1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


EKOLOGIYA VA KOMMUNAL GIGIENA


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

19
EKOLOGIYA VA KOMMUNAL GIGIENA 
Ekologaya va kommunal gigiena fani bir-biri bilan chambarchas bog’liq. 
Ekologiya degani nima? 
Ekologaya o’ziga xos fan bo’lib, u tirik organizmning yashash shart-
sharoitlari, organizm bilan tabiiy muhit orasidagi o’zaro bog’liqliklarni 
o’rganadi. 
Ekologiya grekcha so’z bo’lib, ekos — uy-joy va logos — fan degan 
ma’noni anglatadi. Mazkur atamani 1866 yili biolog olim E. Gekkel’ fanga 
kiritgan. Gekkel’ ekologiya tirik moddalarning atrof muhit bilan o’zaro 
munosabatini o’rganadi deydi. 
Ekologaya fanini o’rganishga o’tgan asrlardayoq ko’p olimlar urinib 
ko’rganlar. Jumladan, Lamark, Sent Illar, Sevyercev va yana bir qator 
mutafakkir olimlar o’z asarlarida ekologiya masalalarini ko’targanlar. Tibbiy 
fanlar allomasi, ulug’ olim Abu Ali ibn Sino inson sog’lig’i uchun toza suv, 
havo va tuproq eng zarur ekanligini o’z asarida yozib qoldirgan. Ammo, 
ekologaya mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. 
Tirik organizmning yashash uchun kurashishi to’g’risidagi Darvin ta’limoti 
— ekologiya faniga asos soldi. 
Hozirgi vaqtda ekologiya bir-biri bilan uzviy bog’liq uch qismdan, ya’ni 
faktoral, populyacion va biogeocenologik ekologiya qismlaridan iborat. 
Faktoral ekologiya yoki boshqacha aytganda autoekologiya tur yoki 
jinsni uni o’rab olgan muhit bilan o’zaro munosabatini o’rganuvchi bo’limdir. 
Mazkur bo’lim ba’zan tur ekologiyasi deb ham ataladi. Faktoral ekologiya 
organizm fiziologiyasi va morfologayasi bilan chambarchas bog’langan. 
Tirik organizmga ta’sir ko’rsatuvchi muhit elementlari ekologik omil 
deyiladi. Bu abiotik va biotik qismlarga bo’linadi. Abiotik qismga muhitning 
jonsiz omillari, jumladan iqlimi, topografiyasi; edafik, fizik va gidroximik 
omillari kiradi. Biotik omillar esa tirik jonivorlar ta’sirida yuzaga chiqadigan 


20
o’zgarishlardan iboratdir. 
Harorat, namlik, yorug’lik iqlim omillarining eng ahamiyatlisi 
hisoblanadi. CHunki har bir tirik muvjudot ma’lum haroratda, namlikda, 
yorug’likda yashashga qodir. 
Har bir tirik organizmni namlikka, ya’ni suvga bo’lgan ehtiyojini hamda 
ularning yashash joylarini hisobga olib qator ekologik guruhlarga bo’lish 
mumkin. Jumladan, gidrofil guruhga ki- 
ruvchi jonivorlar faqat suvda yashaydi, gagrofil guruhdagi jonivorlar namligi 
juda yuqori bo’lgan joylarda yashaydi, migrofil guruhga esa suvga ehtiyoji 
kam bo’lgan jonivorlar kiradi. 
YUqorida qayd qilingan guruhlar har bir ekologik sharoitda yaxshigina 
indikator — ko’rsatkich bo’lib ham xizmat qila oladi. YOrug’lik nuri iqlim 
omilining asosiy elementlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Tiriklikning aksariyati 
yorug’lik bilan uzviy bog’langan, chunki yorug’lik tabiat uchun zarur bo’lgan 
enyergiya manbalaridan biridir. 
Edafik omillarga tuproqning barcha fizik va kimyoviy xususiyatlari — 
tuzilishi, kimyoviy tarkibi, gaz, suv, organik va minyeral elementlar va 
boshqalar kiradi. Edafik omillar tuproqda doim yoki birmuncha vaqt 
yashovchi organizmlar faoliyatini aniqlaydi. 
Gidroximiya, gidrofizika omillari esa suv bilan bog’liq bo’lgan omillarni 
o’z ichiga oladi. Suvniig ekologik qimmati uning kimyoviy, fizik xossalari 
hamda harakatchanligi bilan anihlanadi. Suv — obihayot. Turli-tuman jonli 
organizmlar, bioximik jarayonlar va umuman hayot suvli muhitda rivojlanadi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling