Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti


Download 62.5 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1303858
  1   2   3   4
Bog'liq
1-илова Вазифалар тақсимоти


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktorining


2021-yil “____” ____­­­­­______dagi______- sonli buyrugʻiga
1-ILOVA


Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori oʻrinbosarlari oʻrtasidagi vazifalar quyidagicha taqsimlansin:


1. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori O.Toʻychiyevga:
1.1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish.
1.2. Milliy ofis faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan Milliy ofis zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish.
1.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan Milliy ofis faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish.
1.4. Milliy ofis va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish.
1.5. Milliy ofis vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xizmatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompekslari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish.
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, ayrim yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish.
1.7. Oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, Milliy ofisning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Milliy ofis faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy masʼuliyat darajasini belgilash.
1.8. Milliy ofis faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Milliy ofis va oʻz oʻrinbosarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash.
1.9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlari ijro etilishining taʼsirchan tizimini tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, idoraviy mansub boʻlimlar rahbarlarining topshiriqlarni oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etishi ustidan shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish.
1.10. Milliy ofis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
1.11. Milliy ofis tizimida kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Milliy ofisning kadrlar zaxirasini shakllantirish.
1.12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Milliy ofisga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash.
1.13. Innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish.
1.14. Faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonun hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish.
1.15. Milliy ofisning qonun loyihalarini sifatli tayyorlash faoliyatini tashkil etish.
1.16. Milliy ofis vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish.
1.17. Milliy ofisga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish).
1.18. Milliy ofis rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash.
1.19. Oʻz oʻrinbosarlari va idoraviy mansub boʻlimlar boshliqlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Milliy ofis hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish.
1.20. Milliy ofis xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1.21. Milliy ofis va uning idoraviy mansubligidagi boʻlimlar xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash.
1.22. Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish.
1.23. Milliy ofis va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash.
1.24. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
1.25. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish.
1.26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Milliy ofis xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash.
1.27. Davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
1.28. Milliy ofisning Buxgalteriya hisobi va moliya boʻlimi, Bosh yuriskonsult, Kadrlar boʻyicha mutaxassis, Axborot-tahlil boʻlimi va Chet ellik maslahatchilar guruhini nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling