Mavzu: Shtal va Lavuze g’oyalari o’rtasidagi kurash o’rni
Download 7.99 Kb.
|
Mavzu Shtal va Lavuze g’oyalari o’rtasidagi kurash o’rni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flogiston nazariyasiga qarshi bo’lgan E. Meyer sozlariga kora bu hodisalami
Mavzu: Shtal va Lavuze g’oyalari o’rtasidagi kurash o’rni MAVZU:Shtal va Lavuze g’oyalari o’rtasidagi kurash o’rni.zang tarkibida - flogiston qolmaydi, chunki u zanglash jarayonida metalldan ajralib G. Shtalning fikricha, yog’och yonganda flogiston uchib ketadi metall zanglaganda chiqadi. “Ruda tarkibida flogiston tutmagani uchun pista ko'mirda yonib flogistonni qabul qiladi va pista ko'mir kulga aylanadi - unda flogiston yo'q. Metall esa flogistonga boyidi.” G. Shtalning ta’kidlashicha, havo yonish jarayonida yordam bermaydi, u faqat flogiston tashuvchidir. U ko'plab tajribalar yordamida flogistonning “qaytaruvchilik xossasini isbotladi”, metallni qizdirib oksid hosil qildi, metall oksidlarini ko'mir yoki boshqa "yog’simon” moddalar aralashtirib qizdirish natijasida metallni ajratib oldi. Qayd etish iozimki, flogiston nazariyasi har xil kimyoviy jarayonlarni (doimo to'g’ri bo'lmasada) izohlab beruvchi birinchi ta'limot edi. Flogiston nazariyasiga qarshi bo’lgan E. Meyer so'zlariga ko'ra bu hodisalamiFlogiston nazariyasiga qarshi bo’lgan E. Meyer so'zlariga ko'ra bu hodisalami tushuntira olish uchun ularda imkoniyat yo'q: “G. Shtal va maslakdoshlarini o'zlari yaratgan nazariya ko'zlarini ko'r qilib qo'ydi, shuning uchun ham ularning hech biri flogistoncha xulosa va eksperimental faktlar qarama-qarshi ekanligini ko'ra olishmadi”,- deydi. O'z ta'limotini targ’ib etgan G. Shtal flogistonning realligiga ishonarli va oltingugurtning “sintezi" va “analizi” buning uchun ishonchli dalil deb hisoblaydi. G. Shtal qizdirilgan tigelga bir draxmadan (1 draxma = 4 gramm og’irlik o'lchov birligi) kuporos moyi (sulfat kislota) bilan “vino toshi moyi’’ (ya'ni tozalanmagan kaliy gidrotartrat tuzi KHC 4 H 4 O 6 dan olingan potashning to'yingan eritmasi) aralashmasini solib, avval “kuporosli vino toshi” (kaliy sulfati)ni tayyorladi. Olingan tuzga potash va ko'mir kukuni bilan ta'sir etib suyuqlantirdi va “oltingugurt jigari”ni ajratib oldi. Olim bu jarayonni kuporos moyi ko'mirdan flogistonni ajratib oldi va uning yordamida qaytadan oltingugurt ajralib chiqdi deb hisoblaydi. Download 7.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling