Laboratoriya mashg`uloti.№1 Mavzu: Oqova suvlarning loyqaligini hisoblash. Mashg`ulot rejasi


Download 174.15 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi174.15 Kb.
#1383871
  1   2   3
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi Oqova suvlarning loyqaligini hisoblash.


Laboratoriya mashg`uloti.№1
Mavzu: Oqova suvlarning loyqaligini hisoblash.
Mashg`ulot rejasi:
1. Obodonlashtirish maydoni
2. Loyqalikni hosil bo`lishi
Mashg`ulotning maqsadi: chiqindi oqova suvlarning loyqaligini aniqlash usullarini o`rganish.
Tayanch iboralar: bakteriya, Snellen, loyqalik, mikroorganizm, aktinomisetalar, achitqilar, suv o‘tlari, sodda va umurtqasiz hayvonlar.
Mashg`ulotni o`tkazish uchun kerakli asbob uskunalar, jihozlar va ko`rgazmali qirollar:
1.Snellen asbobi 7.Sig‘imi 500, 1000sm3 , silindr o‘lchagich
2.Probirkalar. 8.Sig‘imi 1,2,5,10 sm3 li sozlangan pipetka
3.Mezurkalar. 9.Sig‘imi 25,10sm3 li bo‘linmasiz pipetka
4.Analitik tarozi. 10.Distillarlangan suv
5.FEK yashil nurli filtrlar 11.Farforli stupka
6.Kyuvet (5-10sm ) 12 Ipakli elak (teshiklarini diametri 0,1m)
13.Membranali filtr№4
Topshiriqlar:
1.Suvlarning loyqalanish orqali ifloslanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
2.Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma bilan tanishish;
3.Suv tarkibidagi loyqani aniqlash;
Ishning nazariy asosi: Obodonlashtirish maydoni. Bu bir vaqtda oqova suvni tozalash va agrosanoat maqsadlari uchun foydalaniladigan maxsus tayyorlangan yer uchastkasidir. Bunday sharoitda oqova suvlarni tozalash quyosh va havo harakati, o‘simliklarning hayot faoliyati ta’sirida boradi. Obodonlashtirish maydonlarida bakteriya, aktinomisetalar, achitqilar, suv o‘tlari, sodda va umurtqasiz hayvonlar bo‘ladi. Oqova suv tarkibida asosan bakteriyalar uchraydi. Tuproqning faol qatlamidagi aralashgan biosenozlarida simbiotik va raqobat tartibdagi mikroorganizmlarning o‘zaro murakkab ta’siri vujudga keladi. Mikroorganizmlarning miqdori yil fasllariga bog‘liq. Ular qishda yozdagiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Agar yer maydoniga qishloq xo‘jalik ekinlari ekilmasa va ular oqova suvni biologik tozalash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bunday maydonlar filtrlash maydonlari deyiladi. Obodonlashtirish maydonidagi yerlarning oqova suvi biologik tozalangandan so‘ng o‘g‘itlari boshoqli o‘simliklar, turli xil sabzavotlar, shuningdek, daraxtlar ko‘kartirish maqsadlarida ishlatiladi. Obodonlashtirish maydonlari aerotenklarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
1) moddiy va ish kuchi sarfi kamayadi;
2) oqova suvni obodonlashtirish maydonlaridan tashqariga tashlanmaydi;
3) qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish ta’minlanadi;
4) qishloq xo‘jaligi uchun kamhosil yerlar jalb qilinadi.


Download 174.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling