1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SHAHAR SHOVQINI USTIDAN S ANITARIYA NAZORATI O’RNATISH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SHAHAR SHOVQINI USTIDAN S ANITARIYA NAZORATI O’RNATISH 
Sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari aholini shovqin 
ta’siridan himoya qilishlari, o’z vaqtida shovqin normasini ta’minlashlari 
zarur. Buning uchun ular «Turar joylarda, shaharlarda va sanoat 
korxonalarida shovqinni kamaytirish tadbirlari» to’g’risida qabul qilingan 
hujjatlardan foydalanishlari mumkin. 
Tovush kuchini nazorat qilish maxsus asboblar bilan jihozlangan 
laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazorat shahar ko’chalarida, maxsus 
punktlarda, turar joylarda, ob’yektlarda olib boriladi. Laboratoriya 


93
xodimlarining vazifasi shovqin manbalarini aniqlash, uning kuchini hisobga 
olish va maxsus kartoteka tuzishdan iborat. Ular havo orqali shovqin tarqalish 
yo’lini bilishlari zarur. So’ngra ular shovqin ta’siridagi aholi sonini aniqlab
pasportning maxsus grafalariga yozadilar. Olingan dalillar asosida SES 
xodimlari shovqinning oldini olish va undan himoyalanish choralarini 
ko’radilar. 
Kartotekalar sanoat korxonalari, transport ob’yektlari, transformator 
stanciyalari va boshqa ob’yektlar uchun tuziladi. 
SES xodimlari vazifasiga shovqinning kelib chiqishi, uning sanitariya 
normalaridan ortiq buzilish sabablarini bilish va uning darajasini kamaytirish 
kiradi. 
Mabodo shovqinga qarshi tadbir ishlab chiqilsa-yu, ammo u amalda 
bajarilmasa, SES xodimlari aybdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko’radilar. 
Hatto bu rayon, shahar ijroiya qo’mitalari majlisida muhokama qilinadi. 
Sanitariya muassasalari xodimlari shovqinning oldini olish uchun shahar 
qurilish loyihalarini uning kelajak taraqqiyotini hisobga olib ko’zdan 
kechiradilar, kamchiliklarini esa vrachlarning talablariga ko’ra to’la-to’kis 
bajarilishini ta’minlaydilar. Sanitariya tarmoqlari o’rnatilayotganda shovqin 
chiqmaydigan bo’lishiga ahamiyat berish, qurilish sifatini ko’tarish va boshqa 
talablar qo’yiladi. Ayniqsa, turar joylar foydalanishga topshirilayotganda 
shovqin kuchi o’lchanishi zarur. Agar topshirilgan ob’yektlardan chiqayotgan 
shovqin to’g’risida ma’lumot bo’lmasa, sanitariya vrachi ob’yekt boshlig’idan 
shovqin kuchini o’lchashni talab qilishi mumkin. Mabodo bitgan uy-joylarda 
shovqin darajasi gigienik normadan ortiq bo’lsa, bunday ob’yektlar qabul 
qilinmaydi. 
Turar-joy rayonlaryadagi shovqin-suron sanitariya muassasalari 
tomonidan to’g’ri ogohlantirilishi zarur. Jumladan, uy-joy qurish uchun 
ajratilgan yer maydoni shovqin manbalaridan uzoqroq joylashgan bo’lishi 
lozim. Ayniqsa davolash-profilaktika muassasalari, bog’cha, maktab va dam 


94
olish ob’yektlarining to’g’ri joylashtirilishiga sanitariya xodimlari 
javobgardirlar. Turar joylarni gigaenik zonalarga to’g’ri ajratish shovqin 
kuchini ancha kamaytiradi. 
SHuni aytish zarurki, yuqorida zikr qilingan hamma masalalar qurilish 
xodimlari bilan birgalikda hal etilmog’i zarur. 
Sanitariya vrachlari zimmasida aholini shovqindan shikoyatlarini 
tinglash, shovqin manbalaridan chiqayotgan shovqin darajasini o’lchash, 
ularni normaga taqqoslash va shovqin manbalarini kamaytirish vazifasi 
yotadi. 
Sanitariya vrachlarining shahar shovqini kartasini tuzishda qatnashishi 
maqsadga muvofiq. Sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari 
respublika, viloyat, shahar va rayon shovqinga qarshi kurashish 
tashkilotlaridan bu masalani hal qilishni talab qilishlari mumkin va buni o’z 
vazifalari deb bilishlari kerak. 
SHovqinni kamaytirish va uning zararli tomonlarini aholiga, maktab 
o’quvchilariga tushuntirish, jamoa joylarida shovqin ko’tarilishiga yo’l 
qo’ymaslik, agitaciya va propaganda qilish ma’lum darajada bu masalani hal 
etishga yordam byeradi. 
III BOB 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling