368
ko’chadagi shovqin-suron eshitilib turadi. Hozirgi qurilayotgan uy-
joylarning asosiy kamchiliklaridan biri tovush signallarini o’tkazishi, uy-
joylarda shovqin, hatto tebranishlarning paydo bo’lishidir. Uy-joylardagi
shovqin-suronning man’balari juda ko’p, qizig’i
shundaki, uy devorlari
orqali har qanday shovqin baland tovush bilan o’tadi va u odamga
noqulaylik tug’diradi.
SHovqin turlarini gigienachilar ikki turga bo’lib o’rganadilar.
Birinchisi havo orqali tarqaladigan shovqin. Bu ko’cha shovqini, baland
ovozda gapirish, radio orqali so’zlaganda hosil bo’ladigan shovqinlar.
Ikkinchisi urilganda hosil bo’ladigan shovqin - ikki predmetning
bir-biriga
ulashda yoki uni devorlarga, polga urilishi va boshqa
urilishlar sababli hosil
bo’ladigan shovqinlar. Jumladan baland poshnali tuflida yurish yoki
lift
harakati oqibatida
chiqadigan shovqin, motor va boshqa narsalar shovqini (temir-beton uylar
devorini yaxshi o’tkazuvchanligi oqibatida) uy-joy xonalariga yaxshi
eshitiladi va odamlar tinchligini buzadi.
Xona devorlariga urilgan shovqin ancha o’zgarishlarga uchrashi
mumkin. Jumladan, ularning bir
qismi devorlarga urilib orqaga, shovqin
chiqqan joyga qaytadi, bir qismi devorlarga shimiladi va tirqishlardan
qo’shni xonalarga tarqaydi.
Demak, uy-joylardagi shovqin-suronning oldini olish uchun, bu
shovqin-suronga sabab bo’ladigan manba’larni yo’qotish kerak, ya’ni
qurilish matyeriallarining tovush o’tkazish xususiyatlarini kamaytirish,
oyna va eshik tirqishlarini zichlash kerak bo’ladi.
Quyidagi jadvalda (A. N. Marzeev, V. M. Jabotinskiy) qurilish
matyeriallarining tovush o’tkazuvchanlik xususiyati keltirilgan:
52-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: