1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Turli iqlimli nohiyalar 
Tempyeratura °S 
Sovuq nohiya, 1 A mintaqasi 
Sovuq nohiya va qolgan territoriyalar 
Mo’tadil o’rtacha mintaqa 
Iliq nohiyalar 
Issiq nohiyalar 
21-22 
19-20 
18-20 
18-19 
17-18 
Uy-joylarni loyihalash markaziy tajriba ilmiy tekshirish ins-titutlari - 
Moskva, Leningrad, Noril’sk, Pyerm, Astraxan va Kuy- 
bishev shaharlarida olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha uy-joy 
haroratining 2GS bo’lishi kishilarda normal holatni yuzaga keltirgan. 
Sanytariya normasi va qoidalariga ko’ra uy-joylarning issiqligi 20±2°S 
bo’lishi tavsiya etiladi. Ammo eng yuqori tempyeratura 20-22°S, past 
tempyeratura esa 18°S bo’lishi tavsiya etiladi. Bunda tashqi havo harorati 
24°S va undan ham pastroq bo’lishi mumkin. 
YUmshoq iqlimli AQSH da 22-24°S, SHveycariya va Olmoniya 
davlatlarida uy-joy tempyeraturasi 20°S da bo’lishi qabul qilingan. 
Keyingi yillardagi kuzatishlarda uy-joy haroratini ozroq bo’lsada 
yuqori ko’tarish ko’zda tutiladi. Jumladan, sovuq iqlimli sharoitlarda uy-
joy harorati 20-23°S, mo’tadil o’rtacha iqlim sharoitida - 20-22°S, issiq 
iqlim sharoitda - 23 dan 25° gacha tavsiya qilinadi. 
Uy-joylarda odam organizmida issiqlik normal boshqarilishi uchun bu 
joydagi havo harorati bilan devor harorati o’rtasidagi farq gorizontal’ 
bo’yicha 2°S dan kam bo’lmasligi kerak. Bunday haroratni kiyinib o’tirgan 


366
odam sezmasligi mumkin. 
Mabodo, devor harorati pastroq bo’lsa kishi organizmi nurla-nish yo’li 
bilan issiqlikni tashqi havoga byeradi, natijada orga-nizmda issiqlik 
almashinishi izdan chiqadi. Ayniqsa, uy-joydagi issiqlikni poldan 1,5 metr 
balandlikdagi farqi kishi organizmiga salbiy ta’sir qiladi. Bunga sabab pol 
tez soviydi, bu esa polda yurgan odamni ayniqsa bolalarni shamollashiga 
sabab bo’ladi. 
Jumladan, poldan 1-2 m yuqoriroqdagi farq 4°S bo’lsa oyoq haroratini 
7-10°S ga tushirib yuborar ekan. SHuning uchun ham pol bilan 1,5-2 metr 
balandlikdagi haroratlar farqi 2-3°S dan oshmasligi kerak. Bunday sharoitni 
tug’dirish uchun uy polini issiqroq tutish tavsiya etiladi. 
Umuman, uy-joylarda mikroiqlim omillari normasini ishlab chiqishda 
asosiy ko’rsatkichlar bo’lib, bu ko’rsatkichlarga tana harorati, tananing turli 
joylaridagi haroratning topografiyasi, oyoq-qo’l harorati bilan tana 
haroratining bug’lanish oqibatida tyer orqali namlik yo’qotish va issiqlikni 
sezish kiradi. Keyingi vaqtlarda bularga qo’shimcha ko’rsatkich bo’lib 
tanadan tashqariga issiqlikni nurlanish va konvekciya orqali ajratish, 
markaziy va vegetativ nyerv sistemasining holatini baholash, tana 
issiqligini boshqarishning o’zgaruvchanligi, kuch-quvvatni sarflash, issiqlik 
kamligi va boshqalar hisoblanadi. Mikroiqlim omillaridan muhimi uy-
joydagi havoning harakatidir. 
Havo harakati inson organizmiga har xil ta’sir ko’rsatishi mumkin, 
ya’ni fizik va fiziologik ta’sir. Mayin havo harakati sezgi a’zolari orqali 
kishi organizmiga yoqimli ta’sir ko’rsatadi. Havo harakati nulga teng 
bo’lsa organizmdan issiqlik ajralishi qiyinlashib, inson o’zini noxush 
sezadi. Aksincha, tez harakatlanuvchi havo, ayniqsa sovuq sharoitda tyeri 
orqali issiqlik ajralishini kuchaytiradi, bunda bug’lanish konvekciya yo’li 
bilan organizmning sovqotishiga sabab bo’ladi. 
Uy-joy sharoitida havo harakati uchun gigienik norma havo haroratiga 


367
qarab 0,1-0,25 metr/sek belgilangan. 
SHunday havo tezligida inson o’zini yaxshi his qiladi. Kishi 
organizmida issiqlik almashinishi normal borishiga havo namliga ham katta 
ta’sir ko’rsatadi. Havoning nisbiy namligi 30-60% atrofida bo’lganda kishi 
o’zini yaxshi his qiladi. Nisbiy namlikning ayniqsa qish oylarida ortishi 
organizmdan issiqlikning ko’proq ajralishga sabab bo’ladi. CHunki nam 
havo o’zidan issiqlikni yaxshi va tez o’tkazib, issiqlik hajmini o’ziga ko’p 
singdiradi. Natijada issiqlik tyeridan nurlanish va konvekciya orqali tez 
ajralib organizmning sovushiga va shamollashiga olib keladi. 
Uy-joylarda nisbiy namlikning odam organizmiga qulay normasi 30-
45% teng. Havo namligi 30% dan kam bo’lsa burun-tomoq shilliq 
qavatlari, nafas yo’llari qurib qoladi. Bundan tashqari xonalarga osilgan va 
polga solingan gilamlar yuzasida statik elektr zarrachalari hosil bo’ladi. Bu 
inson sog’ligi uchun befarq emas. 
Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan bir davrda uy-joy va jamoa binolarida 
mikroiqlimning inson organizmiga mos qilish, meteorologik omillarning 
gigienik normalarini ta’minlash quruvchilarga ham bog’liq. Ammo, keyingi 
yillarda pala-partish qurilayotgan uy-joylar va jamoa binolaridagi 
kamchiliklar inson sog’lig’iga katta putur etkazmoqda. 
Oqibatda uy-joylarning mikro iqlimi gigienik normalarga javob 
byermayapti. Uy-joy havo harorati temir-beton uylarda jazirama issiq 
kunlarda 30-35°S atrofida ko’tarilib, nisbiy namlik esa 20-30% atrofida 
bo’lmoqda. Tashqi havoning harorati 38-42°S ga etganda havo 
harakatining juda past yoki shtil’ (nul’) holatida bo’lishi, ayniqsa yosh 
bolalarga, qariyalarga, bemorlarga yomon ta’sir qiladi. Demak, uy-joy 
qurilishida gigienik talabga javob byeradigan qurilish matyeriallarini 
ishlatish maqsadga muvofiqdir. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling