1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SHOVQIN MANBALARI 
SHahar sharoitida shovqinning asosiy manbai transport vositalari 
hisoblanadi. SHovqinning ortib borishi to’g’ridan-to’g’ri ko’cha-ko’ylarda, 
maydonlarda harakatlanuvchi transportlar soniga bog’liq. 


79
Har yili shovqin darajasi 1 dB ga ortib bormoqda. Jumladan, hozirgi
vaqtda qatnayotgan avtobuslar o’zidan 82—89 dB shovqin 
chiqaradi. Agar ular tezligini oshirsa, shovqin yana 8-10 dB ga ortadi. 
5 – j a d v a l
Tramvay va trolleybuslardan chiqadigan shovqin (dB da) 
Transportlar nom iva markasi 
Tovush darajasi, dB da 
Trolleybuslar: ZIU – 5 
TBE – s
MGB – 82
71 
72 
74 
Travmaylar: TATRA – 2
REZ
MTV
85 
88 
90 
YUqori darajadagi shovqinlar asosan trolleybus va tramvaylardan 
chiqadi. 
Metropoliten poezdlari ochiq uchastkalarda soatiga 40 km tezlikda 
yurganda 80—85 dB shovqin chiqarishi aniqlangan. Poezdning tezligi ortishi 
bilan shovqin yana 3—4 dB ortadi. 
Temir yo’l harakati oqibatida paydo bo’ladigan shovqin darajasi 75—80 
dBA ni tashkil qiladi. Bunday shovqin 50 metr masofadan eshitiladi. Ayniqsa 
yuk tashiydigan poezdlar harakatidan chiqadigan shovqin 79—80 dBA. 
Dispetchyer idoralariga o’rnatilgan radio karnaylari o’rtacha 70 dBA ga teng 
shovqin byeradi. Lokomotiv poezdlarining signallaridan chiqadigan tovushlar 
75—105 dB ga to’g’ri ksladigan shovqinlarni byeradi. Temir yo’l shovqini 
har 50 metrli masofada 4 dB ga kamayadi. 
Samolyotlar, ayniqsa reaktiv samolyotlar 100—160 dB tovush chiqaradi. 
Axlat yig’adigan mashinalar chiqaradigan tovush 82—88 dB ni tashkil qiladi. 
Katta shaharlar, shuningdek Sankt-Petyerburg, Toshkent, Moskva, Kiev, 
Xar’kov va boshqa shaharlarshshg magistral yo’llarida avtomobil transport 


80
harakati oqibatida paydo bo’ladigan shovqinlar 90—95 dB ga tengligi 
aniqlangan. 
Avtotransport vositalaridan chiqadigan shovqin darajasi magistral 
yo’llarning tekisligaga, transport vositalari soniga (1 soatda qancha transport 
bir yo’nalishda o’tadi), yo’lning kengligiga, uning chetidagi 
ko’kalamzorlarning bo’lishiga juda bog’liq. Yo’lning notekisligi, tor 
ko’chalar chetiga ko’p qavatli binolar qurilganligi ham shovqin kuchini 
oshiradi. 
Kichik, harakat kam ko’chalarda shovqin-suron birmuncha kam. U yerda 
shovqin kuchi 45—50 dB, mikrorayonlarda esa 30—35 dB ga teng. 
Turmush sharoitida odamlarning baland ovozda gaplashishi, radio, 
televizorlar, chang tozalagach, muzlatgach, kir yuvish mashinalarining ovozi 
ham shovqinga sabab bo’ladi (6-jadval). 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling