1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hammomlarning sanitariya va texnika asbob-anjomlari.
Sartaroshxonalar - hamma hammomlarda bo’lib, hammomga
keluvchilarning 30% i uning xizmatidan foydalanishi mumkin. Sartaroshxona shunday joylashtirilishi kerakki, unga ham hammom dahlizidan, ham kutish xonasidan kirish mumkin bo’lsin. Sartaroshlarning har birini ish joyi 7 m 2 dan kam bo’lmasligi kerak. Asbob-uskunalarni yuvish va tozalash uchun, soch chiqindilarini yig’ish uchun ayrim kichik xona ajratiladi. Hammomlarda, ayrim holatlarda ona va bolalarning yuvinishi uchun alohida bo’limlar qurilishi tavsiya qilinadi. Hammom xonalarida o’tish yo’lining kengligi, o’tiradigan kursilarning katta-kichikligi ahamiyatlidir. Quyida ular to’g’risida dalillar keltiriladi. Hammom xonalari Kursilar (skameyka) kattaligi va o’tish yo’llarining kengligi Kiyinish xonalari Echinit xonalari YUvinish xonasi va bug’xona 0,60 x 0,15 0,90 x 0,5 1,00 x 0,5 O’tish yo’llari o’tish yo’llari kengligi metrda Asosiy o’tish yo’llari O’tirgichlar katori oralig’i O’tirgichlar bilan devorlar oralig’i 1,5 1,2 0,2 395 Dushli hammomlar. Bular hammomlarda qator qilib quriladi. Dushli hammomlarning echinish xonalari, hammomlarning echinish xonalari bilan birga bo’lishi ham mumkin, lekin bunda o’rtadan engil to’siq bilan ajratiladi. Har bir kishi uchun alohida echinish xonasi bo’lishi shart. Hammomlarning sanitariya va texnika asbob-anjomlari. Hammom aholining yuvinishi va sog’ligini tiklash uchun xizmat qiladigan binodir. Bu binoda odamlar uchun zarur sanitariya-texnika asbob- uskunalari bo’lmog’i kerak. Hammom xonalari yorug’ bo’lib, yorug’lik koefficienti kamida 1 : 10 ga teng bo’lishi kerak. Xonalarda elektr yorug’ligadan foydalanilganda: kutish, echinish, yuvinish va dushli xonalarda yorug’lik kuchi 50 lk dan kam bo’lmasliga, sartaroshxonaniki esa - 100 lk bo’lishi kerak. Hammom markazlashtirilgan isitish qozonlaridan isitilsa, uning barcha xonalarida issiqlik bir me’yorda bo’ladi, ya’ni issiqlik darajasi echinish xonasida - 25°S, yuvinish xonalarida - 30°S 9 bug’lash xonasida - 40°S bo’ladi. Hammom xonalari vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi kerak, bunda ifloslangai nam havo toza havo bilan almashinadi. Ko’pincha bug’xona va yuvinish xonalarida nisbiy namlik 95-100% ko’tarilib ketadi. SHuning uchun hammomda ish tugagach xonalarning hammasini yaxshilab shamollatish va xonalarni issiq suv bilan yuvish zarur. Hammom xonalarining balandligi 3-3,5 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Har bir kishiga yuvinish uchun byeriladigan suvning miqdori 150 litrdan kam bo’lmasligi, undan 90 litri sovuq suv, 60 litri 80°S qaynoq suv bo’lishi lozim. Qishloq sharoitidagi markaziy vodoprovodi bo’lmagan hammomlarda kishi boshiga sarflanadigan suv miqdori 100 litrni tashkil qiladi. Dushli, vannali hammomlarda suv miqdorining sarflanishi bir soatda bir kishi uchun - 600 litr, faqat dushxonada soatiga - 400 litr, vanna xonada bir vanna uchun - 550 litr sarflanadi. Suv toza bo’lishi va Davlat standarti (-28-74-82 y) talabiga javob berishi kerak. 396 Ifloslangan chiqindi suvlarni hammomdan chiqarib tashlash katta gigienik ahamiyatga ega. CHunki chiqindi suvlar tarkibida organik moddalar va baktyeriyalar bo’lishi mumkin. Bunday suvlar tezda sasib, atrofga qo’lansa hid tarqatishi va havoni ifloslantirishi mumkin. Bunday chiqindi suvlarni to’g’ri kanalizaciyalarga oqizgan ma’qul. Ochiq suv havzalariga oqizilsa ularni ifloslantiradi. SHuning uchun kanalizaciyasi bo’lmagan joylarda maxsus tozalash inshootlari yordamida tozalanib, so’ngra suv havzalariga oqiziladi. Tozalashning yana bir yo’li shuki, chiqindi suvlar tindirgachlarda o’chirilgan ohak yoki boshqa koagulyantlar bilan tindiriladi, tindirgichlarda suv - 6-12 soat qoldiriladi, unda sovun, muallaq moddalar cho’ktiriladi, tindiriladigan suvning har bir litriga 5-10 mg aktiv xlor qo’shilib dezinfekciya qilinadi. 1 litr chiqindi hammom suviga 500 mg, kirxona suviga - 700 mg kuydirilgan ohak qo’shiladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling