1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


MARKAZLASHGAN VODOPROVOD SUVI BILAN TA’MINLASH UCHUN SUV


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

MARKAZLASHGAN VODOPROVOD SUVI BILAN TA’MINLASH UCHUN SUV 
HAVZALARINI TANLASH 
Ochiq suv manbalarini tanlash qoidalari. 
Suv manbalari 27-61-84 raqamli Davlat standarti talablariga asosan 
tanlanadi. 
Aholini markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlash uchun 
tanlangan suv havzasining yaroqliligi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi 
Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi va muassasalari tomonidan 
aniqlanadi. 
Suv manbalarini tanlashda quyidagilar hisobga olinadi: 
a) 
aholi turar joylarining qisqacha xaraktyeristikasi; 
b) 
suv olish uchun mo’ljallangan joyning situacion plani; 
v) 
markazlashgan xo’jalik-ichimlik suv bilan ta’minlash uchun 
qurilishi kerak bo’lgan vodoprovod inshooti loyihasi; 
g) 
kelajakda va hozir aholi sonining o’sishini hisobga olib, bir 


133 
sutkada sarflanadigan suv hajmi; 
d) 
suv manbalaridagi suvning sifati to’g’risida dalillar; 
e) 
yuza oqova suvlarning oqish tartibi, faslga qarab ular 
miqdorining o’zgarishi, suv xarajatlarining katta, o’rtacha va kichik 
miqdorlarini aniqlash; 
j) shimoliy zonalarda suv yuzasidagi muz qatlamlari harakat davrini
hisobga olish, aholi uchun taxminiy suv xarajatini hisoblash, bunda yilning
eng kam suvli davri hisobga olinadi. 
Markazlashgan vodoprovod suvi uchun yuza suv havzalari tanlanganda 
suvning tarkibiy qismi va uning xossalari quyidagi gigienik talablarga javob 
byermog’i kerak. 


134 
16- j a d v a l 
Xo’jalik-ichimlik suv bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan ochiq suv havzasidagi 
suvlarning tarkibi va xossalari 
Ko’rsatkichlar 
Gigienik talab va normalar 
Suzib yuruvchi moddalar 
Hidi, mazasi
Rangi 
Suvning reakciyasi 
Minyeral tarkib 
Oksigenga bo’lgan bioximik talab 
Suvning baktyerial tarkibi 
Kimyoviy toksik moddalar 
Suv yuzasida suzib yuruvchi yog’ pardalari, 
dog’lar, minyeral yog’lar va boshqa moddalar 
yig’indisi bo’lmasligi lozim 
Oddiy yoki xlorlangan suvning hidi, mazasi 
ruxsat etilgan 2 balldan oshib ketmasligi kerak. 
20 sm yuqoridan qaraganda suvning rangi 
bo’lmasligi kerak. 
rN 6,5—8,5 dan ortib ketmasligi kerak. 
Quruq qoldiq 1 l suvda 1000 mg dan oshmasligi 
kerak, shular ichida xloridlar 350; sul’fatlar 500 
mg/l hisobida bo’ladi. 
20° li 1 litr suvda oksigen uchun bo’lgan talab 3 
mg dan ortmasligi kerak. 
Suv iifekcion kasallik qo’zg’atuvchi patogen 
mikroblarni ushlamasligi kerak. Ichak
tayoqchalari soni (koli-indeksi) 1 l suvda 10 000 
dan ortmasligi lozim. 
Sog’liqii saqlash vazirligi tomonidan ruxsat 
etilgan va tasdiqlangan normadan ortib 
ketmasligi kerak. 
Markazlashgan vodoprovod uchun mo’ljallangan suv havzalaridan 
quyidagi usulda suv namunalari olinadi. Suv mo’ljallangan nuqtadan 1 km 
yuqoriroqdan oqimga qarshi olinadi. Mobodo suv oqmaydigan bo’lsa (ko’l, 
suv ombori va boshqalar), u holda suv olinadigan joydan ikkala tomonga 
barobar 1 km li masofadan suv namunalari olinadi, Hozir doimiy suv olish 
joylari mavjud bo’lsa, undan namunalar olish suv chiqarish motorlaridan 
nariroqda amalga oshiriladi. Namunalar yiliga 12 marta olinadi, ya’ni har 
oyda 1 marta suv namunasi olib turiladi. Suv havzasini tanlashda keyingi 3 yil 


135 
davomida olingan suv namunalari natijasidan ham foydalansa bo’ladi. Albatta 
har bir suv namunasi analiz qilingandan so’ng maxsus protokol bilan 
hujjatlashtiriladi va unga imzo chekiladi. Bu laboratoriya boshlig’i tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Agar sanitariya-epidemiologiya sharoiti yaxshi bo’lmasa, suvning koli-
indeksi 10 mingdan ortiq bo’lsa suv namunalari qo’shimcha patogen ichak 
mikroblari, viruslar va axlat bilan ifloslanganligini bilish maqsadida 
sinchkovlik bilan analiz qilinishi kerak. 
Mabodo, tanlangan ochiq suv havzasi gigiena talabiga javob byer-masa, 
sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari bilan masla-hatlashib 
qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Suv sifati yaxshilanib, Davlat 
standartiga to’g’ri keladigan darajaga etkaziladi. 
Aholini markazlashgan vodoprovod suvi bilan ta’minlashda suv 
manbaining o’z-o’zini tozalash xususiyatiga katta ahamiyat berish kerak. 
Suvning o’z-o’zini tozalash jarayoni S. N. Stroganov tomonidan 1948 yilda 
yaxshi o’rganilgan. 
S.N. Stroganov olib borgan tajriba shuni ko’rsatdiki, ichak 
tayoqchalarining nobud bo’lishi soatiga 2% ga teng bo’lsa, yoz vaqtida 48 
soat davomida suvning baktyeriyalardan o’z-o’zini tozalashi 90% ga etishi 
uchun kamida 3 kun vaqt kerak. 
Steeb tomonidan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, AQSH dagi daryolar 
suvi o’z-o’zini tozalashi natijasida 48 soatdan keyin unda ichak tayoqchasi 
6,7% qolar ekan. Qish faslida suvning o’z-o’zini tozalash jarayoni ancha 
uzoq, ya’ni 6 kunni talab etadi. Masalan, keyingi vaqtda Qoraqum kanalining 
ifloslanish darajasi yuqorilab ketdi. Bunga minyeralligi yuqori bo’lgan 
kollektor va zax suvlarning quyilishi sabab bo’lmoqda. 
Kanal va daryo bo’ylari yaqinida joylashgan qishloq va posyolkalarning 
ko’payishi, suvdan sport va dam olish maqsadlarida foydalanishlar suvning 
sanitariya holatini buzib, epidemiologik nuqtai nazardan anchagina xavfli 


136 
qilib qo’yishi mumkin. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, aholisi kam turar 
joylarda mollarni sug’orish va ularni suv yoqalarida o’tlatish suvlarning 
ifloslanishiga sabab bo’lgan, suvning koli-indeksini o’zgartirgan. Agar 1 km
2
maydondagi odamlar soni 300 dan ortib ketsa, suv havzalari juda tez va uzoq 
masofalargacha ifloslanar ekan. 
Kanal suvlaridan kir yuvish, cho’milish maqsadlarida foydalanilganda 
suvning sifati tez buziladi, uning sanitariya holati pasayib, baktyeriologik 
ko’rsatkichlari tezda yomonlashadi. 
Sut fyermalari, tovuqxonalardan chiqadigan chiqindi suvlar, ax-
latlarning suvga oqizilishi suvning sanitariya holatini buzib, or-ganoleptik 
xususiyatlarini o’zgartiradi, kimyoviy ko’rsatkichlari esa yuqori bo’ladi. 
Kanalni balchiq va botqoqliklardan tozalash vaqtida ham uning 
baktyeriologik, kimyoviy va organoleptik xususiyatlari buziladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling