1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Kirxonalarda havo almashinishi
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHO’MILISH BASSEYNLARI (HOVUZLARI)
Kirxonalarda havo almashinishi
Xonalar Havoning kirishi Havoni chiqarish Kirlarii qabul qilish xonasi +3 -4,5 Kirlarni xillarga ajratish xonasi +3,5 -4,5 Kirlarni yuvish bo’limi +6 -7 Kirlarni quritish va dazmollash xonasi +4 -5 Kirxonalarning tashqi muhit ob’yektlarini ifloslantirishini hisobga olib, ularni ombor va kommunal xo’jalik ob’yektlari chegarasida joylashtirish ma’quldir. Bir sutkada 1000 kg kirni yuvadigan kirxonalarga 0,5 gektar maydon ajratilsa etarli bo’ladi. Kirxonalarning qo’shimcha yordamchi binolari ham bo’ladi. Bu 402 binolarda mexanika-remont xonalari, laboratoriya, asbobt-uskuna saqlanadigan xona, dispetchyer xonasi, dam olish xonasi, xizmatchilar uchun xona, dush va boshqalar joylashgan bo’ladi. Bu ob’yektlar loyihasi tuzilayotganda sanitariya vrachlarining ham fikrini inobatga olish kerak. Sanitariya vrachlari bu ob’yektlar loyihasini atroflicha o’rganib, unda sanitariya normalarini buzilmaganligiga, sanitariya-texnika asbob-uskunalarining kamu ko’stsiz to’g’ri o’rnatilganligiga, yorug’lik bilan etarli ta’minlanganligiga va chiqindi suvlarni o’z vaqtida olib chiqib ketish ko’zda tutilganligiga yozma xulosalarini berishlari kerak. SHuningdek, qurilish jarayonida loyihadan chetga chiqmaslikni va bitgan ob’yektlarni qabul qilganda kanalizaciya, vodoprovod, elektr tarmoqlarini sinchkovlik bilan tekshirishlari kerak. Bu ob’yektlarni toza tutishni, o’z vaqtida shamollatib turishni, toza suv bilan ta’minlanishini va dezinfekciya eritmalari bilan ishlashlarini nazorat qilish sanitariya vrachlarining kundalik vazifasiga kiradi. CHO’MILISH BASSEYNLARI (HOVUZLARI) CHo’milish hovuzlari usti yopiq, ya’ni qishda isitiladigan yoki ochiq ko’rinishda bo’lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi cho’milish basseyni ochiq yerga qurilgan. Bunday basseynlarda aholi qishin-yozin cho’milishi mumkin. Qish faslida bu basseynlar suvi 20-25°S gacha isitiladi. CHo’milish basseynlarining inson sog’ligi uchun ahamiyati katta. Sog’lomlashtirish maqsadida quriladigan basseynlar sport-fizkul’tura o’yinlari o’tkaziladigan binolarda quriladi, shuningdek maktablar xududida, stadion yon bag’irlarida va hammomlarda quriladi. Basseynlar binoning o’rtasida qurilib, uning atrofida echinish uchun alohida-alohida xonalar quriladi. Basseynga tushishdan oldin albatta cho’miluvchi kishi dush qabul qilishi kerak. Buning uchun basseynlarda dushlar quriladi. 403 Basseynlarda cho’milishda quyidagi normalarga rioya qilish kerak: har 4,5-5 m 3 suvga 7 kishi, cho’milish maydoni har bir cho’miluvchiga 1,75 -2,5 m 2 , basseyn , chuqurligi 0,5 – 0,7 metrdan 2,25 metrgacha bo’lishi kerak. Basseynning chuqur bo’lmagan joyi bolalar uchun, chuqur joyi kattalarga mo’ljallanadi. YUqoridan sakraydigan sportchilar uchun basseynning chuqurligi 3,25-4,5 metr bo’lishi mumkin Basseynda uzog’i bilan 30 minut cho’milish tavsiya qilinadi. Sanitariya va epidemiologak nuqtai nazardan basseynning suvi toza bo’lishi kerak. SHuning uchun ham basseynlar vodoprovod suvlari bilan to’ldiriladi. Basseyndagi suv sifatini yaxshi saqlash uchun quyidagi gigienik talablar qo’yiladi. 1. Basseyndagi suvning hidi bo’lmasligi kerak, tiniq, harorati 20--25° dan oshiq bo’lmasligi kerak. 2. Suv namunalarining 10% i da 1 sm 3 suvda 1000 ta baktyeriyalar bo’lishi mumkin, ammo 1 sm 3 suvda ularning soni 5000 dan oshmasligi kerak. 3. Suvning koli-titri 10 sm 3 bo’lishi ruxsat etiladi. 4. Suvning tempyeraturasi 23-25 S S bo’lishi tavsiya qilinadi. CHo’milish basseynlaridaga suvni vaqti-vaqti bnlan almashtirib turish kerak. Agar basseyndagi suv qayta ishlatilmoqchi bo’lsa, u holda suvni tozalash inshootida koagulyaciyalanadi, tindiriladi, qum fil’tri orqali fil’trlanib, keyin xlor bilan zararsizlantiriladi. SHundan so’ng bu suv basseynga quyiladi. Basseyn suvidagi qoldiq xlor bir litr suvga 0,2-0,5 mg dan kam bo’lmasligi kerak. Vaqti-vaqti bilan basseyn suviga vodoprovod suvi qo’shib turiladi. Bulardan tashqari, basseyn tagiga cho’kkan cho’kma loyqalarni cho’kma tortgichlar bilan tozalanib turiladi. Basseynni obdon tozalash uchun uning suvn chiqarib tashlanib, keyin tozalanadi. Basseyn suvi laboratoriya yor-damida analiz qilinib, uning tiniqligi, rangi, qoldiq 404 xlori va mikroblar soni aniqlanib turiladi. Basseyn suvi tez ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi bajariladi. 1. Har bir cho’milish uchun kelgan kishi dush tagida sovun cho’milishi kerak. 2. Hojatxonadan chiqqandan so’ng qo’llarini sovunlar oyoqni chayqashi va oyoq tagini sovunlab yuvishi shart. 3. Basseynga tushmasdan oldin, kichik ariqchada oyoqni chayqab so’ngra unga tushiladi, shundagina basseyn tez buzilishiga, yo’l qo’yilmaydi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling