1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
AHOLI TURAR JOYLARINI TOZA ICHIMLIK
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
AHOLI TURAR JOYLARINI TOZA ICHIMLIK
VA XO’JALIK SUVLARI BILAN TA’MINLASH Suv — obihayot. Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv inson va jonivorlar, o’simliklar dunyosi, xullas butun borliq uchun zarur bo’lgan tabiatning in’omi. Ilm-fan, texnika taraqqiy etgan sari, sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida suvga talab ortib bormoqda. Toza suvdan xo’jalikda va kundalik turmushda foydalanish «Suv 95 qonunlari» (1970) da ta’kidlab o’tilgan. Inson sihat-salomatligani saqlashda suvning ahamiyati katta. Ma’lumki, odam tanasining 65% ini suv tashkil qiladi. SHuning uchun ham inson suvsizlikni og’ir kechiradi. Organizmda 6—8% suv yo’qolsa harorat ko’tariladi, tyeri qizarib, yurak urishi, nafas olish tezlashadi, muskullar charchaydi. Bosh aylanib, og’riydi, 10% miqdorda suv yo’qotish organizmni og’ir holatga tushirib qo’yadi. 15— 20% suv yo’qotish o’limga olib borishi mumkin. Suv organizmda moddalar almashinishi jarayonida qatnashadi. Ovqatni hazm qilishga yordam byeradi. Suvga bo’lgan talab sutkasiga kishi boshiga 2,5—3 litrni tashkil etadi. Ammo iqlimi issiq mamlakatlarda bu miqdor 2—3 hissaga ortishi mumkin. Suv iste’mol qilish mehnatning og’ir-engalligiga ham bog’liq. Og’ir jismoniy harakat suv iste’molini kuniga 8,0—10 litrga etkazishi mumkin. CHo’l zonalarida jismoniy mehnat jarayonida sutkasiga 11 litrgacha suv iste’mol qilish mumkin. YUqorida zikr qilingan suv normalari organizmning fiziologik ehtiyojini qondirish uchun kerak bo’lgan suv miqdoridir. Suvning faqat fiziologik normasi emas, balki uning gigienik normasi ham mavjud. Uy-joylarni toza tutish, yuvinish, kir yuvish, idish-tovoq va boshqalarni yuvish va tozalash uchun anchagana miqdorda suv kerak bo’ladi. Suvning shu maqsadlar uchun isrof qilmay sarflanishi, u yerda sanitariya madaniyatining yuqori ekanligidan darak byeradi. Odamlar sarflaydigan suvning kundalik miqdori joyning iqlim sharoitiga, aholining madaniy-maishiy sharoitlariga, turar joylarning obodonligiga kanalizaciya va vodoprovod tarmoqlarining taraqqiy etganligiga va boshqa bir qancha omillarga bog’liq. Suvning iste’mol qilish normasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda qurilish normasi va qoidasi hujjatlariga kiritilgan. 11 - j a d v a l |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling