1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

O’SIMLIK FITONCIDLARI 
O’simlik va daraxtlarning sanitariya va gigiena jihatidan ahamiyati 


73
shundaki, ular uchuvchan organik birikmalarni havoga ajratib chiqaradi. Bu 
moddalar turli mikroorganizmlarni qirib tashlab, atmosfera havosini 
tozalaydi. Bular fitoncidlar deb ataladi. Fitoncidlar mikroblarni o’ldiradi yoki 
ularning o’sishini pasaytiradi. 
Oq qayin, akaciya, tyerak, eman, tol kabi daraxtlar havodagi engil ion 
koncentraciyasining oshishiga katta yordam byeradi. 
Mikroblarni yo’qotishga yana o’simliklardan sarimsoq piyoz katta 
yordam byeradi. Fitonciddar miqdori faslga qarab o’zgarib turadi. YOz va 
ko’klamda ular ko’p miqdorda ajralib havoni mikroorganizmlardan 
tozalashga yordam byeradi. 
Daraxtlarning shovqin-suronni kamaytirishda ham roli katta. 
Olimlarning fikricha, ko’chalarda o’sadigan oq akaciya, archa, qarag’ay, 
tyeraklar shahar shovqinini 4,2 Db ga, ko’cha yuzidan 250 m ichkariroqda 
o’sadiganlari esa 17,5 Db gacha kamaytirishi mumkin ekan. 
Daraxt qancha zich ekilsa, shovqin shuncha kamayadi. Masalan, 3—4 
qator qilib ekilgan daraxt shovqinni 10 dB ga kamaytiradi. Demak, 
sanitariya organi xodimlari shahar loyihasiga xulosa yozayotgan 
vaqtda bu masalaga ham e’tibor berishlari kerak. 
SHAHAR ATROFIDAGI KO’KALAMZOR ZONALAR 
SHahar atrofini ko’kalamzorlashtirish, u yerda istirohat bog’lari va 
hiyobonlar barpo etish birinchidan shahar havosini ifloslanishdan saqlaydi, 
ikkinchidan aholining dam olishida katta ahamiyatga ega. Bunday yashil 
zonalar shaharni aylanma qilib o’rab olgan bo’lishi yoki ma’lum yo’nalishda 
(5X10—25 km) bo’lgani maqsadga muvofiq. Masalan, Kiev, Sankt-
Petyerburg, Moskva, Novosibirsk shaharlaridagi o’rmonlar shular 
jumlasidandir. O’rta Osiyo shaharlarida o’rmonlar kam yoki mutloqo yo’q. 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xorazm kabi shaharlar shular 


74
jumlasidandir. Moskva shahri atrofidagi yashil zonalar radiusi 50 km, Sankt-
Petyerburg atrofi 70 km, Kievda 40—70, Xar’kovda—32—66 km ni tashkil 
etadi. 
YAshil zonalar — hiyobonlar, mevazorlar, ko’chatxonalar va himoya 
uchun ekilgan qator-qator daraxtlar, birinchidan, turar joylar havosini 
tozalaydi, ikkinchidan shahar iqlimini yaxshilab, territoriyani qattiq 
shamoldan asraydi. SHahar atrofida joylashgan meva va sabzavot ishlab 
chiqarish xo’jaliklari aholini yangi mahsulot bilan ta’minlab turadi. SHahar 
chekkasida joylashgan yashil zonalar kishilarning dam olishi va hordiq 
chiqarishi uchun xizmat qiladi. U yerga dam olish uylari, pansionatlar va 
boshqalar quriladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling