1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


YORITISHNING FIZIOLOGIK VA GIGIENIK AHAMIYATI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

 
YORITISHNING FIZIOLOGIK VA GIGIENIK AHAMIYATI 
Ko’zning ko’rish apparati anchagina murakkab tuzilgan bo’lib, unda 
juda chuqur fiziologik jarayonlar kechadi. Ko’zni qitiqlovchi tashqi omillar 
uning ko’rish qobiliyatini anchagina pasaytirishi mumkin. Ko’zning ko’rish 
qobiliyatini pasayishi oqibatida ko’rish bilan bog’liq bo’lgan ishlarda 
xatoliklarga yo’l qo’yish mumkin. Bunday noxush holat ro’y byermasligi 
uchun ko’zning ish funkciyasini tekshirib turish kerak, shundagina ko’z 
ko’rish analizatorining holatini bilish mumkin. 
Ko’zning fiziologik funkciyalari quyidagilardan iborat: ranglarni 
ajrata bilish, ko’rishga moslashish, ko’rish o’tkirligi, ko’rish yordamida 
narsalarni ajrata bilish. 


383
Ko’rish analizatorining bir-biridan aytarli farq qilmaydigan yorug’lik 
ranglarni ko’rishi uning bo’sag’a sezgirligidir, Lekin, narsalar va umuman 
yorug’lik foni o’rtasidaga farq qanchalik katta bo’lsa, buni ajrata bilish 
ko’z uchun shunchalik engil bo’ladi. Ko’rish maydonidagi yorug’lik 
qanchalik ko’p bo’lsa, ob’yektlarni ko’rish oson bo’ladi. Ammo, yorug’lik 
shu’lasi 350 dan 5000-6000 NT bo’lsa ko’z analizatorining ob’yektlarni 
ko’rish qobiliyati pasayadi. 
Ko’rishga moslanish - ko’zning ko’rish analizatorining ko’rish 
maydonining yorug’ligiga ko’nikishidir. Ko’z qorong’ilikni ham, 
yorug’likni ham ko’rishga moslanishi mumkin. YOrug’likdan 
qorong’ilikka o’tganda ko’zni moslanishi sekinlik bilan boradi. Bunda 
ko’zning yorug’likka yoki qorong’ilikka nisbatan sezgirlik darajasi sekin-
asta ortib boradi yoki pasayib boradi. 
Uy-joy va jamoa binolarining kungayligi. Qadimdan quyosh nuri 
inson uchun kerakli bo’lgan omillardan hisoblangan. Quyosh nuri inson 
organizmiga ijobiy ta’sir qiladi. Mikroblarning qirilishiga, atrof muhitdagi 
baktyeriyalarning yo’qolishiga yordam byeradi. Quyosh nuri faqatgina bino 
tashqarisiga ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki uy ichiga ham biologik 
jihatdan faol ta’sir qiladi. YAna shuni aytish kerakki, quyosh nuri etarli 
miqdorda tushgandagina yaxshi natija byeradi. 
Uy-joy va jamoa binolarining kungay qilib qurishning gigienik nuqtai 
nazardan sanitariya normalari belgilanadi. Quyosh nurining baktyericid 
xususiyatini oshirish uchun uylarga quyosh nurini uzoqroq tushishi tavsiya 
qilinadi. 
Quyosh nurining odam organizmiga ijobiy ta’sir qilishini hisobga olib, 
uy-joylar qurilishini loyihalashda ularning kungay bo’lishini hisobga olish 
kerak.
Uy-joy binolari uchun joy tanlash. Uy-joy qurilishida joy tanlashning 
gigienik ahamiyati juda katta. Buning uchun kungay, quruq, suv 


384
havzalariga yaqin joylarni tanlash ayni muddao. Joy tanlashda sanitariya 
vrachlarining qatnashishi talab qilinadi. Uy-joy binolarining loyihasini 
ko’rganda sanitariya vrachlari quyidagilarga ahamiyat berishlari kerak. 
1. Uy-joy binolarini quyosh tushib turadigan va shamol harakati 
yaxshi joylarga qurish maqsadga muvofiqdir. 
2. Uy-joy qurilishi uchun tanlangan joy ma’lum darajada qiyaroq, 
yer osti suvlari kamida 1,5 m chuqurroqda, tuprog’i toza va yog’ingarchilik 
bo’lganda halqob suv yig’ilib qolmaydigan bo’lishi kerak. 
Uy-joylarning atrofini obodonlashtirish ham ko’zda tutiladi. 
Uy-joylarning xillari. Uy-joy qurilishi loyihasida uy-joylarning turli 
xillari bo’lishi mumkin. Jumladan 
1) bir qavatli, bir yoki ikki xonadonli uylar: 
2) ikki qavatli, bir yoki ikki xonadon uchun uylar; 
3) bir-ikki qavatli ko’pxonadonli uylar; 
4) ko’p qavatli (3-5) va ko’p xonadonli uylar; 
5) yuqori qavatli (10 va undan ortiq) ko’p xonadonli uylar; 
6) ishchilar va o’quvchilar uchun umumiy va ayrim xonali 
yotoqxonalar. 
Odatda bir yoki ikki xonadonli bir qavatli uylar ishchilar shaharchasi, 
kolxoz va sovxozlarda quriladi. Keyingi vaqtlarda ko’plab shaxsiy uy-
joylar qurilmoqda. Bunday uy-joylarning tomorqasi bo’lib, unda turli 
ekinlar ekiladi. 
SHahar sharoitida aholi talablarini hisobga olib uy-joylar qurish uchun 
300-600 m
2
yer maydoni ajratiladi. Bunda yer maydoniga ega bo’lgan aholi 
qattiq chiqindilarni, suyuq chiqindi suvlarni va najasni, mollarning go’ngini 
tezroq zararsiz holatga keltirishi mumkin. Axlatlarni kompost qilib 
keyinchalik o’g’it sifatida ishlatish mumkin. 
Bir va ikki xonadonga mo’ljallangan ikki qavatli imoratlar bilan 


385
bog’lanadi. 
Bunday uylarning birinchi qavatida mehmonxona, oshxona, 
xojatxona, vanna joylashadi. Ikkinchi qavatida esa yotoqxona 
joylashtiriladi. Gigienik tomondan bunday kottedjlarda hovlining bo’lishi 
katta ahamiyatga ega. 
SHuning uchun ham kottedj tipidagi loyihalarni shahardan tashqarida
ishchi shaharchalarida, kolxoz va sovxoz xududlarida qurish tavsiya etiladi. 
Ko’p xonadonli kam qavatli uy-joylar - 2-8 xonadonga mo’ljallangan 
imoratlar bo’lib ko’pincha qishloq va kichik shaharlar sharoitida quriladi. 
Xonadonlarga ajratilgan yer maydonlari ularning o’zlarining ixtiyorida 
bo’lib, goho ko’pchilik xonadonlar bu yerlardrn umumiy foydalanadilar. 
Bunday xonadonlarni vodoprovod tarmoqlari bilan ta’minlash ancha 
qulaydir, hattoki mahalliy kichik kanalizaciya tarmoqlarini, tozalash 
inshootlarini ham qurish mumkin (masalan, septik). 
Ko’p xonadonli va ko’p qavatli uy-joylar. Bunday uy-joylar 
shahrimizning barcha nohiyalarida qurilgan. Misol uchun CHilonzor 
nohiyasida, Qora qamish mavzesida, YUnusobod nohiyasida va boshqa 
nohiyalarda. Bunday kvartal va nohiyalarda odamlarning xordiq chiqarishi 
va dam olishi uchun katta yer maydonlari obodonlashtirilgan. 
Bunday uy-joylarni gigienik nuqtai nazardan ozoda saqlash uchun 
quyidagi sanitariya talablari qo’yiladi: 
1. Uch qavatli uylar markaziy vodoprovod, kanalizaciya va isitish 
sistemalari bilan ta’minlanishi kerak. 
2. To’rt qavatli uylar ayniqsa issiq iqlimli geografik mintaqalarda 
yuqoridagidan tashqari lift, axlat tashlash tarnov trubalari bilan 
ta’minlanishi kerak. 
3. Besh va undan ortiq qavatli uylarning hammasi lift bilai 


386
ta’minlanishi kerak. SHuningdek ko’p qavatli uylarning barchasida 
gigienik jihatdan balkonlar bo’lishi talab qilinadi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling