1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
3 KIRISH Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida qayta qurish jarayoni sekin-asta amalga oshirilmoqda. Bunday o’zgarishla maorif — o’qish-o’qitish sohalarida ham kuzatilyapti. Bu tabiiy albatta. Ilmiy-texnika taraqqiyoti hayotda yangi-yangi masalalarni, jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tubdan o’zgartirib yubordi. Fan sohasida erishilayotgan yutuqlar texnika rivojiga ta’sir ko’rsatmoqda. Tibbiyot va gigiena fani ham bundan istisno emas. Kommunal yoki turar joy gigienasi shahar, posyolka va qishloq aholisi hayoti va sog’lig’i bilan bog’liq bo’lgan va unga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi omillarning oldini olishga doir tadbir-choralarni ishlab chiqadi. Kommunal gigiena ko’p qirrali fan bo’lib, uning har bir qismida ilmiy asosga tayangan holda insonning sihat-salomatligani saqlash uchun turli gigienik tadbir-choralar ishlab chiqilgan. U qonuniy ravishda bajarilishi zarur bo’lgan normativ hujjatlarni tayyorlaydi va turli vazirliklar yordamida bu hujjatlar sanitariya qoidalari, ko’rsatmalar, qo’llanmalarni tasdiqlab ularning amalda joriy qilinishini kuzatadi. Bu hujjatlarning asl maqsadi sanitariya- gigiena tadbirlarini amalga oshirish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar tarqalishining oldini olish va tashqi muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslikdir. Kommunal gigiena fanining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1. Turar joylarni loyihalashtirish gigienasi. 2. Atmosfera havosini va sanitariya holatini yaxshilash. 3. Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash. 4. Suv havzalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish. 5. Turar joylarni ozoda tutish va tuproqlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish. 6. Fizik omillarning ahamiyatini tushuntirish. 7. Turarjoy, ma’muriy binolar va davolash-profilaktika muassasalarining gagienik holatini yaxshilash. Qabul qidingan qonun va qoidalar bo’yicha shaharlarning quri-lishi, 4 joylashtirilishi, shaharlarni taraqqiy ettirish bosh reja loyihasiga asoslanib amalga oshiriladi. Bunda ularni obodondlashtirish, markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlash ko’zda tutiladi. Uy-joy va ma’muriy binolar loyihasini ishlab chiqishda milliy an’analar va me’morchilik usullarini nazarda tutish gigienik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa joylarning sharoitini hisobga olish zarur. Bizda qabul qilingan davlat hujjatlarida aholining qismi bir vaqtda uy- joy bilan etarli ravishda ta’minlanishi ktutiladi. Unda me’morchilik an’analari nazarda tutiladi, qurilish matyeriallariga ham alohida ahamiyat byeriladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda katta sanoat korxonalari, kommunal ob’yektlar va turar joylar qurish, uy-joylarni qurish, shaharlarni kengaytirishga katta ahamiyat byerilmoqdaning uchun gigiena fanini taraqqiy ettirish, bu sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish amalga oshirilmoqda. Ko’pchilik tibbiyot oliy bilimgohlari qoshida sanitariya-gigiena kulliyotlari, gigiena kafedralari mavjud. Gigiena va kasb kasalliklari ilmiy- tekshirish ilmgohlari, amaliy ishlarni bajarish uchun sanitariya- epidemiologiya stanciyalari ishlab turibdi. Fan va texnika taraqqiyoti kommunal gigiena fanining tez fursatda rivojlanishiga yordam byermoqda. Kommunal gigiena mamlakatimiz xalq xo’jaliganing hamma tarmoqlari bilan, aholining hayoti va turmushi bilan chambarchas bog’langan holatda ish olib bormoqda. Kommunal gigiena sanoat korxonalarini, shahar qurilishini , mada-daniy hayotni va qolavyersa tashqi muhit obektlarini sog’lomlashtirish yo’lida katta ishlar qilishni maqsad qilib qo’ygan. Bu fanning taraqqiyoti yo’lida ko’pgina ilmiy ishlar, gigaenik normalar, standartlar, qoidalar va boshqalar ishlab chiqildi hujjatlarning ko’pchiliga qabul qilingan, tasdiqlangan bo’lib, qonuniy hujjat bo’lib qoddi. Bu qonun va qoidalardan turar joylarni loyihalashda, atmosfera havosi, suv havzalarini muhofaza qilishda, kimyoviy zararli 5 omillardan tabiatni muhofaza va boshqa tadbir-choralarni amalga oshirishda foydalaniladi. Gigiena fani tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning hammasi olib borilgan tajribalar, kuzatishlar va boshqalarga asoslanadi. Kommunal gigiena sanitariya amaliyotida va tibbiyot oliygohlaridagi maxsus kafedralarda sanitariya vrachlari tayyorlashda keng foydalaniladigan fan bo’lib, tobora mukammalashib boradi va jamiyat talablariga ilmiy va amaliy tomondan javob byeradi. Sanitariya vrachi xalh xo’jaligining rivojlanishiga, inson sa-lomatlitini saqlashga katta hissa qo’shuvchi shaxs hisoblanadi. Kommunal gigiena fani ayrim davlatlar, qit’alar, qolavsrsa, yer kurrasining iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan ham chambarchas bog’langan. Eramizdan ilgarigi 460—377-yillarda yashab ijod qilgan Gippokrat «Havo, suv va joylar to’g’risida» nomli kitobida turar joylar havosini, tuprog’ini va suvini o’rganishni tavsiya qilgan. U shunday deb yozadi: «Kimki biror notanish shaharga borib qolsa u shaharning shamol yo’nalishiga va quyoshga nisbatan qanday joylashganiga ahamiyat berishi kerak, sababi shaharning shimolga yoki janubga qarab joylashishi inson salomatligiga turlicha ta’sir qiladi». G’arbiy YYevropada yashab ijod qilgan yirik olimlardan Pettenkofyer Flyugge va boshqalar gigiena faniga asos solgan olimlardan hisoblanadi. Ularning ijodlarida kommunal gigienani mukammal o’rganish masalasi ko’tarilgan. F. F. Erismanning yozishicha, «Pettenkofyerni ekspyerimental gigienaning otasi deyishgan», Pettenkofyer gigiena fanini egallashda faqatgana fiziologiya ilmiga asoslanish mutlaqo kamlik qiladi, bu fan boshqa tashqi muhitni o’rganuvchi fanlarga muhtojdir, deydi. Insonning sog’liq darajasi tashqi muhitga bog’liq. Gigiena uchun havo, tuproq, kiyim-kechak, yashash sharoiti normasini bilish ahamiyatlidir. Kommunal gagaena fanining taraqqiyotiga ulug’ olim, O’rta Osiyo tibbiyotining nomoyandasi Abu Ali Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy va boshqalar o’z |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling