1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Kirxonalar gigienasi. Kirxonalar epidemiyaga qarshi kurashish
uchun zarur bo’lgan eng ahamiyatli ob’yektlardan hisoblanadi. Kir kiyimlarning o’z vaqtida yuvilishi kishi sog’ligiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini oladi va aholining sanitariya madaniyatini yuqori ko’taradi. Kiyim-kechaklar badandagi kir va o’lgan hujayralarni, tyeridan ajralgan yog’, tyerlarni o’ziga shimib kirlanadi, ayniqsa ichki kiyimlar tez kirlanadi. Kiyim-kechaklarni uzoq vaqt echmay kiyib yurish oqibatida kiyimlarning kirlanishi uning og’irligini 5-10% ga oshirishi mumkin. Ichki kiyimlar kirlanganda ularning nam tortishi, havo almashuvi va boshqa xususiyatlari o’zgarib badan tyerisiga yopishib uning normal funkciyasini o’zgartiradi. Tyeri bilan kiyim oralig’idagi bo’shliq havosi o’zgaradi, hidlanadi, mikroblar bilan zararlanadi. Oqibatda qo’ltiq ostida, chov oraliqlarida va badanning turli yerlarida yiringli yallig’lanishlar paydo bo’lishish sabab bo’ladi. Demak, ichki kiyimlarni tez-tez almashtirish, 397 ularni tozalab yuvish, dazmollash maqsadga muvofiqdir. Ifloslangan kiyim-kechaklarda juda ko’p mikroorganizmlar, ayniqsa yosh bolalarning ichki kiyimlarida gijja tuxumlari ko’p bo’lishi mumkin. Zararli mikroorganizmlarning tarqalishi uchun kir kiyimlarda qulay sharoit tug’iladi, Ayollarning mehnatini engillashtirish va qo’l kuchidan foydalanishni kamaytirish uchun kirxonalarda qo’l mehnati mexani-zaciyalashtirilgan, ayniqsa jamoat kir yuvish kirxonalarida mehnat anchagina engillashtirilgan. Hozir ko’plab kirxonalar qurilmoqda. Ichki kiyimlarni almashtirish vaqti kattalar uchun uzog’i bilan bir hafta, bolalar uchun 3-4 kunga teng. Ayniqsa, oq matodan tikilgan ichki kiyimlar, ko’ylaklar, dastro’mollar, sochiq, paypoq va boshqalar tez-tez yuvilib, almashtirilib turilishi kerak. O’rtacha har bir kishi uchun oy davomida yig’iladigan kir kiyimlar 10 kg ni tashkil qiladi. Endi sartaroshxonalardan, ishxonalardan, bolalar bog’chalaridan tushadigan kir choyshab, sochiq, dasturxon va boshqalar 1 oyga jon boshiga 2 kg ni tashkil qiladi. SHunday qilib, yuvish uchun jon boshiga bir oyda 12 kg kir tushadi. Ayrim muassasalar uchun bir oyda tushadigan kir miqdori har bir o’rin uchun quyidagicha: Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling