O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshlang‘ich professional ta’limning o‘quv dasturi


Download 1.84 Mb.
bet1/75
Sana04.11.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1745717
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
30721001-Kon ishchisi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BOSHLANG‘ICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
O‘QUV DASTURI

Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:



30721001- Kon ishchisi

Malaka darajasi:



3

Kvalifikasiya nomi:

Yer osti tog‘ ishchisi
Оchiq kon ishchisi
Zaboylarni tozalash kon ishchisi

O‘quv dasturi nomi:

Texnikaviy chizmachilik

O‘quv rejadagi tartib raqami:

2.01

Ajratilgan soat:

40


Toshkent – 2022

O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Metallurgiya va Konchilik ishi yo’nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2022-yil 10-avgustdagi 3-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 29-avgustdagi 5-son yig’ilishi bilan ma’qullangan va Vazirlikning 2022-yil 30-avgustdagi 295-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.


















Tuzuvchilar:

S.Norqulov

Qo‘shrabot tuman 2 son KHM maxsus fan o‘qituvchisi



X.Xamidov

Qo‘shrabot tuman 2 son KHM maxsus fan o‘qituvchisi




A.Madatov

A.Zaynullayev



Qo‘shrabot tuman 2 son KHM maxsus fan o‘qituvchisi
Qo‘shrabot tuman 2 son KHM kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari



Taqrizchilar:

O.Sarmanov

Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi Ta’limi standartlari va malaka talablarni ishlab chiqishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi





















1. O‘quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Texnikaviy chizmachilik

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

20

Dasturning maqsadi

O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishida mashinasozlik sanoatining ahamiyati. Mashinasozlik sanoatida Texnikaviy chizmachilik fanining o‘rni. Chizmachilikning maqsad va vazifalari. Chizma tarixi va rivojlanishi. Chizmalarga oid qonun-qoidalar va standartlar to‘plami. Adabiyotlar va ko‘llanmalar, jihoz va asboblar. Chizmalarga qo‘yiladigan talablar. Chizmachilik fanining “Mashinasozlik” sohasidagi ahamiyati.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Mashinasozlik sanoatidagi mutaxassisliklarni egallashdagi talablarni qondirish hamda bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi texnik vositalarning har bir detalning tuzilishi, chizmalarda tasvirlanishi, tasvirlarni yasash uslubi va chizmaning ishlab chiqarishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish.

Bilimlar



  • chizmalarga qo‘yiladigan talablar, ularga oid qonun-qoidalari bilan tanishish;

  • chizmalarda xar bir chiziqning o‘rni, chizmachilik yozuvlaridan foydalanish va tutashmalar bajarish haqida tushuncha;

  • texnikada ishlatiladigan har bir detalning geometrik sirtlardan tuzilganligi va ularni yasash usullari;

  • detallarga qirqim berib ichki ko‘rinishini o‘rganish;

  • detalga qarab tasvirlarni qo‘lda, tezda bajarish usuli;

- tishli g‘ildiraklar va rezba tishlarini chizmada soddalashtirishlardan foydalanib chizish usuli;

  • yig‘ish chizmasida detallarning biriktirilishi, joylashishi, tasvirlanishi va detallarga ajratilishi hamda o‘qish usullari;

  • sxemalarni shartli belgilar orqali tuzilishi va turlari haqida tushuncha.

Ko‘nikmalar



  • chizmalarga oid qonun –qoidalar va standartlar to‘plami;

  • chizma chiziqlari, yozuvlari va texnik detallarni konturlarini chizish usuli;

  • geometrik sirtlarning tuzilishi, tasvirlanishi va kesimini bajarish usullari;

  • detallarga qirqim berib bajarish usullari;

  • eskizlar bajarish bosqichlari;

  • tishli g‘ildiraklar va rezbalarning soddalashtirilgan holdagi chizmalarni bajarish usullari;

  • yig‘ish chizmalarini bajarish, detallarga ajratish va o‘qish usuli;

  • mutaxassislikka oid chizmalar va sxemalar bajarishda shartlilik va soddalashtirishlar.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling