Milliy ofis xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Milliy ofisning


Download 21.91 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2023
Hajmi21.91 Kb.
#1278767
1   2   3   4
Bog'liq
Низомга илова

4-bob. Qarzni qaytarish tartibi

22. Xodim qarz summasini qarz shartnomasida belgilangan muddatlar va miqdorda qaytaradi.


23. Xodim qarz shartnomasida belgilangan toʻlovlarni belgilangan muddatdan oldin amalga oshirish huquqiga ega.
24. Qarzni qaytarish ish beruvchining gʻaznachilikdagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ish haqi, pensiya, omonat va boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish hamda naqd pul topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bunda, Milliy ofisning Buxgalteriya hisoboti va moliya boʻlimi tomonidan qarzni qaytarish grafigiga muvofiq qarz oluvchining yozma arizasi asosida oylik ish haqidan, uning 50 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorigacha ushlab qolinishi mumkin.
25. Xodim Milliy ofis tizimidan yuqori turuvchi tizim tashkilotiga (Innovatsion rivojlanish vazirligi) oʻtgan yoxud xizmatni oʻtashni tugatgan hollarda ish beruvchi quyidagilarni amalga oshiradi:
Qarz shartnomasi boʻyicha ish beruvchi va xodimning yangi ish joyi (Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimi) oʻrtasida alohida qoʻshimcha kelishuv imzolagan holda shartnomada koʻrsatilgan muddatiga qadar davom ettirilishini talab qilish;
Ish beruvchining talabi bilan Milliy ofis bilan tuzilgan mehnat shartnomasi har qanday asoslarga ko‘ra bekor bo‘lganida xodimga qarzni 1 oy ichida bir yoʻla toʻliq qaytarilishini talab qilish mumkin.
26. Ish beruvchi (Buxgalteriya hisoboti va moliya boʻlimi) qarzdan foydalanishning butun davri davomida berilgan mablagʻlarni qaytarish muddatlariga rioya qilinishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
27. Qarz boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda yoki toʻliq qaytarilmaslik xavfi yuzaga kelganda, Ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda qarzni undirish choralarini koʻradi.
28. Qarzni undirish jarayonida Ish beruvchi nomidan qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchli vakil harakat qilishi mumkin.
29. Qarz boʻyicha toʻlovlar kechiktirilishi shartnomada belgilangan tartibda va miqdorda penya undirish uchun asos hisoblanadi.
30. Xodim qarzni, qarz shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin emas.

Download 21.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling