1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Kichik iqlim kichik territoriyadagi iqlim bulib, shu joyning
o’ziga xos chegarali iqlimidir. Bu iqlim bir necha o’n metrli maso- fada ham o’zgarishi mumkin. Iqlimga yerning relyefi, o’tloqlar, suv havzalari va o’rmon ham ta’sir ko’rsatadi. SHahar qurilish amaliyotida gigienistlar, sanitariya vrachlari kichik iqlimli turar joylar yoki ma’lum kichik iqlimli istirohat bog’lari yoki ko’chalar bilan ham tanishadilar. SHunday iqlimli joylarga uy-joy qurishda buni hisobga oladilar. Kichik iqlimli sharoitda istiqomat qiladigan odamlarga mazkur iqlim ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun odamlar o’z faoliyati bilan unga ta’sir ko’rsatib, uni o’ziga moslashtirib oladi. SHaharlar, ayniqsa yirik shaharlar o’zining kichik iqlimiga egadir. Ular shahar chetidagi iqlimdan ancha tafovut qiladi. Ko’chalarga tosh va asfal’t yotqizilishi, toshli, temir-betonli uylar yoz faslida shunday qizib ketadiki, ular issiqlikni atrofga tarqatib, havo haroratining anchagana oshishiga sabab bo’ladi. Natijada havoning o’rtacha issiqlik darajasi 1—3° ga ko’tariladi, havoning nisbiy namligi esa 5—10% ga kamayishi mumkin. Ko’p qavatli imoratlar shamol tezligini ikki marotaba va undan ko’proq kamaytiradi va bu shaharning shamol bilan ta’minlanishini susaytiradi. Atmosfera havosining tutun bilan ifloslanishi quyosh nurini, ayniqsa quyoshning ul’trabinafsha nurini, ko’zning ko’rish funkciyasini ancha kamaytiradi. U taxminan 20—25% ga kamayadi. Demak, shahar havosini tutun bilan ifloslantirmaslik, shahar territoriyasidagi irrigaciya shoxobchalarida suvning oqib turishini ta’minlash, ayniqsa issiq iqlimli shaharlarga favvoralar qurish va imoratlarni shamol harakatini to’smaydigan 47 qilib qurish zarur. Bu iqlimni ancha o’zgartiradi, havo namligani oshiradi, tempyeraturani 2—4° S ga pasaytiradi, quyosh nurini, ayniqsa ul’trabinafsha nurlarning etarli bo’lishiga imkon tug’diradi, shamol esishini normal- lashtiradi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling