1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
O’rta asrdagi shaharlar. O’rta asrda qurilgan shaharlarning markazida
feodallarning hashamatli saroylari, savdo bozorlari, shahar boshliqlarining idoralari joylashgan bo’lar edi. SHahar ko’chalari xuddi elpig’ichga o’xshab tarqalgan bo’lib, ular to shahar darvozasigacha etib borgan. Masalan, Parij, Kel’n, Novgorod, Moskva va boshqa shaharlarning kengayishiga va taraqqiyotiga qal’a devorlari halaqit byerar edi. SHuning uchun ham uylar pala-partish, bir-biriga zich qilib qurilar edi. Bora-bora uy-joylar qurilavyerib ko’chalar tor, kun tushmaydigan bo’lib qolar edi. Xonalariga yorug’lik yaxshi tushmas edi. Qadimgi Greciya va Rim shaharlari o’ziga xos loyiha asosida qurilgan bo’lib, gigiena talablariga javob bergan. Masalan, Afina, Rim, Vizantiya va boshqa shaharlardagi savdo markazlari, uy-joylar sanitariya talabiga javob berishi, me’morchilik usulining nozikligi bilan ajralib turadi. SHahar markazlaridagi ma’muriy idoralar, teatrlar, stadionlar, bozorlar va boshqa yirik binolar bezagining alohidaligi bilan diqqatni o’ziga tortadi. Ular o’sha vaqtdayoq vodoprovod, kanalizaciya tarmoqlari bilan ta’minlangan. Ammo eng ko’rkam, obodonlashtirilgan joylarda faqat boylar, feodallar va yuqori imtiyozli kishilar yashagan. O’rta asr shaharlarining iqtisodiy bazasi hunarmandchilik, savdo-sotiq hisoblangan, O’sha vaqtda aholi zich yashagan yerlarda o’lat, chechak, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalgan. 31 Kapitalizm davrida yashagan, ijod qilgan olimlar, injenyer-texnik xodimlar shaharlarni yangicha kurish, ularni bog’u rog’ga aylantirish masalasini ko’tarib chiqdilar, shu yo’l bilan shahar va qishloq o’rtasidagi tafovutlarni loaqal kamaytirish mumkinliga to’g’risida fikr yuritdilar. XVI-XVIII asrlarda yashab ijod qilgan xayolparastlar Tomas Mor, Sen- Simon, SHarl Fur’e, Dezami, Kampalla va boshqalar o’z asar- larida kelajakdagi shaharlar toza, ko’kalamzor, chiroyli qurilgan bo’lib, moddiy boyliklardan hamma baravar manfaatdor bo’ladi deb xayol qilgandilar. Ular hatto afsonaviy shaharlar loyihasini chizganlar. Bunga misol qilib Govard loyihasini keltirish mumkin, Korbyuz’ening fikricha, shahar markazlari ko’p qavatli, osmono’par binolar bilan bezatilgan bo’lishi kerak edi. U sanoat korxonalari, bir qavatli uylar ularning chetiga qurilishi lozim deydi. Bunday uylarni qurish o’sha vaqtda amri mahol bo’lgan. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling