1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SUVDAN TEMIR ELEMENTINI CHIQARIB TASHLASH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SUVDAN TEMIR ELEMENTINI CHIQARIB TASHLASH 
Suv tarkibida temir elementi 0,3 mg dan ortib ketsa, uni normaga 
keltirish kerak bo’ladi. Buning uchun suv tindirilgach fil’trdan o’tkaziladi 


303
yoki oldin aeraciyalanib so’ngra bir yoki ikki pog’onali fil’trlash yo’li bilan 
tozalanadi. Reagent usuli aeraciya usuli bilan birga olib boriladi. Masalan, 
avval oksidlantiruvchi moddalar yoki ohak ishlatilib so’ngra yupqa qavatli 
fil’trdan o’tkazilganda suv temirsizlanishi mumkin. 
Temirsizlantirish usulini taylash suv tarkibidagi temir miqdoriga 
bog’liq. Bu tajriba yo’li bilan aniqlanadi. 
Reagent ishlatmasdan temirsizlantirganda suv avval shamollatiladi, 
shunda suvdagi karbonat angidrid, vodorod sul’fid uchib ketadi, uning rN i 
ortadi. Suv oksigen bilan to’yinadi, natijada temir gidrooksid hosil bo’ladi, 
u suvni tindirish yoki fil’trlash orqali ushlab qolinadi. 
Ochiq suv havzalari suvi tarkibida ortiqcha temir reagent usuli bilan 
temirsizlantiriladi, ya’ni suvga alyumin sul’fat, ohak va xlor qo’shiladi. 
Davlat standarti bo’yicha temirning suvdagi miqdori 0,3 mg ga teng 
bo’lishi kerak. 
SUVNI FTORLASH 
 
Bolalar o’rtasida tez-tez uchrab turadigan karies kasalligiga ftor 
etishmasligi sabab bo’ladi. 1969 yilda o’tkazilgan XXII Butundunyo 
sog’liqni saqlash Assambleyasida suvni ftorlash kariesni oldini olishdagi 
birdan-bir vosita ekanligi uqdirib o’tildi. 
Keyingi yillarda turli regaonlarda karies kasalligining paydo bo’lishi 
bilan suv tarkibidagi ftor-ion koncentraciyasi o’rtasida qandaydir 
bog’lanish borligi aniqlandi. Karies rivojlanishiga ba’zan iqlim, ovqatlanish 
ham katta ta’sir etadi. SHuning uchun ham ftor normasini hamma 
regionlarga bir xilda belgilab bo’lmaydi. 
28-74-82 «Ichimlik suv» Davlat standarti talabi bo’yicha ftorning 
suvdagi miqdori har bir region uchun 0,7—1,5 mg deb belgilanadi. 
Suvni ftorlash uchun ftor reagentiga ma’lum talab qo’yiladi: ftor 


304
kariesni keltirib chiqarmasligi, uning tarkibida margamush, og’ir metall 
tuzlari bo’lmasligi, u suvda yaxshi erishi zarur. 
Suvni ftorlash uchun natriy ftor, kremniy ftor kislota va uning natriyli 
tuzi, ftor va biftor ammoniy birikmalari ishlatiladi. 
Odatda, ftor suv fil’trlangandan so’ng qo’shiladi, chunki ftor 
koagulyantlar bilan kimyoviy birikma hosil qilib, uning cho’kishiga sabab 
bo’lishi mumkin. 
Sanitariya muassasalari tomonidan kundalik sanitariya nazorati olib 
borilganda ftorning suvdagi miqdori tekshirib turiladi. 
Ftor bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish lozim. 
Ftorlashning ahamiyatini bilish uchun 10 yil davomida ikki-uchta 
maktabda har yili tibbiy tekshiruv o’tkazib turiladi va karies bilan og’rigan 
bolalar hisobga olinadi. Agar bolalar o’rtasida flyuoroz kasalligi 
tarqalmasa, suvni ftorlash davom ettiriladi. Agar bolalar o’rtasida karies 
kamayib, flyuoroz kasalligining birinchi darajasi 10% ga etsa yoki 
flyuorozning ikkinchi darajasi boshlangan bo’lsa, ftor miqdorini 
kamaytirish zarur bo’ladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling