1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
ICHIMLIK SUV UCHUN ISHLATILADIGAN TINDIRGICHLAR
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUVNI FIL’TRLASH
153
ICHIMLIK SUV UCHUN ISHLATILADIGAN TINDIRGICHLAR Suvni tindirish uchun maxsus tindirgachlardan foydalaniladi. Tindirgichning tuzilishi tik tindirgachga o’xshab, tagi konuscimon bo’ladi. Undagi suv koagulyant bilan aralashgandan so’ng, tindirgichning pastki qismiga o’tadi, maydon bo’ylab tarqaladi, so’ng koagulyantning osig’liq pag’alari orasidan o’tib tezlik bilan yuqoriga ko’tariladi. SHunda suv tarkibidagi osshshalar pag’alar yordamida ushlanib qoladi. Suv osilma quyqum zonasi orqali tindirilgan suv zonasiga kiradi, so’ngra tindirgachning yuqori qismidagi to’siqdan toshib aylanma novga tushadi, undan esa fil’trga o’tadi. Pag’a quyqumlari va aralashmalar bir joyga to’planib zichlashadi, ularni kanalizaciya shohobchalariga oqiziladi. Bunday tindirgichlar tik tindirgichlardan birmuncha afzal. Ammo, sutkasiga 50 000 m 3 dan ortiq suvni tindira olmaydi. SHuning uchun bunday tindirgichlardan katta vodoprovod inshootlariga suv chiqarishda foydalanilmaydi. SUVNI FIL’TRLASH Suv tindirilib, koagulyaciyalangandan so’ng fil’trlash qavatiga o’tkaziladi. Bu bosqichda suv mayda zarrachalardan ozod bo’ladi, tindirilgandan qolgan osilma moddalar ham fil’trlovchi matyerial yuzasida qoladi. Fil’trlovchi qurilmalar birinchi marta 1829 yilda kashf etilgan bo’lib, qum bilan to’ldirilgan. Suv shu qum kavatdan o’tkazilgan, ammo bunda suvni fil’trlash ancha uzoqqa cho’zilgan, 1884 yilda boshqacharoq fil’trdan foydalanilgan. Bunda suv yuqoridan pastga qarab yo’naltirilgan. Bunda ham qum fil’trlovchi matyerial bo’lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda yangi-yangi fil’trlash qurilmalari mavjud. Ular sekin va tez fil’trlaydigan qurilmalarga bo’linadi. 154 Fil’tlarning hammasi temir-betonli hovuz bo’lib, ular ikki qavatdan iborat. Pastdagi qavati bir butun, yuqoridaga qavatning tagi esa teshik, ular orasida bo’sh zovurlar bo’ladi. Bu zovurlarga fil’trlamgan suv tushib, xlorlash uskunasi orqali kontaktli hovuzga o’tgadi. Agar fil’trni yuvish zarur bo’lsa, suv bosim bilan zovurdan orqaga qaytariladi, shunday yo’l bilan qum, shag’al va boshqalar yuzasidagi pardalar tashqariga chiqariladi. YUqoridagi qavat tagiga shag’al va maydalangan tosh yotqaziladi, ularning ustiga fil’trlovchi qavat — qum yotqiziladi. Sekin, oddiy va tez ishlaydigan fil’trlar yuvilganda, suv qum yuzasiga quyiladi, ikki tomonli fil’trlarga suv pastdan yuboriladi. SHag’al va toshlarning diametri 2—40 mm dan oshmasligi lozim. Hozirgi vaqtda faqat tez fil’trlaydigan qurilmalar ishlatiladi, ular soatiga 5—10 metr suv qavatini fil’trlab byeradi. Sust fil’trlar esa soatiga 0,1—3,0 metr balandlikdagi suvni fil’trlaydi. Fil’tranuvchi suvning yo’nalishi bir va ikki tomonlama bo’ladi, fil’trlovchi qavatlar ham bir va ikki qavatli bo’ladi. Fil’trovchi matyeriallar qattiq bo’lib, asosan kvarc qumi, kyeramzit mayadalangan marmar, antracit maydalaridan iborat. YAigi fil’trlovchi matyeriallar avval tekshirilib, so’ngra ishlatishga ruxsat etiladi. YAngi matyeriallar tekshirilayotganda ularning tarkibi, yuvilishi, ayniqsa og’ir metallarning erib suvga o’tishi aniqlanadi. Sekin fil’trlaydigan qurilmalar soatiga 10 sm suv balandligini o’tkazadi. Qum yuzasida biologik pardalar hosil bo’ladi, ular suv tarkibidagi osilma moddalar, suv planktonlari, baktyeriyalar va boshqalarni ushlab qoladi. Sust fil’trlar 1,5—2 oyda tozalab turiladi. Fil’tr yuzasidagi 2—3 sm li ifloslar qo’l bilan olib tashlanadi, buning uchun 2—3 kun vaqt kerak bo’ladi. Suv sust fil’trlar yordamida tozalanganda 155 9-rasm. Tez ishlaydigan fil’trlar. a — ikki qavatli fil’tr; b — AKH-fil’tr; v — kontaktli fil’tr. 156 10-rasm. Bir qavatli tez fil’tr. a) Fil’trlash. 1 — fil’trlashga oqiziladigan suv; 2 — toza suv hovuzi. b) YUvish 1 — qum; 2 — shag’al; 3 — fil’trni yuvish uchun suv. 99% baktyeriyalar va osilma moddalarni ushlab qoladi. Bunday fil’trlarni qurish va ishlatish ancha oson. Sust fil’trlardagi kvarc qumi ning qalinligi 80—85, shag’al va mayda toshlarning qalinligi 40—45 sm ga teng. Bunday fil’trlar asosan qishloq sharoitida ishlatiladi. Tez ishlaydigan fil’trlar ko’p hajmdagi suvni tozalagani uchun uning yuzasi tez ifloslanadi. Bunday fil’trlar sutkasiga ikki marta tozalanadi. Fil’trni yuvish mexanizaciyalashtirilgan bo’lib, bunga 15 minut vaqt sarflanadi. Fil’trlar qanday bo’lishidan qat’i nazar baktyeriyalarni 100 foiz ushlab qololmaydi, demak osilma moddalar ham 95 foiz atrofida ushlanib qoladi. SHuning uchun suvni doimo qaynatib ichish zarur. AKH ikki qatorli fil’trida suv ham yuqori fil’tr qavatidan, ham pastki fil’tr qavatidan sizilib o’tib fil’trlangan suvlar bilan birlashib hovuz rezyervuarga tushadi. Bunda 70% fil’trlangan suv pastdan yuqoriga, 30% suv esa fil’trning yuqori qavatidan pastga sizilib o’tadi. Demak, iflosliklar asosan katta donali pastki fil’trda ushlanib qoladi. Fil’trlar yuvilganda yuvadigan suv zovur bo’shlig’iga sekundiga 1 m 2 yuzaga 6—8 l hisobida yuboriladi. YUqori qavatdagi qum harakatga keladi, keyin yuvadigan suv oraliqda joylashgan 157 ko’p teshikli trubalarga bosim bilan 1 m 2 yuzaga sekundiga 13—15 litr hisobida suv yuboriladi — bu jarayon 5—6 minut vaqtni oladi. Iflos suvlar nov orqali kanalizaciyaga yuboriladi. Novga tushayotgan suv tozalanishi bilan pastki fil’trni yuvish to’xtatiladi, zovurdagi bo’shliqlarni yuvish uchun 2—3 minut davomida sekundiga 1 m 2 ga 10—12 litr suv yuboriladi. AKH fil’trida fil’tr donachalarining katta-kichikligi 0,5—1,8 mm, fil’trlovchi qavatning qalinligi 1,45—1,65 metrga teng. SHu qavatning 0,6— 0,7 chuqurligiga trubali zovur o’rnatiladi. SHu zovurdan fil’trlangan suv oqadi. AKH fil’tri tez fil’trlovchn qurilma bo’lib soatiga 12 metr suv qavatini fil’trlab byeradi. 301 11-rasm. «Struya-100» suv tozalash qurilmasi. 1 — tozalanadigan suvni o’tkazuvchi nasos. 2 — pag’a hosil qkluvchi kamyera va tindirgichli moslama; 3 — fil’tr; 4—5 — koagulyaciyalovchi qurilma; 6 — dozator nasos; 7 — suv bosimini hosil qiluvchi minora; 8 — vakuum iasos; 9 — lo’kidon. 1 litrida 100 mg gacha loyqasi bo’lgan va rangi 150 gradusli suvlar kontaktli tindirgichlarda tindiriladi. Hozir vodoprovod sistemasiga ulanadigan suvlarning 10 foizi shu usul bilan fil’trlanadi. Kelajakda suvni shu usul bilan tozalash ko’zda tutilmoqda. Kontaktli tindirgichlar ishlatilganda maxsus pag’a hosil qiluvchi kamyeralar yoki hovuzlar qurishga xojat qolmaydi. Bunday tindirgichlarning hajmi odatdagidan 4—5 marotaba kichik bo’lib, mablag’ ham kam sarflanadi, KF-5 kontaktli fil’tri uch qavatdan iborat bo’lib, suvni tez fil’trlaydi. Eng yuqori qavati (kyeramzit, agloporit, polimyer donachalari) dan iborat. Ularning katta-kichikligi 2,3—3,3 mm, o’rta qavati antracit, kyeramzit (1,25—2,3 mm) va eng past qavati 0,8—1,25 mm li kvarc qumdan iborat. Fil’trlovchi matyeriallar ustiga teshikli truba o’rnatiladi, undan koagulyantning suvli eritmasi yuborib turiladi. KF-5 fil’tri orqali soatiga 20 metrli suv qavati o’tadi. Bulardan tashqari, KO-3 kontaktli tindirgichi mavjud. Bu tindirgach ham to’rt burchakli temir-beton rezyervuar bo’lib, uning ichiga 2—2,3 metr 6 4 302 qalinlikdagi fil’trlovchi matyerial solinadi. Ular pastdan yuqoriga qarab maydalashib boradi. Suvning fil’trlanishi pastdan yuqoriga yo’naladi, shu sababli ifloslar fil’trning pastki qismida qoladi. Kontaktli fil’tr va tindirgichlar uzoq vaqt yaxshi ishlashi uchun suvning rangi 150° dan, loyqaligi esa litriga 150 mg dan oshib ketmasligi kerak. Fil’trlovchi moslamalar suv havzalaridagi suvning sifatiga qarab tanlanadi. Bunda asosan suvning loyqaligi va rangi inobatga olinadi. Dam olish uylari, pansionatlar, pionyer lagyerlarida ochiq suv havzalaridan foydalanishga to’g’ri kelsa, u yerga kichik hajmdagi tozalash inshootlari quriladi. Bu maqsadda «Struya» qurilmasidan foydalanish mumkin. Bunday qurilma sutkasiga 25 dan 800 m 3 gacha suvni tozalab byeradi. «Struya» moslamasi sutkasiga 1—2 marta yuviladi, bu 5—10 minut ichida bajariladi. Suvni fil’trlash uchun 40—60 minut vaqt sarflanadi. Suvdagi osilma moddalar 98—99,3% gacha ushlanib qoladi, rangi 83% yaxshilanadi, ichak tayoqchalari fil’trlash oqibatida 99,8—99,9% yo’qoladi. Demak, suv havzalari suvini fil’trlash orqali Davlat standarti talabi darajasiga etkazish mumkin ekan. Suvlarga maxsus usullar bilan ishlov berish ham mumkin. Bu yo’l bilan suv tarkibidagi tuzlar normaga keltiriladi, ortiqcha temir, ftor elementlari chiqarib tashlanadi. SHo’r suvlar chuchuk suvga aylantiriladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling