1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SUV MANBAL ARI VA UNING SANITARIYA HOLATI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SUV MANBAL ARI VA UNING SANITARIYA HOLATI 
Yer kurrasida suvlarning joylashishi turlicha. Yer osti suvlarining o’zi 
kamida uch xil chuqurlikda joylashgan, ulardan tashqari, yer ustida 
joylashgan yuza suv havzalari mavjud. 
Fan-texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda shahar, qishloq va posyolka
aholisi uchun yer osti va yuza suvlardan keng miqyosda foy- 
dalanilmoqda. Qanday suv manbai bo’lmasin, suvga bo’lgan gigienik talab 
quyidagacha: xoh tabiiy suv bo’lsin, xoh turli usullar bilan tozalangan suv 
bo’lsin, iste’mol qilinganda hech qanday yuqumli kasallik keltirib 
chiqarmasin. Ular zaharli va radioaktiv moddalar bilan zararlanmagan 
bo’lishi, mazasi, hidi, rangi o’zgarmasliga kerak. Kimyoviy tarkibi ham 
o’zgarmagan bo’lishi zarur. 
Yer osti suvlari. Yer osti suvlari asosan yer ustki suvlari
yog’ingarchilik oqibatida paydo bo’lgan suvlarning yer ostki qavatiga sizib 
o’tishidan hosil bo’ladi. U yerning pastki, chuqur, suv o’tma qavatida 
to’planib, yer osti suv havzalarini paydo qiladi. Yer osti suvining tarkibi tog’ 
jinslarining tuzilishiga juda bog’liq. 
Yer osti tog’ jinslari suv o’tkazuvchi va suv o’tkazmaydgan jinslarga 
tafovut qilinadi. Suv o’tkazuvchi jinslarga qum, qumsimon jinslar, shag’al, 
ohaktoshlar va darz ketgan ma’danlar kiradi. Suv o’tkazmaydigan jinslar 
jipslashgan qattiq granit, qum qavati, ohaktoshlar yoki loy qavatidan iborat. 
Suv o’tkazuvchi va o’tkazmaydigan jinslar ko’pincha qavat-qavat joylashgan 
bo’lib, ular orasida suv harakati mavjud. Yer osti suvlari turli chuqurlikda 
joylashadi. Ular 1,5 metrdan 16 km gacha etishi mumkin. Yer osti suvlari 


99
yana bosimli va bosimsiz bo’ladi. Bosimli yer osti suvlari anchagana 
chuqurlikda joylashadi. 
Respublikamizda yer osti suvidan juda keng foydalaniladi. Sobiq SSSR 
territoriyasida uning hajmi 23,4 million km
3
. Hozir ko’pchilik shahar aholisi 
yer osti suvlaridan foydalanadi. Masalan, Minsk, Kiev, Tyumen’, Vitebek, 
Toshkent shaharlari aholisining 50% i yer osti suvlari bilan ta’minlangan. 
Kelajakda yer osti suvlaridan keng ko’lamda foydalanish ko’zda tutilmoqda. 
O’lkamiz yer osti suvlariga juda boy, Moskva, Dnepropetrovsk, Doneck, 
G’arbiy Sibir, Turkmaniston va Qozog’istondagi yer osti suvlari shular 
jumlasidan. 
Horijiy mamlakatlarda ham yer osti suvlaridan keng ko’lamda 
foydalanadilar. Masalan, YAponiyada yiliga 75,5 mlrd tonna suv kishilar 
ehtiyoji uchun sarflanadi, undan 13 mlrd tonnaga yaqini yer osti suviga to’g’ri 
keladi. 
O’zbekiston territoriyasidagi yer osti suvlarining ko’pchiligi tarkibi 
jihatidan GOST talabiga javob byeradi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling