1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
AHOLI TURAR JOYLARINI KO’KALAMZORLASHTIRISHNING GIGIENIK
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kishi boshiga to’gri keladigai yashil maidoilar (m hisobida) Ko’kalamzorlar Yirik shaharlarda O’rtacha shaharlarda
71
AHOLI TURAR JOYLARINI KO’KALAMZORLASHTIRISHNING GIGIENIK AHAMIYATI SHahar va ishchi posyolkalarining tabiiy holati, uning ko’rkamligi, orombaxshligi faqat insonlarning o’ziga bog’liq. Ularning qo’li bilan istirohat bog’lari, hiyobonlar, kichik o’rmonlar vujudga keladi. Bular aholining dam olish maskaniga aylanadi. Daraxtzorlar havoni oksigen bilan boyitib, havoni turli iflosliklardan tozalaydi. Daraxtzorlar suv bo’ylarida barpo etilgan hiyobonlar, qator qilib ekilgan madaniy daraxtlar shahar husniga-husn qo’shadi, kishilarning dilini yoritib, asabini yaxshilaydi. SHuning uchun ham shaharlar, ishchi posyolkalari loyihasi tuzilganda ularni ko’kalamzorlashtirish inobatga olinadi. Katta shaharlarda umumiy istirohat bog’laridan tashqari, bolalar uchun maxsus ko’kalamzor maydonlar, istirohat bog’lari, hayvonot bog’lari tashkil qilinadi. SHahardagi istirohat bog’larining maydoni 15 gektardan kam bo’lmasligi kerak. Rayonlarda 10 gektarni, hiyobonlar 3 gektarni tashkil etishi lozim. Birgina Toshkent shahrining o’zida 10 ga yaqin istirohat bog’i bor. Bulardan tashqari juda ko’p hiyobonlar, madaniyat bog’lari borki, bular shahar ko’rkiga ko’rk qo’shish bilan birga shahar havosini tozalashda ham ahamiyatlidir. Quyida yashil maydonlarning kishi boshiga to’g’ri keladigan miqdorini keltiramiz. 4-j a d v a l Kishi boshiga to’gri keladigai yashil maidoilar (m hisobida) Ko’kalamzorlar Yirik shaharlarda O’rtacha shaharlarda Kichik shahar- larda Kurort shaharlarda ilgari hozir ilgari hozir ilgari hozir ilgari hozir SHahardagi yashil maydonlar Rayondagi yashil maydonlar 5 7 10 11 4 5 6 8 7 - 7 - 12 16 15 20 Odatda territoriyaning 70% maydoni yashil zonalarga, ya’ni 72 hiyobonlar, bog’lar, istirohat bog’lari va boshqalarga ajratiladi. YAshil zona transport qatnamaydigan joyda tashkil qilinadi. U yerda turli ko’ngil ochar o’yinlar tashkil qilinishi, dam oluvchilarning o’tirishi uchun qulay joy bo’lishi lozim. Daraxtzorlar shahar iqlimini yaxshilaydi, namligani mayinlashtiradi, havoni tozalaydi, yo’lka va tuproqni qizib ketishdan saqlaydi. Olimlarning fikricha, o’rtacha kattalikdagi bir tup daraxt 24 soat ichida 3 kishi uchun kerakli bo’lgan oksigenni qaytarib byerar ekan. Bir gektar joydagi o’rmon esa (havo ochiq bo’lgavda) 24 soat davomida 220—228 kg karbonat angadrid gazini o’ziga yutib, o’zidan 180—200 kg havo oksigenini ajratar ekan. Bir gektar joydagi igna bargli daraxt bir yilda 40 tonnaga yaqin, bargli daraxt esa 100 tonnagacha havo changini ushlab qolar 1 ekan. Avtomobildan chiqadigan zaharli gazlarni zararsizlantirishda ko’chalarga ekilgan daraxtlar katta foyda byeradi. Demak, katta-katta zavodlar, kombinatlar va boshqa sanoat korxonalari atrofiga daraxtlar ekish shahar havosini tozalashda katta ahamiyatga ega. O’rmonlar ustidagi 1 kub/m havoda 2000—3000 engil ionlar mavjudligi Diskin tomonidan aniqlangan. Istirohat bog’lari ustidagi havoda 800, sanoat korxonalari ustida 200—400 va odamlar zich yashaydigan joydagi havoda 25—100 atrofida engal ion bo’lishi aniqlangan. Og’ir ionlar musbat zaryadli bo’lib, ular dud, suv bug’lari, changlar bilan qo’shilib, atmosfera havosining ifloslanishiga olib boradi. Demak, havoning tozaligi engil va og’ir ionlarning o’zaro nisbatiga bog’liq. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling