoriyasiga bog’liq. Jumladan, qishloq hududida joylashgan nohiya sanepidstaciyalari uch kategoriyaga bo’linadi. Jumladan, 30 ming aholiga xizmat qiladigan sanepid-stanciyaga III kategoriyali, 30- 60 minggacha aholiga xizmat qiladigan sanepidstanciya II kategoriyali, 60 mingdan ziyod bo’lgan aholiga xizmat qiladigan sanepidstanciya I kategoriyali hisoblanadi. SHahar sanitariya epidemiologiya stanciyalari ham uch kategoriyaga bo’linadi. 100 000-200000 aholisi bo’lgan shahar sanepidstanciyasi III kategoriyali, 200 000-300 000 aholiga xizmat qiluvchi sanepid-stanciyalar II kategoriyali, 300 000 dan ortiq aholisi bo’lgan shahar sanepidstanciyasi I kategoriyali bo’ladi. SHaharning nohiyalarga bo’lin-gan sanepidstanciyalari ham uch kategoriyaga bo’linadi. 400 000 aholiga xizmat qiluvchi sanepidstanciyalar III kategoriyali, 400-600 000 aholiga - II kategoriyali, 600 000-800 000 aholisi bo’lgan sanepid-stanciya I kategoriyali bo’ladi. Viloyatlarga, avtonom respublikalarga bo’linmagan respublika, o’lka, viloyatlar sanepidstanciyalarining ka-tegoriyalari 4 ga bo’linadi. Jumladan 500000 gacha aholisi bo’lgan sanepidstanciyalar IV 359 kategoriyaga, 500 mingdan I mln gacha aholisi bo’lgan sanepidstanciyalar - III kategoriyaga, 1-2 mln aholisi bo’lgan taqdirda sanepidstanciyalar II kategoriyaga va aholisi 2 mln dan ortiq bo’lgan sanepidstanciyalar I kategoriyali bo’ladilar. Sanitariya-epidemiologiya stanciyasi uch bo’limdan iborat bo’lib, ular sanitariya va gigiena, epidemiologaya va dezinfekciya bo’limlaridir. Bu bo’limlar ham o’z navbatida bir qancha kichik bo’limlar va laboratoriyalarga bo’linadi. Masalan: shahar sanepidstanciyasining sanitariya gigiena bo’limi tarkibiga kommunal, mehnat, oziq-ovqat gigienasi bo’limlari va ularga tegishli turli laboratoriyalar hamda bolalar va o’smirlar gigienasi bo’limlari kiradi. Sanitariya-epidemiologiya stanciyalarining vazifasi, aholini kasallik epidemiologiyasidan ogohlantirish, kundalik sanitariya nazoratini olib borish, sanitariya xulosasini yozish, infekcion kasalliklarga qarshi kurash va ularning tarqalishini oldini olish. Sanepidstanciyalarning hamma bo’limlari - laboratoriyalar, tajriba o’tkazish uchun olib kelingan hayvonlarni saqlaydigan maxsus vivariyalar, transport vositalari uchun alohida garajlar va boshqalar qurilish normasi (535-81) ga asosan quriladi. Bu ish maxsus loyihalar asosida amalga oshiriladi. Hujjatning nomi - «Sanitariya-epidemiologiya stanciyalarining loyihalash qo’llanmasi». (SN 535-81). Respublika, viloyat, o’lka avtonom rsspublika sanepidstanciyasining yer maydoni 0,8 gektar, nohiyalarga bo’lingan SES maydonlari 0,5 gektar. Agar dezinfekciya bo’limi shahar SES i tarkibida bo’lsa, uning yer maydoni 1 gektar bo’ladi. Vivariyalar bilan ma’muriy idora binolari oralig’vdagi masofa 50 metr bo’lishi kerak. SES hududida avtotransportlar uchun maxsus maydon ajratiladi. SES yer maydoni devor bilan o’ralgan bo’lib hududi obodonlashtirilishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling