1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
SUV TARKIBIDAGI MIKROELEMENTLAR
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
SUV TARKIBIDAGI MIKROELEMENTLAR
Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelement borligi aniqlangan. Bunday elementlar odam organizmida, o’simlik to’qimalarida, hayvonlarning a’zo va to’qimalarida uchrashi mumkin, ammo ular juda oz miqdorda bo’ladi. Mikroelementlarning odam salomatligini aniqlashdagi roli juda katta. Ularning 20 ga yaqini organizm ehtiyoji uchun ayniqsa zarur. Yod, ftor, molibden, mis, temir va boshqalar shular jumlasidan. 120 Ftor odam organizmi uchun juda zarur. Uning 10—80% i organizmga suv orqali tushadi. XX asrning boshlarida ftor elementining odam organizmiga ta’siri o’rganilgan va adabiyotlarda yozilgan. Bir litr suv tarkibidagi ftor miqdori 2—8 mg ga etganda odam va hayvonlarning tish emalida turli o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Suyaklarda ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bu flyuoroz deb ataladi. Suv tarkibida ftor etishmaydigan viloyatlarda yashovchi kishilar orasida bunday kasalliklar ko’p tarqalganligi ayon. Agar bir litr suvdagi ftor miqdori 1,4 mg dan ortsa, tishning turli buzilishlariga sababchi bo’ladi. Bir litr suvdagi ftor koncentraciyasi 10 mg bo’lsa, shunday suvni 8—10 yil davomida iste’mol qilish bo’g’in harakatlarining kamayishiga, og’rishiga, skeletning deformaciyaga uchrashiga olib boradi. Odam ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Organizmda endemik flyuorozning kelib chiqishiga yana organizmning suyaklanish davrida kal’ciy elementini ushlab qololmasliga ham sabab bo’ladi. Poltava viloyatining bir qishlog’idagi artezian qudug’i suvida 9 mg ftor borligi aniqlangan. SHu suvdan iste’mol qilgan aholining 48 foizida flyuoroz kasalligi topilgan. Lekin aholini boshqa suv manbai bilan ta’minlash natijasida kasallik birmuncha kamaydi. Ftor elementining suvda kam bo’lishi yoki organizmga ovqat orqali etarli miqdorda tushmasligi karies paydo bo’lishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, ftor miqdorining suvda kam yoki ko’p bo’lishi organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 28—74—82 raqamli davlat standartida ftorning 1 litr suvdagi ruxsat etilgan miqdori 4 iqlimli regionlarda 0,7—1,5 mg deb qabul qilingan. SHimoliy rayonlar aholisi uchun 1,5 mg ftor norma hisoblansa, janubiy rayonlar uchun bu ko’rsatkich 0,7 mg litrga teng. Ftor oziq-ovqatlar bilan organizmga juda kam miqdorda tushadi. U asosan suv bilan organizmga tushadi. Agar suvda ftor etishmasa, unga ftor qo’shib byeriladi. Masalan, Murmansk, Manchegorsk va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling