1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


ishlatiladigan suvning qattiqligi 20 kg (ekv) litrdan oshmasligi kerak.  Kirxonalarni loyihalash


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

400
ishlatiladigan suvning qattiqligi 20 kg (ekv) litrdan oshmasligi kerak. 
Kirxonalarni loyihalash. Kirxonalarni loyihalashda kir va toza 
narsalarni alohida-alohida xonalarda saqlanishini ham ko’zda tutish kerak. 
SHuningdek ho’l kirlar bilan quruq kirlar ham alohida-alohida xonalarda 
saqlanadi. 
SHu talablarga ko’ra loyihada ishlab chiqarish xonalarini quyidagi 
bo’limlarga bo’lish ko’zda tutiladi. 
1. Iflos kirlarni kirxonaga berish uchun kirish xonasi. 
2. Kutish xonasi. 
3. Qabul qilish xonasi. 
Aholining shaxsiy kiyim-kechaklari va jamoa muassasalari tomonidan 
topshiriladigan kirlar alohida topshiriladi. Dezinfekciya qilinishi kerak 
bo’lgan kiyim-kechaklar alohida kirish xonasi orqali topshiriladi. 
4. Kir buyumlarni xillarga bo’lish, ularni belgilash xonasi. 
5. Kirlarni yuvish xonasi - bu kirxonaning asosiy cexi bo’lib, unda 
yuvish mashinalari va centrifugalar o’rnatilgan bo’ladi. 
6. Quritish shkaflari joylashgan xona. 
7. Dazmollash xonasi. 
8. YUvilgan narsalarni xillarga ajratish xonasi. 
9. Toza kirlar saqlanadigan xona. 
10.Toza kirlarni egalariga tarqatish xonasi. 
Kirxonalarning xonalari yorug’ bo’lishi kerak. Bunda yorug’lik 
koefficienti 1 : 6-1 : 10, yuvish va dazmollash xonalarida 1:6, tabiiy 
yorug’lik koefficienti esa 0,5-1,0 bo’lishi kerak. 
YUvish va boshqa cexlarning balandligi 3,75-4 metr, quritish xo-
nalarining balandligi esa 3,5 metr bo’lishi kerak. Xonalarning devorlari 
kafellar bilan qoplangan bo’lishi maqsadga muvofiq. Pollari tekis, 
mustahkam, suv yig’ilib qolmaydigan bo’lishi talab qilinadi. Kirxonalarga 
nisbatan gigienik talab yuqori bo’lishi kerak. 


401
Kirxonalarning sanitariya-texnika asbob-anjomlari, ularni isitish
Kichik kirxonalar pechkalar yordamida ya’ni o’sha joyni isitish sistemasi 
yordamida isitiladi. Katta kirxonalar esa markazlashgan isitish sistemasi 
yordamida isitiladi. 
Kir yuvish va dazmollash xonalarining issiqlik darajasi - 22°S, qolgan 
xonalarniki esa - 18°S bo’lishi kerak. Nisbiy namlik kir yuvish xonasida 
75-80 %, quritish - dazmollash xonasida 65- 70% bo’lishi tavsiya qilinadi. 
Kirxonalarni shamollatish, ayniqsa namligi yuqori bo’lgan xonalarni 
shamollatib turish katta ahamiyatga ega. 
SHamollatishdan asosiy maqsad xonalardagi quyuq tumanni 
yo’qotish, namlik va issiqlikni normallashtirish. 
Tuman va namlikka qarshi choralardan biri yuvish, dazmollash va 
quritish xonalariga toza havo kiritib, iflos havoni chiqarib tashlash 
imkonini byeradigan shamollatish uskunalarini o’rnatishdir. 
Bunda tashqi havo darajasi pastroq bo’lsa, havoni isitib berish 
mo’ljallanadi. 
Xonalarda havo almashinish miqdori quyidagicha bo’ladi: 
54-j a d v a l 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling