3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.
Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Yakuniy qoidalar
1. Amaliyot davrida xar bir o‘quvchi korxonaning ichki qonun-qoidalarini to‘la bajargan xolda, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha topshiriqlarni ishlab chiqarishning muayyan shart va sharoitlari bilan bog‘lik xolda o‘z vaktida bajarish kerak.
2. O‘quvchi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z hohishicha o‘zgartirmasligi va belgilangan muddatda bajarishi shart.
3. O‘quvchi ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti ustida muntazam ishlashi va amaliyot yakuniga kelib hisobotni tayyorlashi kerak.
Hisobot korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbar tomonidan imzolangan va muhirlangan bo‘lishi kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: |