Milliy ofis xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisning
Download 21.91 Kb.
|
Низомга илова
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- 2-bob. Arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktorining 20___ yil __________dagi _____-son buyrugʻiga 2-ilova Milliy ofis xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi (keyingi oʻrinlarda - Milliy ofis deb ataladi) boshqaruv xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz (keyingi oʻrinlarda - qarz deb ataladi) berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: ish beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi; xodim — Milliy ofisning boshqaruv xodimlari. 3. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi toʻgʻrisidagi Nizomda (32-bandi) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 4. Xodimga qarz berish tartibi ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 2-bob. Arizalarni koʻrib chiqish tartibi 5. Qarz berish masalasini koʻrib chiqish uchun ish beruvchi rahbarining buyrugʻi bilan 5 (besh) nafar aʼzodan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi. Milliy ofis xodimlarining arizalari bevosita Milliy ofisi xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berilishini ko‘rib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya deb ataladi) tomonidan koʻrib chiqiladi va unga Milliy ofis Bosh direktori rahbarlik qiladi. 6. Xodim qarz olish uchun Komissiyaga ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: fuqarolik pasporti nusxasi; uy-joy yoki avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi; oʻzining va turmush oʻrtogʻining nomida uy-joy yoki avtotransport vositasi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; kafilning pasporti nusxasi va daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma. 7. Komissiya yigʻilishi zaruratga koʻra, qoida tariqasida, arizalar kelib tushgandan so‘ng har 3 oyda bir marta oʻtkaziladi. Komissiya xodimning arizasini koʻrib chiqish natijasiga koʻra arizani qanoatlantirish yoki qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. 8. Komissiya qarori uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda, Komissiya tomonidan oʻrganib chiqishda xodim(lar)ning navbati ketma-ketligini belgilashda quyidagilarga eʼtibor qaratiladi: xodimning uy-joy va avtotransport vositasiga boʻlgan ehtiyoji; xodimning mehnat faoliyati (kamida 1 yildan ortiq); davlat muassasasining shaʼniga va obroʻsiga putur yetkazmaganligi; intizomi va odob-axloqi bilan xodimlarga oʻrnak boʻlishi; xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarishi, qonun ustuvorligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshganligi. 9. Komissiya tomonidan arizani qanoatlantirish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, ikki kun muddatda Komissiya bayoni va tegishli buyruq loyihasi tayyorlanib, Milliy ofis Bosh direktoriga taqdim qilinadi. Download 21.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling