1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TINDIRGICHLAR VA SUVDAGI MUALLAQ MODDALARNI, CHO’KTIRISH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

TINDIRGICHLAR VA SUVDAGI MUALLAQ MODDALARNI, CHO’KTIRISH 
Daryo, kanal, katta ariq suvlari oqish tezligiga qarab, doimo o’z tarkibida 
muallaq holdagi turli zarrachalarni ushlaydi. Bunday zarrachalar yomg’ir 
suvlari yoki xo’jalik-oqova suvlari bilan birga tushishi ham mumkin. 
Suv tarkibidagi zarrachalarning osilma holda bo’lishi suvning oqish 
tezligiga, zarrachalarning solishtirma og’irligi va diametriga bog’liq. Suv 


149 
harakati qancha sekin va zarrachalar og’irliga qancha yuqori bo’lsa, bunday 
moddalardan tozalanish shuncha tez bo’ladi. 
SHuning uchun ham suvdagi moddalarning cho’kishini tezlashtirish 
uchun tindirgachlardan foydalaniladi. Ular o’zining tuzilishiga qarab turlicha 
bo’ladi. Suv tezligyni tindirgichlar orqali sekundiga 1 metrdan bir necha mm 
gacha pasaytirish mumkin. 
Tindirgachlar ko’ndalang va tik bo’lishi mumkin. Ko’pgina tindirgichlar 
gorizontal holda to’rtburchak shaklda bo’lib, suv hovuzlaridagi suvni 
tindirishga xizmat qiladi. Osilmalar tindirgichlarda suv kirgan zahoti 
sekinlashib, qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, suv yo’liga to’siq 
qo’yilganda suvning harakati ancha pasayadi. 
Tik tindirgachlar cilindr, to’rtburchak yoki konussimon shaklda bo’ladi.
Suv markaziy trubadan kiradi va 180° burilib, pastga tushadi, so’ngra
yuqoriga sekinlik bilan harakatlanadi. Tindirilgan suv aylanma novlar
orqali pastga tushib, fil’trlovchi qavat- 
larga oqib boradi. Bunda suvning og’irlik kuchi (I) va harakat kuchi (U) 
suvdagi zarrachalarga qarama-qarshi yo’nalishda ta’sir ko’rsatadi. 
Tindirgichlar samara berishi uchun suv sekin harakat qilishi zarur. 
Gorizontal tindirgichlarda suv harakati tezligi odatda 2—4 mm/sek, tik 
tindirgachlarda esa 1 mm/sek bo’ladi. Suvning o’tish vaqti esa 4—8 soatga 
teng. 
SHahar va posyolkalarning ko’plab qurilayotganligi suvga bo’lgan 
talabni oshirmoqda. Bu tindirgichlar yordamida esa aholining suvga bo’lgan 
talabini qondirib bo’lmaydi. Buning ustiga kolloid moddalarni tindirgichlar 
yordamida ushlab holish qiyin. SHu sababli suvdagi osilma moddalar 
cho’ktiriladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling