1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Sartaroshxonalar - hamma hammomlarda bo’lib, hammomga 
keluvchilarning 30% i uning xizmatidan foydalanishi mumkin. 
Sartaroshxona shunday joylashtirilishi kerakki, unga ham hammom 
dahlizidan, ham kutish xonasidan kirish mumkin bo’lsin. Sartaroshlarning 
har birini ish joyi 7 m
2
dan kam bo’lmasligi kerak. Asbob-uskunalarni 
yuvish va tozalash uchun, soch chiqindilarini yig’ish uchun ayrim kichik 
xona ajratiladi. 
Hammomlarda, ayrim holatlarda ona va bolalarning yuvinishi uchun 
alohida bo’limlar qurilishi tavsiya qilinadi. 
Hammom xonalarida o’tish yo’lining kengligi, o’tiradigan 
kursilarning katta-kichikligi ahamiyatlidir. Quyida ular to’g’risida dalillar 
keltiriladi. 
Hammom xonalari 
Kursilar (skameyka) kattaligi va 
o’tish yo’llarining kengligi 
Kiyinish xonalari 
Echinit xonalari 
YUvinish xonasi va bug’xona 
0,60 x 0,15 
0,90 x 0,5 
1,00 x 0,5 
O’tish yo’llari
o’tish yo’llari kengligi metrda 
Asosiy o’tish yo’llari 
O’tirgichlar katori oralig’i 
O’tirgichlar bilan devorlar oralig’i 
1,5 
1,2 
0,2 


395
Dushli hammomlar. Bular hammomlarda qator qilib quriladi. Dushli 
hammomlarning echinish xonalari, hammomlarning echinish xonalari bilan 
birga bo’lishi ham mumkin, lekin bunda o’rtadan engil to’siq bilan 
ajratiladi. Har bir kishi uchun alohida echinish xonasi bo’lishi shart. 
Hammomlarning sanitariya va texnika asbob-anjomlari.
Hammom aholining yuvinishi va sog’ligini tiklash uchun xizmat 
qiladigan binodir. Bu binoda odamlar uchun zarur sanitariya-texnika asbob-
uskunalari bo’lmog’i kerak. Hammom xonalari yorug’ bo’lib, yorug’lik 
koefficienti kamida 1 : 10 ga teng bo’lishi kerak. Xonalarda elektr 
yorug’ligadan foydalanilganda: kutish, echinish, yuvinish va dushli 
xonalarda yorug’lik kuchi 50 lk dan kam bo’lmasliga, sartaroshxonaniki 
esa - 100 lk bo’lishi kerak. 
Hammom markazlashtirilgan isitish qozonlaridan isitilsa, uning 
barcha xonalarida issiqlik bir me’yorda bo’ladi, ya’ni issiqlik darajasi 
echinish xonasida - 25°S, yuvinish xonalarida - 30°S

bug’lash xonasida - 
40°S bo’ladi. 
Hammom xonalari vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi kerak, bunda 
ifloslangai nam havo toza havo bilan almashinadi. Ko’pincha bug’xona va 
yuvinish xonalarida nisbiy namlik 95-100% ko’tarilib ketadi. SHuning 
uchun hammomda ish tugagach xonalarning hammasini yaxshilab 
shamollatish va xonalarni issiq suv bilan yuvish zarur. 
Hammom xonalarining balandligi 3-3,5 metrdan kam bo’lmasligi 
kerak. Har bir kishiga yuvinish uchun byeriladigan suvning miqdori 150 
litrdan kam bo’lmasligi, undan 90 litri sovuq suv, 60 litri 80°S qaynoq suv 
bo’lishi lozim. Qishloq sharoitidagi markaziy vodoprovodi bo’lmagan 
hammomlarda kishi boshiga sarflanadigan suv miqdori 100 litrni tashkil 
qiladi. 
Dushli, vannali hammomlarda suv miqdorining sarflanishi bir soatda 
bir kishi uchun - 600 litr, faqat dushxonada soatiga - 400 litr, vanna xonada 
bir vanna uchun - 550 litr sarflanadi. Suv toza bo’lishi va Davlat standarti 
(-28-74-82 y) talabiga javob berishi kerak. 


396
Ifloslangan chiqindi suvlarni hammomdan chiqarib tashlash katta 
gigienik ahamiyatga ega. CHunki chiqindi suvlar tarkibida organik 
moddalar va baktyeriyalar bo’lishi mumkin. Bunday suvlar tezda sasib, 
atrofga qo’lansa hid tarqatishi va havoni ifloslantirishi mumkin. Bunday 
chiqindi suvlarni to’g’ri kanalizaciyalarga oqizgan ma’qul. Ochiq suv 
havzalariga oqizilsa ularni ifloslantiradi. SHuning uchun kanalizaciyasi 
bo’lmagan joylarda maxsus tozalash inshootlari yordamida tozalanib, 
so’ngra suv havzalariga oqiziladi. 
Tozalashning yana bir yo’li shuki, chiqindi suvlar tindirgachlarda 
o’chirilgan ohak yoki boshqa koagulyantlar bilan tindiriladi, tindirgichlarda 
suv - 6-12 soat qoldiriladi, unda sovun, muallaq moddalar cho’ktiriladi, 
tindiriladigan suvning har bir litriga 5-10 mg aktiv xlor qo’shilib 
dezinfekciya qilinadi. 1 litr chiqindi hammom suviga 500 mg, kirxona 
suviga - 700 mg kuydirilgan ohak qo’shiladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling