1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


UY-JOY QAVATLARINING GIGIENIK AHAMIYATI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

UY-JOY QAVATLARINING GIGIENIK AHAMIYATI 
Darhaqiqat, uy-joylarning ko’p qavatli bo’lishining odamlar uchun 
gigienik tomondan ahamiyati juda katta. Negaki uy zinalaridan, ayniqsa 
yuk bilan ko’tarilish organizmda turli fiziologik o’zgarishdarga sabab 
bo’ladi. Ayniqsa yurak-qon tomir sistemasining ishi, o’pkaning nafas olish 
xususiyati anchagina o’zgaradi. O’zbekiston sharoitida olib borilgan 
kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, uchinchi qavatdan boshlab yurak urishi, 
nafas olish tezlasha boshlaydi, to’rtinchi beshinchi qavatlarga ko’tarilishda 
yurak 19-33 marta ko’proq uradi, nafas olish 53-55 taga oshadi, artyeriya 
qon bosimi 5,5-27 taga ko’tariladi. 
Ammo, yurak-qon tomir sistemasidagi o’zgarishlar, nafas olishning 
ko’payishi, kishining yoshiga, sog’lig’iga, ko’tarayotgan yukining 
og’irligiga bog’liqdir. Jumladan, 50 yoshli sog’lom kishilar uchinchi 
qavatgacha bemalol ko’tariladilar, ammo 4-5 qavatga ko’tarilish ancha 
qiyinlashadi, oqibatda yurak urishi, nafas olishning normal fiziologak 
holatga qaytishi 10-30 minutda kuzatiladi. Semiz va yoshi ulug’ odamlar 
uchinchi qavatga ko’tarilish bilanoq o’zlarini yomon seza boshlaydilar. 
Demak, gigienik va fiziologik nuqtai nazardan 4-5 qavatli uylarga iloji 
boricha lift o’rnatish katta ahamiyatta ega. 
XI B O B. 
 
HAMMOMLAR, KIRXONALAR VA CHO’MILISH 
HOVUZLARINING GIGIENASI 
 
Bu ob’yektlar gigienik va epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga 
ega bo’lgan maishiy xizmat muassasalaridir. 
Bular qatoriga keyingi yillarda yana bir qator boshqa muassa-salar 


387
ham qo’shildi. Jumladan, katta-katta sartaroshxonalar, kiyim-kechak va uy-
ro’zg’or buyumlarini kimyoviy vositalar bilan tozalash korxonalari va 
boshqalar. Bu ob’yektlar bir tomondan, aholining salomatligani
ta’minlashga yordam byersa, ikkinchi tomondan, bundan hosil bo’lgan
chiqindilar tashqi muhit ob’yektlarining sanitariya holatini
buzadi. Demak, bunday ob’yektlarni 
loyihalashda, aholi turar joylariga yaqin joylarga qurishda sanitariya 
normalari va qoidalariga rioya qilish kerak. 
Hammomlarning gigienik va epidemiologik ahamiyati. Hammomlar 
qurilishining aholi orasida tozalik va sog’liqni saqlashda ahamiyati juda 
katta. Ma’lumki, kishi tanasi, ya’ni tyerisi turli omillardan ifloslanadi. 
Natijada ifloslangan tyeri o’zining fiziologik funkciyasini yaxshi bajara 
olmaydi. 
Odam tyerisi uni tashqi ta’sirdan, ya’ni issiq va sovuqdan, ja-
rohatlanishidan, organizmga infekciyalar tushishidan asraydi, Tyerining 
epidyermis qavatidagi hujayralar o’lishi oqibatida hamda tyerlash va tyeri 
ustiga chang o’tirishi, mikroblar yopishishi oqibatida tana kirlanadi, tyeri 
osti yog’ bezlarining yog’ ajratishi, uning kirlanishi tyerining turli yiringli 
kasalliklariga sabab bo’ladi. SHuning uchun tyerini tez-tez sovunlab, bulut 
(mochalka) bilan yuvib turish kerak. Bu o’z navbatida tyerining fiziologik 
funkciyasini normal bajarishiga imkon byeradi. 
Qadimdan hammomda tez-tez yuvinish ko’pgina tyerapevtik 
kasalliklarni, ya’ni revmatizm, radikulit, miozit, nevroz va boshqa 
kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega bo’lgan. 
Hammomga tushib turish, badanni toza tutishlik aholining madaniy 
saviyasidan dalolat byeradi. Ko’rib turibmizki, hammom gigienik, 


388
epidemiologik, davolash va umumiy madaniyatni ko’tarish ahamiyatiga 
ega. 
Hammomning insonga yaxshi ta’sir qilishi uchun hammom ichidagi 
namlik, harorat normada bo’lishi kerak. 
Hammom yuvinish uchun qurilgan maxsus bino. Hammomlar 
Yevropa, SHarq mamlakatlarining me’morchilik uslubida quriladi. 
Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, X--XII asrlarda O’rta 
Osiyo (Buxoro, Jambul, Niso va boshqa shaharlar) da, issiqlikni saqlash 
maqsadida hammomlar yerni chuqur qazilib yarim yerto’la tarzida 
qurilgani aniqlandi. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatdiki, Buxoroda 
XVI asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon hammomlari shu davrgacha 
saqlanib qolgan. Bu hammomlar me’morchilik jihatdan bir-biriga o’xshash 
bo’lib, hammomlarning echinadigan, dam oladigan katta yog’och ustunli 
ulkan zali bo’lib, zinapoyalar yordamida pastga tushilib, hammomning 
asosiy xonalariga kirilgan. O’rtada usti gumbaz qilib yopilgan katta zal 
(massaj - uqalash uchun), atrofida esa yuviniladigan xonalar joylashgan, 
ularning tomi ham gumbaz shaklida qurilgan. G’isht yoki tosh tyerib 
ishlangan hovuzchalarda (bavslar) issiq suv bo’lgan, xonalar tagi issiq havo 
bilan isitilgan. Ammo, har bir xonaning harorati har xil bo’lib, har bir kishi 
o’zining sog’lig’iga to’g’ri keladigan xonalarga kirgan. 
Turkiyada XV-XVI asrlarda qurilgan hammomlar shu davrgacha 
saqlanib qolgan, Jumladan, Boyazid hammomi (1501 y.) me’mor Xoja 
Sinon loyihasi bilan qurilgan bo’lib, bu hammom o’zining syerhashamligi 
bilan kishi diqqatini tortgan. 
Ma’lum bo’lishicha, qadimgi Rimda shaxsiy gigienaga qattiq rioya 
qilishgan. SHaxsiy gigienaning eng asosiy elementlaridan biri tanani toza 
tutish. Bunga rioya qiliga uchun Rimliklar qayerda yashamasin, hammom 
yoki tyermalar qurishgan (issiq xonalar). Vaqtlar o’tib hammomlar ham 


389
takomillashib bordi. 
Keyinchalik hammomlar Greciyada, Rimda, Turkiyada, O’rta Osiyo, 
va SHarq mamlakatlarida, Rossiyada ko’plab qurila boshladi. 
Hammom (banya) so’zi lotincha so’z bo’lib (bal’neum), ya’ni 
kasallikni quvish degan mazmunni bildiradi. Hammomning foydasi 
to’g’risida Gyerodot, Arastu, Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sino va 
boshqa tibbiyot namoyandalari o’z fikrlarini bildirganlar. 
Hammomlar bir necha turlarga bo’linadi. Keyingi yillarda quruq 
havoli saunalar Boltiq bo’yi respublikalarida, Rossiyada, keyinchalik O’rta 
Osiyo respublikalarida ham qurila boshlandi. Hammomlar asosan uch turli 
bo’lib turk, Rim, rus hammomlaridir. Rim hammomlarida issiqxonalarda 
quruq issiq havo, rus hammomlarida issiq havo bug’li bo’lsa, turk 
hammomida namli issiq havo bo’ladi. 
SHahar va nohiyalarda hammomlar keyingi yillarda zamonaviy loyiha 
asosida 50-300 kishiga mo’ljallab qurilmoqda. 
Zamonaviy hammomlarda bir necha xonalar bo’ladi. Bular hovuz, 
dezinfekciya kamyeralari, fiziotyerpiya tadbirlari o’tkazish xonasi, vanna, 
dush va boshqalardan iborat. 
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, yuvinish jarayonida kishi 
organizmida talay o’zgarishlar yuzaga keladi. YA’ni tana harorati 
ko’tariladi, nafas olish va yurak urishi tezlashib ma’lum bir vaqt o’tgach 
o’z holiga qaytadi. Kishining nafas olishi - 15-20 minutdan so’ng, tana 
harorati va yurak urishi 30 minutdan keyin normallashadi. CHo’miladigan 
xonalarning harorati 27-33°S, namligi- 74-79% bo’lganda, echinish va 
kiyinish xonalarining harorati esa 23-25°S va nisbiy namligi - 40-60% 
bo’lganda kishi o’zini yaxshi sezadi. Echinish xonasidagi harorat bilan 
hammomlarga kirish yo’lagidagi harorat o’rtasidagi farq 7
0
S dan 
oshmasligi kerak. 
Respublikamizning Toshkent, Andijon, Buxoro, Farg’ona va boshqa 
viloyatlarida qurilayotgan hammomlar XV-XVI asrlarda qurilgan 


390
hammomlar asosida qurilmoqda. Ular uch-to’rt xonadan iborat bo’lib, 
echinish va kiyinish xonasi, umumiy katta xona, bir necha yuvinadigan 
mayda xonalar va kutib turish xonasidir. Tomlari gumbaz qilib yopilib, 
hammom poli ostidan issiq havo bilan isitiladi. 
Bug’ xonali hammomlarda odamlar ataylab tyerlab ko’pgina 
kasalliklardan forig’ bo’ladilar. Umuman olganda hammomning odam 
organizmiga ta’siri ijobiy bo’lib, organizmda moddalar almashinuvini 
yaxshilaydi. Bunda issiqdan kengaygan mayda qil tomirlar ichki 
organlardan qonni o’ziga oladi va bu bilan dimlanish holatlari bartaraf
bo’ladi. Kishi cho’milish jarayonida, bir tomon- 
dan, badan kirini ketkazsa, ikkinchi tomondan, turli yo’llar bilan qon 
tomirlarni bir kengaytirib (issiq suv bilan yuvinganda), bir toraytirib (sovuq 
suv bilan) qon tomirlarni massaj qilib sklyeroz kasalining oldini oladi. 
Ibn Sinoning fikricha, hammomga qorinni to’ydirib tushiga zarardir, 
To’q qorindagi ovqatlar issiqdan achib qorinda, ichaklarda gaz yig’ilib 
qolishi va bu yig’ilgan gazlar qorinni shishirib, ichaklarning buralib 
qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Demak, qorinni haddan tashqari to’ydirib 
hammomga tushish zararlidir. 
SHuni ham aytish zarurki, hammomning bug’xonasida uzoq vaqt 
qolib ketish ham organizm uchun zararlidir. Bug’xonada uzog’i bilan 5-7 
minut o’tirish tavsiya qilinadi. Bundan ko’proq vaqt o’tirish organizmga 
salbiy ta’sir qilib bosh aylanishi, organizmning bo’shashishi, hansirash 
alomatlari kuzatiladi. Bug’xonadan qeyin sovuqroq xonaga o’tish tavsiya 
qilinadi, bunda 15 minutdan so’ng odam o’zini yaxshi his qilishi mumkin, 
dush tagida 3-4 minut turish etarli bo’ladi. Rossiya, Boltiqbo’yi 
respublikalarida qish kunlari odamlar bug’xonadan to’g’ri hovliga chiqib 
badanlarini qor bilan ishqaydilar. Bu albatta sog’lom organizm uchun 
tavsiya qilinadi. Aks holda kishi shamollab kasallanishi mumkin. Odam 


391
hammomga tushganda albatta sog’ligini va yoshini hisobga olib shp tutishi 
kerak. Isitmalab turgan, sil, yurak kasalliklari bilan og’rigan va og’ir oyoq 
ayollar bug’xonali hammomlarga tushishi qat’iyan man qilinadi. 
Hammomning shifobaxsh xususiyatlarini Ismoil Jurjoniy shunday 
ifodalaydi: «Hammom hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, tyeri 
teshiklarini kirdan ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi». Odatda har 
qanday suvda cho’milish mumkin, jumladan oddiy suvda, dengaz suvida va 
minyeral suvlarda dori-darmonlar qo’shib ham yuvinish mumkin. 
Hammomga tez-tez tushib turish kishini ozdiradi. Ammo, hammomni issiq 
xonasida uzoq vaqt qolib ketish bosh aylanishiga va hushdan ketishga olib 
boradi. Hammomdan so’ng birdaniga, ayniqsa havo harorati past bo’lganda 
sovuq suv ichish yaramaydi. Hammomga tyerining yiringli kasalligi va 
tanosil kasalliklari bilan og’rigan kishilarni qo’yilmaydi. 
Ruslarning 1770 yili chop etilgan kitobida «hammom ikkinchi ona» 
deb tasvirlaydilar. Bu
,
bejiz aytilmagan. CHunki, hammomdan cho’milib 
chiqqan inson xuddi onadan yangi tug’ilgandek bo’lib qoladi. Uning kishi 
sog’lig’ini saqlashdagi ahamiyati cheksiz. 
Hammomlar ochiq maydonlarga qurilishi va maydoni 0,2 gektardan 
kam bo’lmasligi kerak. Hammomlar aholi turar joylariga yaqinroq yerlarga 
quriladi. Ammo, hammomni tashqi muhitga oz bo’lsada ta’sirini hisobga 
olib, aholi yashaydigan joylardan 25-40 metr uzoqlikka joylash kerak. 
_________ 
*Qon tomir devorlarining qalinlashishi. 
Keyingi vaqtlarda shaharlarda, posyolka va qishloqlarda qurilayotgan 
hammomlar har bir kishi yil davomida 52 marotaba hammomga tushishini 
hisobga olingan holda qurilmoqda. Hammomda har bir kishi uzog’i bilan 
o’rtacha 1 soat yuvinishi kerak. Hammomning ish kuni yiliga 300 kunga, 
uning bir sutkada ishlash soati esa 14-16 soatga to’g’ri keladi. Odatda 


392
hammomda kishilarga ajratiladigan joy o’sha xududda istiqomat qiluvchi 
aholi sonining 1 yoki unga yaqin foizini tashkil qiladi. Hammomlar 
qurilishi loyihalanganda bu qurilish yaqinidagi uy-joylarda vanna va 
dushlarning bo’lishi ham hisobga olinadi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling