1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
ishlatiladigan suvning qattiqligi 20 kg (ekv) litrdan oshmasligi kerak. Kirxonalarni loyihalash
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
400
ishlatiladigan suvning qattiqligi 20 kg (ekv) litrdan oshmasligi kerak. Kirxonalarni loyihalash. Kirxonalarni loyihalashda kir va toza narsalarni alohida-alohida xonalarda saqlanishini ham ko’zda tutish kerak. SHuningdek ho’l kirlar bilan quruq kirlar ham alohida-alohida xonalarda saqlanadi. SHu talablarga ko’ra loyihada ishlab chiqarish xonalarini quyidagi bo’limlarga bo’lish ko’zda tutiladi. 1. Iflos kirlarni kirxonaga berish uchun kirish xonasi. 2. Kutish xonasi. 3. Qabul qilish xonasi. Aholining shaxsiy kiyim-kechaklari va jamoa muassasalari tomonidan topshiriladigan kirlar alohida topshiriladi. Dezinfekciya qilinishi kerak bo’lgan kiyim-kechaklar alohida kirish xonasi orqali topshiriladi. 4. Kir buyumlarni xillarga bo’lish, ularni belgilash xonasi. 5. Kirlarni yuvish xonasi - bu kirxonaning asosiy cexi bo’lib, unda yuvish mashinalari va centrifugalar o’rnatilgan bo’ladi. 6. Quritish shkaflari joylashgan xona. 7. Dazmollash xonasi. 8. YUvilgan narsalarni xillarga ajratish xonasi. 9. Toza kirlar saqlanadigan xona. 10.Toza kirlarni egalariga tarqatish xonasi. Kirxonalarning xonalari yorug’ bo’lishi kerak. Bunda yorug’lik koefficienti 1 : 6-1 : 10, yuvish va dazmollash xonalarida 1:6, tabiiy yorug’lik koefficienti esa 0,5-1,0 bo’lishi kerak. YUvish va boshqa cexlarning balandligi 3,75-4 metr, quritish xo- nalarining balandligi esa 3,5 metr bo’lishi kerak. Xonalarning devorlari kafellar bilan qoplangan bo’lishi maqsadga muvofiq. Pollari tekis, mustahkam, suv yig’ilib qolmaydigan bo’lishi talab qilinadi. Kirxonalarga nisbatan gigienik talab yuqori bo’lishi kerak. 401 Kirxonalarning sanitariya-texnika asbob-anjomlari, ularni isitish. Kichik kirxonalar pechkalar yordamida ya’ni o’sha joyni isitish sistemasi yordamida isitiladi. Katta kirxonalar esa markazlashgan isitish sistemasi yordamida isitiladi. Kir yuvish va dazmollash xonalarining issiqlik darajasi - 22°S, qolgan xonalarniki esa - 18°S bo’lishi kerak. Nisbiy namlik kir yuvish xonasida 75-80 %, quritish - dazmollash xonasida 65- 70% bo’lishi tavsiya qilinadi. Kirxonalarni shamollatish, ayniqsa namligi yuqori bo’lgan xonalarni shamollatib turish katta ahamiyatga ega. SHamollatishdan asosiy maqsad xonalardagi quyuq tumanni yo’qotish, namlik va issiqlikni normallashtirish. Tuman va namlikka qarshi choralardan biri yuvish, dazmollash va quritish xonalariga toza havo kiritib, iflos havoni chiqarib tashlash imkonini byeradigan shamollatish uskunalarini o’rnatishdir. Bunda tashqi havo darajasi pastroq bo’lsa, havoni isitib berish mo’ljallanadi. Xonalarda havo almashinish miqdori quyidagicha bo’ladi: 54-j a d v a l Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling