Loyqalikni aniqlash. Namuna olingandan keyin 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda loyqalikni aniqlash amalga oshiriladi. Suvning loyqaligi undagi qattiq zarrachalarni har xil disperslik darajasidagi mualliq moddalar ko‘rinishida bo‘lishiga bog‘liq. DAVAN 2874-82 ga asosan suvning loyqaligi 1,5 mg/dm3 dan oshmasligi lozim. Qalinligi 5-10 sm qalinlikdagi yorug‘lik yutuvchi qatlam tadqiqot etilayotgan suv yaxshi chayqallashtirilib kyuvetga joylashtirilib, optik zichligi spektorni yashil qismda o‘lchanadi tadqiqot qilinayotgan suvda nazorat suyuqligi xizmat qiladi, undan sentrafugaralash yo‘li bilan muallaq moddalar chiqariladi yoki membranali filtr №4 da filtrlash yordamida chiqarib tashlanadi. Tiniqlik kalibrlangan grafik bo‘yicha aniqlandi.
Mashg‘ulotning bajarganligi to‘g‘risida talabaning hisoboti:
1.Suvning tarkibidagi loyqalar to‘g‘risida tushuncha bering.
2.Suvning loyqaligini aniqlash usullari to‘g‘risida tushuncha bering.
Nazorat savollari
Obodonlashtirish maydonlari aerotenklarga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
Loyqalik nima va uni nimalar hosil qiladi?
Loyqalik qaysi asbob orqali aniqlanadi?
Sinellen asbobi haqida tushuncha bering va bu asbob loyqalikni qanday aniqlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |