1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Muassasalar Kirlar miqdori, kg da
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- X = n(a-b) S
Muassasalar
Kirlar miqdori, kg da Aralash shifoxonalar Ginekologaya, jarrohlik bo’lmalari Tug’ruqxonalar Sanatoriylar Dam olish uylari Mehmonxonalar YOtoqxonalar Bolalar yaslisi Bolalar bog’chasi 50 60 80 30 20 30 10 40 30 398 Aholi turar joylarida kirxonalar kvartallarda, nohiyalarda joylashgan bo’ladi. Korxonalar qoshidagi kirxona ularning hududida joylashtirilib, o’sha korxona uchun xizmat qiladi. Kommunal xo’jaligiga qarashli kirxonalar aholi turar joylariga yaqinroq joylashtiriladi, ularni suv bilan ta’minlash uchun albatta shahar vodoprovodiga, issiq suviga va chiqindi suvlarni olib ketish uchun kanalizaciya tarmoqlariga ulanmog’i kerak. Odatda kirxonalarning katta-kichikligi aholi soni bilan aniqlanadi. Bunda kirxona xizmatidan foydalanadigan odamlar soni, yuqorida keltirilgan kishi boshiga tushadigan kir miqdori hisobga olinadi. SHahar aholisining umumiy sonidan o’z knrini mustaqil o’zi yuvuvchi aholi soni chiqarilib tashlanadi. Mexanizaciyalashgan kirxonalarda yuvilgan kirlarning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi. X = n(a-b) S X - bir ish kunida yuvish uchun yig’ilgan kir miqdori (kg) da; n - kirxona xizmatidan foydalanuvchi aholi soni; a - har bir shaxsdan bir oy mobaynida tushadigan kir miqdori (kx); b - jamoat sektorlaridan har bir kishi boshiga tushadigan kirlar (kg); S - bir sutka davomida kirxonalarning necha smenali ishlashi (2 smena). Bir oy davomida kirxonalarning ishlash kunlari soni (26 kun). Misol: 25000 aholini ta’minlash uchun kirxonaning ishlab chiqish kuchi bir smenada shunday bo’ladi. X = 25000 (10-2) _ 5770 kg quruq kir buyumlar 226 Kir buyumlarni yuvish va ishlash jarayoni quyidagacha bo’lishi ko’zda tutiladi. 1. Kir buyumlarni qabul qilib olish va saqlash; 399 2. Kir buyumlarga belgi qo’yish; 3. Kir buyumlarni guruhlarga bo’lish; 4. Kir buyumyaarni yuviga (ivitish, qaynatish, yuvish, chayish va siqish). 5. Quritish, dazmollash, toza kirlarni ayrim xonalarda saqlash va aholiga tarqatish. Kir buyumlar ivitilganda suvning harorati 30°S ga teng bo’lib, unga ishqor (soda, sovun, sintetik yuvish vositalari) qo’shiladi va 4-12 soatcha qoldiriladi, bunda narsalardaga kirlar, ayniqsa oqsil va kraxmalga o’xshash kirlar ivib matolardan engil yuviladi. Kirlarni qaynatishning gigienik va epidemiologiq ahamiyati katta. Maxsus idishlarda kirlar ivitilgandan so’ng 100°S da 60-90 minut qaynatilishi kirlarning oson yuvilishiga yordam byeradi. Bunda, patogen mikroorganizmlar, gijja tuxumlari qiriladi. SHuning uchun ham mikrobli buyumlar - kirlar albatta qaynatilishi kerak. Kir asosan maxsus kir yuvish mashinalarida yuviladi, yuvish jarayoni 45 minutdan 1,5 soatgacha davom etishi mumkin. SHundagina kirlar toza bo’ladi. Narsalar yuvilib bo’linganidan so’ng, o’sha mashinalarda chayiladi, kraxmallanadi, sin’ka qo’shilishi mumkin va hokazo. So’ng kirlar maxsus centrifugalarda minutiga 1000 marotaba aylantirilib, undagi suv-namlik chiqarib yuboriladi. Kirlarni quritish odatda quritish shkaflarida yoki quritish barabanlarida amalga oshiriladi. Barabanlarning issiqlik darajasi 60-65°S dan oshmaydi va o’rtacha 1 soatda kirlar quriydi. Quritish shkaflarida kirlarning namligi 10--12% ga kamayadi, Bu kirlar keyin dazmollash mashinalari - aylanuvchi isitilgan kalandrlarga o’tkaziladi, unda kirlar quriydi va dazmollanadi. Erkaklar ko’ylagi maxsus dazmollash presslarida, boshqa buyumlar esa qo’lda dazmollanadi. Kirlar dazmollanib bo’lingach turlarga ajratiladi va egalariga tarqatiladi. 100 kg quruq kir buyumlarni yuv uchun 2,5 kg sovun va 1,25 kg soda yoki sintetik yuvish poroshoklari sarflanadi. Kir yuvish uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling